163-modda. Davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo‘qotish
Hujjatlarning, shuningdek ashyo yoki moddalarning, agar ular haqidagi ma’lumot davlat siri yoki
harbiy sirni ifodalasa, xizmat yoki kasb faoliyati yuzasidan ishonib topshirilgan shaxs tomonidan
yo‘qotilishi, basharti, bu yo‘qotish ana shu hujjatlar, ashyo yoki moddalar bilan muomalada bo‘lish
qoidalarini buzish natijasida ro‘y bergan bo‘lsa, —
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
O‘sha harakatlar og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |