241-modda. Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish Tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida aniq bilgani
holda xabar bermaslik —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha
ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni oldindan va’da bermasdan yashirish —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha
axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.