buyuraman:
1. 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov huzurida o‘tkazilgan
2020-yilning 28-martidagi yig‘ilish bayoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur bayon bilan:
Mamlakatimiz va dunyodagi koronavirus bilan bog‘liq epidemiologilc
vaziyatdan kelib chiqib, o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan
bilimlarni o‘z vaqtida o‘zlashtirishlarini tashkil etish maqsadida 0 ‘zbekiston
Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda televizion darslar namoyish etilishi
munosabati bilan ta’lim muassasalari va tashkilotlarda, istisno tariqasida:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv yilining IV choragi uchun
rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlarini masofaviy videodarslar shaklida tashkil etish;
o‘qituvchilar o‘z ish faoliyatlarini masofaviy tarzda (ish haqi to‘liq
saqlangan holda) davom ettirish;
navbatdan tashqari mehnat ta’tilida bo‘lgan xodimlaming ta’til muddatini
yillik asosiy mehnat ta’tili hisobidan uzaytirish;
qolgan xodimlarga zaruratga ko‘ra yillik ta’tildan foydalanish grafigidan
qat’i nazar asosiy mehnat ta’tili hisobidan haq to‘lanadigan yillik mehnat ta’tili
taqdim etish;
masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan xalq ta’limi
tizimidagi (ta’lim muassasa, tashkilot, hududiy bo‘linmalar) xodimlaming mehnat
faoliyatini masofadan turib (“onlayn” rejimda yoki masofaviy tarzda) tashkil etish
choralarini ko‘rish belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Ta’lim sifati monitoringi boshqarmasi (M.Ibragimov), Maktablar
boshqarmasi (E.Murodov), АКТ bo‘limi (L.Xo‘jaqulov) umumiy o‘rta ta’lim
muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini onlayn (yoki
masofaviy) tarzda tashkil etish, ma’lumot olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi
hujjatlarni berish tizimini joriy etish bo‘yicha asoslangan takliflami joriy yilning
20-apreliga qadar 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Bolalami ijtimoiy himoyalash va qoTlab-quvvatlash boshqarmasi
(F.Ahmedov) respublikadagi epidemiologik holatdan kelib chiqqan holda
A.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi hamda Respublika o‘g‘il va qiz
bolalar o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini vaziyat yaxshilanguniga
qadar muassasa hududidan tashqariga chiqarilishi va tarbiyalanuvchilami koTishga
keladigan tashrif buyuruvchilarni kiritilishi vaqtincha chelclab qo‘yish choralarini
ko‘rsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar xalq
ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqannalari boshliqlari,
respublika ta’lim muassasalari rahbarlari joriy yilning 1-aprelidan boshlab:
a) xodimlar ish faoliyatini tashkil etish yuzasidan 0 ‘zbekiston Respublikasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 25-martdagi 8-2020/B-sonli
(Adliya vazirligida 2020-yil 28-martda 2227-son bilan royxatga olingan) hamda
9-2020/B-sonli {Adliya vazirligida 2020-yil 28-martda 3228-son bilan ro ‘yxatga
olingan) buyruqlari bilan tasdiqlangan nizomlarda belgilangan talablarga rioya
qilgan holda:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv yilining IV choragi uchun
rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlarini masofaviy videodarslar shaklida tashkil
etilganligi sababli, o‘qituvchilarning ish faoliyatini masofaviy tarzda (ish haqi
to‘liq saqlangan holda) davom ettirilishi;
navbatdan tashqari mehnat ta’tilida bo‘lgan xodimlarning ta’til muddatini
yillik asosiy mehnat ta’tili hisobidan uzaytirilishi;
qolgan xodimlarga zaruratga ko‘ra yillik ta’tildan foydalanish grafigidan
qat’i nazar asosiy mehnat ta’tili hisobidan haq todanadigan yillik mehnat ta’tili
taqdim etilishi;
uch kun muddatda masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etish uchun zarur
bo‘lgan xalq ta’limi tizimidagi (ta’lim muassasa, tashkilot, hududiy bo‘linmalar)
xodimlarning mehnat faoliyatini masofaviy ish usuliga (“onlayn” rejimda yoki
masofaviy tarzda) o‘tkazilishi bo‘yicha tegishli buyruqlar rasmiylashtirilishini
ta’minlasin.
b) “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak rahbarlari o‘z ish
faoliyatini ijtimoiy tarmoq orqali (masofaviy tarzda) onlayn mashg‘ulotlar
(ish haqi toTiq saqlangan holda) tarzida davom ettirishini hamda joriy o‘quv yili
yakunida to‘garak a’zolariga maktabdan tashqari ta’lim haqida guvohnomalarni
elektron shaklda berilishini tashkil etsin.
d)
Respublikadagi
epidemiologik holatdan kelib
chiqqan holda
Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari va boshqa muassasalarda bolalarni
vaziyat yaxshilanguniga qadar muassasa hududidan tashqariga chiqarilishi
va tarbiyalanuvchilarga keladigan tashrif buyuruvchilarni kiritilishi vaqtincha
cheklash choralarini ko‘rsin.
6. Nazorat va tahlil boshqarmasi (Z.Tadjibayev), Sog‘lom ovqatlantirish
va tibbiy xizmat ko‘rsatilishini muvofiqlashtirish sho‘basi (X.Yuldashev)ga:
buyruqda belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi
ustidan qatiy nazorat o‘rnatish;
mazkur buyruqning ijrosi holati bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni tahlil
qilgan holda yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan so‘ralgan axborotni o‘z
vaqtida taqdim etib borish vazifalari topshirilsin.
7. Devonxona (H.Raximbayeva) bir kun muddatda ushbu buyruqni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi
bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, vazirlik tasarrufidagi
respublika ta’lim muassasalariga yetkazilishini ta’minlasin.
8. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda
qoldiraman.
Vazir
Sh.Shermatov
Toshkent sh.,
2020-yil “ 3 / ’’-mart,
9
£
-son