138-modda. Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish
Birovni zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha
ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) jismoniy azob berib;
b) hayot yoki sog‘liq uchun xavfli sharoitda saqlagan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |