152-modda. Urushning qonun va udumlarini buzish
Tinch aholini yoki harbiy asirlarni qiynash, jismonan qirib yuborish, tinch aholini majburiy
ishlarga yoki boshqa maqsadlarda haydab ketish, xalqaro huquq bilan taqiqlangan urush olib borish
vositalarini qo‘llash, shaharlar va aholi yashash joylarini behuda vayron qilish, mulkni talon-toroj qilish,
shuningdek, bunday harakatlarni qilishga buyruq berishda ifodalangan urush qonun va udumlarini buzish
—
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |