*zbekiston respublikasi



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/47
Sana14.07.2022
Hajmi1,23 Mb.
#797492
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Bog'liq
@BOOKS KITOB UMUMIY PSIXOLOGIYA 91345

 
 


2."Endopsixika" va "Ekzopsixika" shaqida tushuncha 
Yuqorida ta'kidlab o’tilgan ilmiy muammolardan birinchisi bir shaxsni 
boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishiga ega ekanligidir. Ushbu 
yaqqol psixologik muammoni shal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki 
haroitlarida ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat qilish imkoniyatini 
yaratadi. Mazkur masalaning qo’yilishi dastavval ta'lim va tarbiya eshtiyojlaridan, 
tashkilotchilikka oid faoliyat sohalari va boshqa eshtiyojlar zamiridan kelib 
chiqadi. Lekin bu masalani ilmiy asosda shal qilish boshqa muammoni, ya'ni 
shaxsni toifalarga ajratish (tipologiya), uning eng muhim, mukammal tuzilishini 
aniqlash bilan bog’liqdir. Darshaqiqat, shaxs tipologiyasi, shaxsni tipologik tashlil 
qilishning eng nozik, ibratli jishatlarini cheklab o’tish, u shaqida yetarli darajada 
to’la tasavvurga ega bo’lishni xoshlasak, uning eng umumiy tasvirini 
umumlashgan tarzda ta'kidlab o’tish lozim. 
Shaxs tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning 
bir qancha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi, binobarin, ushbu 
bo’laklarning yig’indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon 
psixologiyasi fanida psixologlar shaxsni psixologik tuzilishining tarkibiy 
qismlarini turli moshiyatiga asoslanib turkumlarga ajratishni (klassifikasiyalashni) 
tavsiya etmoqdalar. 
Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy (sosial) 
omil (faktor) ning, voqelikning ta'siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita 
muhim qism bo’lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. 
Mazkur nazariyaga binoan "ichki psixik" ("endopsixik" - yunoncha "endo" ichki 
degan ma'noni bildiradi) qismlarga ajratiladi, degan g’oyani ilgari suriladi. Ushbu 
talqinga ko’ra "endopsixika" shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida 
psixik elementlar va funksiyalarning o’zaro bog’liqligi aks ettiriladi. Uning 
negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan "endopsixik" aynan bir narsa 
degan tushunchani tasdiqlash yotadi, go’yoki u odam shaxsining ichki 
mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning "ekzopsixik" qismi bo’lsa 
shaxsning tashqi mushitiga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-qarshi bo’lgan 
barcha jishatlarini, shaxslararo va ob'ektiv munosabatini belgilaydi. "Endopsixika" 
o’z navbatida shaxsning ta'sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish 
jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo’r berish xislatlarini, ixtiyorsiz 
harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi.
"Ekzopsixika" esa o’z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning 
qiziqishlari, 
mayllari, 
ideallari, 
maslagi, 
ustunlik 
qiluvchi, 
shukmron 
shissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni va shu singarilarni qamrab oladi. 
Tabiiy omilga (asosga) ega bo’lgan "endopsixika" biologik hart-haroitlarga 
bog’liqdir, aksincha, "ekzopsixika" ijtimoiy voqeliklar ta'siri ostida yuzaga keladi, 
tarkib topadi va takomillashib boradi. 
Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog’liq degan nazariyaning 
namoyandalari bo’lmish Hozirgi zamon uzoq chet el (AqSh, Angliya, Fransiya, 
Germaniya, Shvesariya va boshqalar) psixologlari oqibat natijasida shaxsning 
tuzilishini o’sha ikkita asosiy omillarga, ya'ni biologik va ijtimoiy (sosial) 


voqeliklarning 
ta'siriga 
bog’liq 
bo’lgan 
tuzilishining 
mavjudligidan 
manfaatdordirlar. Ob'ekt-sub'ekt munosabatini belgilaydi.
"Endopsixika" o’z navbatida shaxsning ta'sirlanishi, idrok, tasavvur, xotira, 
tafakkur, xayol jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo’r berish xislatlarini, 
ixtiyorsiz (ideomotor) harakatlarini va shu kabi fazilatlarini aks ettiradi. 
"Ekzopsixika" esa o’z tarkibiga xos munosabatlarining tizimini va uning 
qiziqishlari, mayllari, ideallari, ustanovkalari, maslagi, ustunlik qiluvchi, shukmron 
shissiyotlarini, egallangan bilimlarni qamraydi. 
Psixologiya fanida keskin qayta qurish jadal sur'atlar bilan davom etayotgan 
bir davrda yuqorida tashlil qilingan qo’sh (ikki) omillik konsepsiyasiga qanday 
munosabatda bo’lish maqsadga muvofiq? 
Jumladan, dialektik materializm darg’alarining iborasi bilan aytganda, inson 
shaxsining moshiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig’indisidan iborat, bu ifodaga 
o’ta keskin e'tiroz bildirishga shojat yo’q. Chunki shaxs ijtimoiy mavjudod 
bo’lganligi (mikromushit mashsuli ekanligi tan olinmasa-da) uchun unda tabiiy-
biologik tuzilish alomatlari saqlanib qolishi tabiiy sholdir. Masalan, shaxs 
tuzilishida biologik va ijtimoiy (sosial) omillarni birlamchi deb e'tirof qilish 
muammoning bir tomoni (ularni shisobga olish, albatta zarur), lekin ikkinchi 
tomoni ularning o’zaro munosabatlarini qay tarzda tushunishda o’z ifodasini 
topadi. Ko’pgina psixologlarning fikricha, bizning nuqtai nazarimizcha, qo’sh 
omillik nazariyaning bashsli jabshasi shundan iboratki, bu nazariya ijtimoiy omil 
bilan biologik voqelikni, mushit bilan biologik tuzilishni, "ekzopsixika" bilan 
"endopsixika" ni mexanik ravishda bir-biriga qarama-qarshi qo’yadi, o’zaro ta'sir 
etish muammosiga loqaydlik bilan munosabatda bo’ladi. Mazkur konsepsiya 
vakillari shaxsning shakllanishi va uning tuzilishiga ta'sir qiluvchi tabiiy va 
ijtimoiy omillar ichki imkoniyatlari mavjud ekanligini shisobga olmaydilar. 
Ta'kidlab o’tilgan fikrlarni tasdiqlash maqsadida ular o’tkazgan tajribalariga 
murojaat qilamiz. qo’sh omillik nazariya tadqiqotchilari tajribalarida 80-130 sm 
balandlikdagi odamlarning shaxs xislatlarini tarkib toptirish o’rganilgan. Buning 
natijasida ular shaxsning tuzilishida ko’p xislatlari o’xshashligi topilgan. Bunday 
odamlarning bo’yi past (pakana) bo’lishlaridan tashqari, ularning tuzilishida shech 
qanday nuqson va kamchilik yo’q ekanligi aniqlangan. Bunday toifaga kiruvchi 
kishilarda bolalarga xos kulgini, shech bir tanqidsiz optimizmini, o’ta soddalikni, 
muayyan darajada shissiy (emosional) zo’riqishni talab qiladigan vaziyatga 
nisbatan chidamlilikni, uyat shissining kamroq ekanligini uchratish mumkindir. 
Shaxsning xislatlariga na "endopsixika", na "ekzopsixika" qismlarini kiritish 
mumkin 
emas. 
Chunki 
shaxsning 
sifatlari 
mitti 
odamlarning 
psixik 
xususiyatlarining mashsuli bo’lib, ular bo’yiga nisbatan o’z tengqurlari o’rtasidagi 
farq aniqlangan davrdan e'tiboran shunday bir ijtimoiy vaziyatda paydo bo’lishi, 
tarkib topishining takomillashishi tabiiydir. Shuni aloshida ta'kidlab o’tish joizki, 
tevarak-atrofdagilarning mitti odamlarga bo’ydor kishilarga qaraganda boshqa 
munosabati, ularning pisand qilmasligi, kamsitilishi, ular ham barcha kabi 
narsalarni shis qilish, orzu qilish, ajablanish, shayron qolish sababli ularda 
shaxsning o’ziga xos tuzilishi vujudga keladi. Bunday yaqqol voqelik ularning 
ruhiy ezilishini, ba'zan boshqalarga, shatto o’zlariga nisbatan tajavuzkorona yo’l 


tutishlarini niqoblaydi, xolos. Mabodo biz mitti odamlar (liliputlar) o’zlari bilan 
bap-barovar bo’yli kishilar mushitida yashaydi deb tasavvur qilsak, u holda ularda 
ham tevarak-atrofdagi boshqa odamlardagi kabi mutlaqo boshqacha shaxsiy 
fazilatlar, xususiyatlar, xislatlar, sifatlar mujassamlashishi mumkin bo’lar edi. 
Taraqqiyparvar (gumanistik) psixologiya fanida ta'kidlanganidek, shaxs 
tuzilishidagi tabiiy, organik jishatlar va holatlar uning ijtimoiy hart-haroitlariga 
bog’liq tarkibiy qismlaridir. Shaxs tuzilishidagi tabiiy (anatomik-fiziologik va 
boshqa sifatlar) va ijtimoiy omillar yaxlit birlikni tashkil qiladi va ular shech 
mashal ixtiyorsiz ravishda bir-biriga qarama-qarshi qo’yilishiga yo’l qo’ymaslik 
kerak. 
Shunday qilib, ilmiy psixologiya (materialistik deb atashdan saqlanish 
maqsadida) fanida barcha kategoriyalarga umumbahariy, umuminsoniy tamoyil 
nuqtai nazardan yondashish shaxs tuzilishida tabiiy (biologik) va ijtimoiy (sosial) 
omillar rolini tan oladi, inson shaxsidagi biologik va ijtimoiy voqeliklarni atigi 
shularning negizida qarama-qarshi qo’yishga tanqidiy munosabatda bo’ladi. 
Shaxs muammosini dialektik materializm pozisiyasida turib shimoya 
qiluvchi sobiq sovet psixologiyasi va boshqa taraqqiyparvar yo’nalish vakillari 
shaxsning faolligi tevarak-atrofdagi olam bilan bo’ladigan o’zaro munosabat 
jarayonida faoliyat vujudga kelishi mumkin degan ta'limotga asoslanadi. Shaxsni 
faolligining manbai uning eshtiyojlari shisoblanib, xuddi shu eshtiyojlar odamni 
muayyan tarzda va ma'lum yo’nalishga harakat qilishga undaydi. Xuddi shu 
boisdan eshtiyoj shaxs faolligining manbai sifatida yuzaga keladi va uning yaqqol 
turmush haroitiga bog’liqligini aks ettiruvchi holatdir. 
Eshtiyojlarda shaxsning yaqqol ijtimoiy turmush haroitlariga bog’liqligi 
motivlar tizimi (motivasiya) sifatida o’zining faol jabshalari bilan ifodalanadi. 
Motivlar ma'lum eshtiyojlarni qondirishga qaratilgan faoliyatga nisbatan 
moliklikdir, degan ta'riflanishga mutlaqo mosdir.
Psixologiya fanida qiziqishlar deganda, odamlarning bilish jarayoniga 
yo’naltirilgan eshtiyojlarning shissiy aks etishidir. Bilish eshtiyojlarini shaxs 
tomonidan qondirilishi uning bilimlaridagi uzilishlarini to’ldirishga, ta'lim 
vaziyatlariga to’g’ri moslashishga hamda ularni tushinishga zarur imkoniyatlar 
yaratadi va yordam beradi. 
E'tiqod odamning shaxsiy qarashlari, xulq-atvor tamoyillari, ilmiy 
dunyoqarashlariga asoslanib harakat qilishga undovchi anglashilgan eshtiyojlar 
majmuidir. E'tiqod shaklida yuzaga keladigan eshtiyojlarning mazmunini odamni 
qurshab turgan tabiat va u yashaydigan jamiyat shaqidagi bilimlar hamda ularni 
muayyan darajada shaxs tomonidan anglash shosil bo’ladi va asta-sekin turli tashqi 
ta'sirlar yordamida takomillashib boradi. 
Insonda vujudga keladigan tilaklar sa'i-harakatlar motivlari shisoblanib, bu 
motivlarda aynan shu vaziyatda bevosita yaqqol namoyon bo’lmagan turmush va 
rivojlanish haroitlarida eshtiyojlar ifodalanadi. 
Shaxsning psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari insonning 
shayoti-faoliyati davomida o’zgarib turuvchi eshtiyojlari bilan ularni qondirishning 
shaqiqiy imkoniyatlari o’rtasidagi qarama-qarshiliklar bo’lib shisoblanadi. Bular 


to’g’risida jahondagi ilmiy psixologik adabiyotlarda bir qator qimmatli va boy 
materiallar mavjuddir. 
Odatda shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarkib toptirish, kamolotga 
yetkazish mavjud qarama-qarshiliklarni, ziddiyatli vaziyatlarni yengish, irodaviy 
zo’r berish, zo’riqish, tanglik, jiddiylik holatlarini boshqarish, o’zini qo’lga olish 
orqali ushbu faoliyatni amalga oshirishning oqilona, omilkor vositalarini (yo’llari, 
usullari, operasiyalari, ko’nikmalari, uquvlari, malakalari, odatlari, harakatlari, sa'i-
harakatlari kabilarni) o’zlashtirish, egallash natijasida vujudga keladi. Bularning 
barchasi imitasiya (taqlid), identifikasiya, refleksiya, stereotipizasiya, ta'lim, 
o’qitish, o’qish, o’rganish, o’rgatish, saboq olish, o’zlashtirish, mustaqil bilim olish 
jarayonida yuzaga keltiriladi. Mazkur holatda aniq faoliyat orqali eshtiyojni 
qondirish qonuniy ravishda yanada yuksakroq, yuqori bosqichdagi yangi 
xususiyatga ega bo’lgan eshtiyojni tug’diradi. 
Shunday qilib, eshtiyojlarning tug’ilishi, taraqqiyoti, ularni saralash va 
shakllantirish hamda mustaqil, demokratik, shuquqiy jamiyat kishisiga xos bo’lgan
milliy, shududiy ma'naviyat, ruhiyat va qadriyatlarning qonuniyatlariga, 
xossalariga, mexanizmlariga asoslangan harqona, o’zbekona yuksak axloqiy 
shislarga ega insonlarni voyaga yetkazish respublikamiz psixolog olimlarining 
oldida turgan asosiy vazifalaridan biridir. Buning uchun psixologlar ko’p 
tajribalarda sinalgan (ishonchli, validli, reprezentativ) testlar, metodlar (innovasion 
xususiyatli), metodikalar (ularning invariantlari, variasiyalari, modifikasiyalari), 
muayyan kasbiy malakalar, uslubiy qurollar (ko’rsatmalar, tavsiyalar, ishlamalar, 
modul va reyting tizimlari), zamonaviy texnik vositalar bilan to’la-to’kis 
qurollanishlari, nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari, olingan natijalarni ko’p 
qirrali (sifat, miqdor, korrelyasion, dispersion, faktor va hokazo) tashlil qila 
bilishlari, chuqur talqin qila olishlari mutlaqo zarurdir.
Chunki bularsiz shaxsni komil inson sifatida shakllantirish, kamol toptirish 
mumkin emas, binobarin, ikkiyoqlama o’zaro ta'sir bunday imkoniyat yaratishga 
qodir. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish