33-modda. Jinoyatlar majmui
Ushbu Kodeks
Maxsus qismining
turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida
nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish, agarda ulardan
birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo‘lmasa, jinoyatlar majmui deb topiladi.
Agar shaxs sodir etgan qilmishda ushbu Kodeks
Maxsus qismi
ayni bir moddasining turli
qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud bo‘lsa, u moddaning og‘irroq jazo
belgilangan qismi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |