255
1
-modda. Bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg‘in qurollari turlarini ishlab
chiqish, ishlab chiqarish, to‘plash, olish, birovga o‘tkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash
va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan taqiqlangan bakteriologik (biologik),
kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg‘in qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, to‘plash, olish,
birovga o‘tkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish
—
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |