258-modda. Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish
Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir
yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir
yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |