Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/330
Sana22.09.2021
Hajmi1 Mb.
#181658
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   330
Bog'liq
JK

192
9
-modda. Tijoratda pora evaziga og‘dirib olish 
Nodavlat tijorat  tashkilotining  yoki  boshqa nodavlat tashkilotining mansabdor shaxsiga mazkur 
mansabdor  shaxsning  o‘z  vakolatlaridan  foydalangan  holda  sodir  etishi  lozim  yoki  mumkin  bo‘lgan 
muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki 
bajarmasligi  evaziga  qonunga  xilof  ekanligini  bila  turib,  moddiy  qimmatliklar  berish  yoki  uni  mulkiy 
manfaatdor etish, — 


bazaviy  hisoblash  miqdorining  ellik  baravaridan  yuz  baravarigacha  miqdorda  jarima  yoki  uch 
yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan 
uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Nodavlat  tijorat  tashkiloti  yoki  boshqa  nodavlat  tashkiloti  mansabdor  shaxsining  o‘z 
vakolatlaridan  foydalangan  holda  sodir  etishi  lozim  yoki  mumkin  bo‘lgan  muayyan  harakatni  uni  pora 
evaziga  o‘ziga  og‘dirib  olayotgan  shaxs  manfaatlarini  ko‘zlab  bajarishi  yoki  bajarmasligi  evaziga 
qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi, — 
bazaviy  hisoblash  miqdorining  ellik  baravaridan  yuz  baravarigacha  miqdorda  jarima  yoki  uch 
yuz  soatdan  uch  yuz  oltmish  soatgacha  majburiy  jamoat  ishlari  yoki  bir  yildan  ikki  yilgacha  axloq 
tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch  yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum 
qilish bilan jazolanadi. 
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan harakatlar: 
a) takroran; 
b) ko‘p miqdorda; 
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, — 
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki 
yildan  uch  yilgacha  axloq  tuzatish  ishlari  yoxud  uch  yildan  besh  yilgacha  ozodlikni  cheklash  yoki  uch 
yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Ushbu moddaning 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan harakatlar: 
a) takroran; 
b) ko‘p miqdorda; 
v) tamagirlik yo‘li bilan; 
g) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, — 
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki 
yildan  uch  yilgacha  axloq  tuzatish  ishlari  yoxud  uch  yildan  besh  yilgacha  ozodlikni  cheklash  yoki  uch 
yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Ushbu moddaning 
birinchi
 yoki 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan harakatlar: 
a) juda ko‘p miqdorda; 
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, — 
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki 
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Basharti  pora  evaziga  og‘dirib  olishni  amalga  oshirgan  shaxsga  nisbatan  moddiy  qimmatliklar 
yoki  mulkiy  manfaat  so‘rab  tovlamachilik  qilingan  bo‘lsa  va  ushbu  shaxs  jinoiy  harakatlar  sodir 
etilganidan  keyin  bu  haqda  o‘ttiz  sutka  ichida  o‘z  ixtiyori  bilan  arz  qilsa,  chin  ko‘ngildan  pushaymon 
bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   330




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish