modda va buyumlar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish
Atrofdagilar uchun katta xavf manbai bo‘lgan qurol-yarog‘, shuningdek, o‘q-dori, portlovchi,
radioaktiv yoki boshqa modda va buyumlar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish badanga o‘rtacha
og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsning badaniga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishiga;
b) og‘ir shikast yetkazilishiga;
v) odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |