zbekiston respublikasioliy va rta maxsus ta'lim vazirligi


 TaMim va mashg’uIot vositalari



Download 10,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/266
Sana31.12.2021
Hajmi10,34 Mb.
#249805
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   266
Bog'liq
021futbolnazariyasivauslubiyatipdf

6.3. TaMim va mashg’uIot vositalari
Jismoniy mashqlar,  gigiyenik omillar hamda tabiatning tabiiy kuchi 
fiitbolchilami tayyorlashda ta’lim va mashg’ulot vositalari hisoblanadi.
Malaka  va  qiyinchiliklami  shakllantirish  hamda  takomillashtirish 
asosan jismoniy mashqlami uzviy ravishda bajarish bilan bog’liqdir.
Jismoniy  mashqlar  harakatlar  koordinasiyasini  yaxshilash,  kuch, 
tezkorlik,  chidamlilik  va epchillikni  oshirishga  yordam  beradi.  Bundan 
yurak-qon tomir,  nafas olish va organizmning boshqa tizimlari  faoliyati 
takomillashadi,  binobarin,  sportchining  ishchanlik  qobiliyati  oshadi, 
yuklamadan keyingi  tiklanish jarayoni tezlashadi.  Har bir mashq  u yoki 
bu  sifat  va  malakalarga  oz  yoki  ko’proq  darajada  ta’sir  ko’rsatadi. 
Shuning  uchun  ham  jismoniy  mashqlar  ko’proq  ta’sir  etishiga  qarab 
tanlanadi.
Futbolchilaming  mashg’ulotida  qo’llaniladigan  hamma  mashqlami 
shartli ravishda uch guruhga bo’lish mumkin:  1) musobaqa mashqlari, 2) 
maxsus tayyorgarlik mashqlari, 3) umumiy tayyorgarlik mashqlari.
Musobaqa mashqlari -  bu yaxlit harakat faoliyatidan yoxud ulaming 
majmuidan  iborat.  Bu  harakatlar  majmui  esa  futbol  o’yini  predmeti  va 
futbol  bo’yicha musobaqa qoidalariga to’la muvofiq holda bajariladigan 
harakatlar  yig’indisi  demakdir.  Mazkur  harakatlar  asosiy  jismoniy 
xususiyatlaming  vaziyat  va harakat  formalari  muttasil  va  kutilmaganda 
o’zgarib  turgan  sharoitdagi  kompleks  namoyon  bo’lishi  bilan 
ifodalanadi  va  ular  "syujetga"  birlashgan  turli  harakat  faoliyatlarining 
sharoitga qarab servariant va o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi.
Maxsus tayyorgarlik  mashqlari  musobaqa harakatlari  elementlarini, 
ulaming  variantlarini,  shuningdek,  ish  va  harakatni  shakl  va  xarakter 
jihatidan  bunga  juda  o’xshash  xususiyatlar  (o’yin  harakatlari  va 
kombinatsiyalari) ni o’z ichiga oladi.
Maxsus  tayyorgarlik  mashqlari  fiitbolda  qa’tiy  ravishda  o’yin 
xususiyatiga qarab  aniqlanadi.  Ayni  paytda bu mashqlar  o’yinda  bir xil 
bo’lmaydi.  Ular  futbolchi  uchun  zarur  bo’lgan  xislat  va  malakalami 
rivojlantirishga  qaratilgan va  differensial  tarzda ta’sir  etishni  ta’minlay 
oladigan qilib tanlanadi.
0 ’z  navbatida,  maxsus  tayyorgarlik  mashqlari  yordamchi  va 
rivojlantimvchi  mashqlarga  bo’linadi.  Yordamchi  mashqlar  asosan 
harakat  shakli 
va  texnikasini  egallab  olishga  ko’maklashadi. 
Rivojlantiruvchi 
mashqlar  esa 
asosan  jismoniy 
xususiyatlami 
rivojlantirishga qaratilgandir.
168


Amaliy  tayyorgarlik  mashqlari  futbolchining  kproq  umumiy 
tayyorgarlik  ko’rishiga  ynaltirilgan  bo’ladi.  Bunday  mashqlar 
jumlasiga  ta’sir  etish jihatidan  maxsus  tayyorgarlik  mashqlariga  ancha 
o’xshash  va  ayni  paytda  ulardan  anchagina  farq  qiladigan  turli-tuman 
mashqlami kiritish mumkin.
Umumiy tayyorgarlik mashqlari yordamida har tomonlama jismoniy 
tarbiyalash vazifalarini samarali xal qilish hamda futbolchilaming asosiy 
jis-moniy 
xususiyatlari, 
harakat, 
malaka 
va 
ko’nikmalarini 
rivojlantirishga ham tanlab ta’sir etish mumkin.
Futbolchining  mashg’ulotida  qo’llanadigan  hamma  mashqlami 
asosiy va yordamchi mashq turlariga bo’lish mumkin.
Asosiy mashqlarga quyidagilar kiradi:
a) harakat sifatlarini rivojlantiruvchi umumiy va maxsus mashqlar;
b)  to’pni  olib  yurish  texnikasini  o’rganish  va  takomillashtirish 
mashqlari;
c)  taktik  usul,  kombinatsiya  va  o’yin  tizimlarini  o’rganish  hamda 
tako-millashtirish mashqlari.
Yordamchi mashqlarga quyidagilar kiradi:
a)  shartli  reflekslaming  yangi  tizimsi  paydo  boMishiga,  asosiy 
harakat  malakalarini  amalga  oshirishda  organizmning  fiinksional 
imkoniyatlarini 
kengaytirishga 
yordam 
beradigan 
umumiy 
rivojlantiruvchi mashqlar;
b)  harakat  strukturasiga  (vaqtincha  bogManish)  ko’ra  harakat 
malakalarining turli  qismlariga  mos yoki  shunga yaqin  boMgan  maxsus 
mashqlar;
c)  harakat  malakalarini  shakllantirish  va  organizmning  funksional 
imko-niyatlarini  kengaytirishga  yordam  beruvchi  sportning  boshqa 
turlaridan olina-digan mashqlar.
QoMlanadigan  mashqlaming  umumiy  hajmini  oshirib  borish 
natijasida  mashqlaming  birga  qshilgandagi  ta’sirini  hisobga  olib,  bir 
mashqdan bir qancha  vazifani  hal  qilish  uchun  foydalanish  borgan  sari 
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tabiatning 
tabiiy 
kuchlari 
hamda 
gigienik 
omillar 
shug’ullanuvchilar  orgaiiizmiga  mashqlar  va  boshqa  vositalaming 
yaxshi  ta’sir  etishi  uchun  kmaklashadi.  Yuklama  va  dam  olishni,  o’z 
vaqtida  ovqatlanishni,  tungi  uyqu  rejimini,  mehnat  va  turmush 
gigienasini  navbati  bilan  vaqtida  to’g’ri  almashtirib  turish  muhim 
ahamiyat kasb etadi, albatta.

Download 10,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish