288-modda. Dezertirlik
Dezertirlik, ya’ni harbiy xizmatdan butunlay bo‘yin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat
joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga yetib kelmaslik —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish ofitsyerlar tarkibidan bo‘lgan shaxs yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma)
bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |