254-modda. Radioaktiv materiallardan qonunga xilof ravishda foydalanish
Radioaktiv materiallarga qonunga xilof ravishda ega bo‘lish, ularni saqlash, ulardan foydalanish,
ularni birovga o‘tkazish, ko‘rinishini o‘zgartirish, sochib yuborish yoki buzish badanga o‘rtacha og‘ir
yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |