302-modda. Xizmatga sovuqqonlik bilan qarash
Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning o‘z xizmat vazifalariga nisbatan pala-partish yoki
vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi tufayli bu vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada
bajarmaganligi ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
uch yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |