qonunga xilof ravishda egalik qilish
Tegishli ruxsatnomasiz o‘qotar qurol, shuningdek o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki
portlatish qurilmalari tayyorlash, olish, olib yurish, saqlash, olib o‘tish yoki jo‘natish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh
yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni yoki portlash qurilmalarini o‘tkazish, —
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan buyumlarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan
ozod qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |