O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDAN OZOD QILINGAN AYRIM TOIFADAGI SHAXSLAR
USTIDAN MA’MURIY NAZORAT TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 7-
yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 28-fevralda
ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim
toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat (bundan buyon matnda ma’muriy nazorat deb
yuritiladi) bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.