255-modda. Yadro qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish
Yadro energiyasi bilan bog‘liq obyektlardan foydalanish qoidalarini buzish badanga o‘rtacha
og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |