2."Endopsixika" va "Ekzopsixika" shaqida tushuncha
Yuqorida ta'kidlab o’tilgan ilmiy muammolardan birinchisi bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishiga ega ekanligidir. Ushbu yaqqol psixologik muammoni shal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki haroitlarida ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Mazkur masalaning qo’yilishi dastavval ta'lim va tarbiya eshtiyojlaridan, tashkilotchilikka oid faoliyat sohalari va boshqa eshtiyojlar zamiridan kelib chiqadi. Lekin bu masalani ilmiy asosda shal qilish boshqa muammoni, ya'ni shaxsni toifalarga ajratish (tipologiya), uning eng muhim, mukammal tuzilishini aniqlash bilan bog’liqdir. Darshaqiqat, shaxs tipologiyasi, shaxsni tipologik tashlil qilishning eng nozik, ibratli jishatlarini cheklab o’tish, u shaqida yetarli darajada to’la tasavvurga ega bo’lishni xoshlasak, uning eng umumiy tasvirini umumlashgan tarzda ta'kidlab o’tish lozim.
Shaxs tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning bir qancha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi, binobarin, ushbu bo’laklarning yig’indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi fanida psixologlar shaxsni psixologik tuzilishining tarkibiy qismlarini turli moshiyatiga asoslanib turkumlarga ajratishni (klassifikasiyalashni) tavsiya etmoqdalar.
Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy (sosial) omil (faktor) ning, voqelikning ta'siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo’lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan "ichki psixik" ("endopsixik" - yunoncha "endo" ichki degan ma'noni bildiradi) qismlarga ajratiladi, degan g’oyani ilgari suriladi. Ushbu talqinga ko’ra "endopsixika" shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o’zaro bog’liqligi aks ettiriladi. Uning negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan "endopsixik" aynan bir narsa degan tushunchani tasdiqlash yotadi, go’yoki u odam shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning "ekzopsixik" qismi bo’lsa shaxsning tashqi mushitiga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-qarshi bo’lgan barcha jishatlarini, shaxslararo va ob'ektiv munosabatini belgilaydi. "Endopsixika" o’z navbatida shaxsning ta'sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo’r berish xislatlarini, ixtiyorsiz harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi.
"Ekzopsixika" esa o’z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi, ustunlik qiluvchi, shukmron shissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni va shu singarilarni qamrab oladi. Tabiiy omilga (asosga) ega bo’lgan "endopsixika" biologik hart-haroitlarga bog’liqdir, aksincha, "ekzopsixika" ijtimoiy voqeliklar ta'siri ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi.
Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog’liq degan nazariyaning namoyandalari bo’lmish Hozirgi zamon uzoq chet el (AqSh, Angliya, Fransiya, Germaniya, Shvesariya va boshqalar) psixologlari oqibat natijasida shaxsning tuzilishini o’sha ikkita asosiy omillarga, ya'ni biologik va ijtimoiy (sosial) voqeliklarning ta'siriga bog’liq bo’lgan tuzilishining mavjudligidan manfaatdordirlar. Ob'ekt-sub'ekt munosabatini belgilaydi.
"Endopsixika" o’z navbatida shaxsning ta'sirlanishi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo’r berish xislatlarini, ixtiyorsiz (ideomotor) harakatlarini va shu kabi fazilatlarini aks ettiradi. "Ekzopsixika" esa o’z tarkibiga xos munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, ustanovkalari, maslagi, ustunlik qiluvchi, shukmron shissiyotlarini, egallangan bilimlarni qamraydi.
Psixologiya fanida keskin qayta qurish jadal sur'atlar bilan davom etayotgan bir davrda yuqorida tashlil qilingan qo’sh (ikki) omillik konsepsiyasiga qanday munosabatda bo’lish maqsadga muvofiq?
Jumladan, dialektik materializm darg’alarining iborasi bilan aytganda, inson shaxsining moshiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig’indisidan iborat, bu ifodaga o’ta keskin e'tiroz bildirishga shojat yo’q. Chunki shaxs ijtimoiy mavjudod bo’lganligi (mikromushit mashsuli ekanligi tan olinmasa-da) uchun unda tabiiy-biologik tuzilish alomatlari saqlanib qolishi tabiiy sholdir. Masalan, shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy (sosial) omillarni birlamchi deb e'tirof qilish muammoning bir tomoni (ularni shisobga olish, albatta zarur), lekin ikkinchi tomoni ularning o’zaro munosabatlarini qay tarzda tushunishda o’z ifodasini topadi. Ko’pgina psixologlarning fikricha, bizning nuqtai nazarimizcha, qo’sh omillik nazariyaning bashsli jabshasi shundan iboratki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan biologik voqelikni, mushit bilan biologik tuzilishni, "ekzopsixika" bilan "endopsixika" ni mexanik ravishda bir-biriga qarama-qarshi qo’yadi, o’zaro ta'sir etish muammosiga loqaydlik bilan munosabatda bo’ladi. Mazkur konsepsiya vakillari shaxsning shakllanishi va uning tuzilishiga ta'sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar ichki imkoniyatlari mavjud ekanligini shisobga olmaydilar.
Ta'kidlab o’tilgan fikrlarni tasdiqlash maqsadida ular o’tkazgan tajribalariga murojaat qilamiz. qo’sh omillik nazariya tadqiqotchilari tajribalarida 80-130 sm balandlikdagi odamlarning shaxs xislatlarini tarkib toptirish o’rganilgan. Buning natijasida ular shaxsning tuzilishida ko’p xislatlari o’xshashligi topilgan. Bunday odamlarning bo’yi past (pakana) bo’lishlaridan tashqari, ularning tuzilishida shech qanday nuqson va kamchilik yo’q ekanligi aniqlangan. Bunday toifaga kiruvchi kishilarda bolalarga xos kulgini, shech bir tanqidsiz optimizmini, o’ta soddalikni, muayyan darajada shissiy (emosional) zo’riqishni talab qiladigan vaziyatga nisbatan chidamlilikni, uyat shissining kamroq ekanligini uchratish mumkindir. Shaxsning xislatlariga na "endopsixika", na "ekzopsixika" qismlarini kiritish mumkin emas. Chunki shaxsning sifatlari mitti odamlarning psixik xususiyatlarining mashsuli bo’lib, ular bo’yiga nisbatan o’z tengqurlari o’rtasidagi farq aniqlangan davrdan e'tiboran shunday bir ijtimoiy vaziyatda paydo bo’lishi, tarkib topishining takomillashishi tabiiydir. Shuni aloshida ta'kidlab o’tish joizki, tevarak-atrofdagilarning mitti odamlarga bo’ydor kishilarga qaraganda boshqa munosabati, ularning pisand qilmasligi, kamsitilishi, ular ham barcha kabi narsalarni shis qilish, orzu qilish, ajablanish, shayron qolish sababli ularda shaxsning o’ziga xos tuzilishi vujudga keladi. Bunday yaqqol voqelik ularning ruhiy ezilishini, ba'zan boshqalarga, shatto o’zlariga nisbatan tajavuzkorona yo’l tutishlarini niqoblaydi, xolos. Mabodo biz mitti odamlar (liliputlar) o’zlari bilan bap-barovar bo’yli kishilar mushitida yashaydi deb tasavvur qilsak, u holda ularda ham tevarak-atrofdagi boshqa odamlardagi kabi mutlaqo boshqacha shaxsiy fazilatlar, xususiyatlar, xislatlar, sifatlar mujassamlashishi mumkin bo’lar edi.
Taraqqiyparvar (gumanistik) psixologiya fanida ta'kidlanganidek, shaxs tuzilishidagi tabiiy, organik jishatlar va holatlar uning ijtimoiy hart-haroitlariga bog’liq tarkibiy qismlaridir. Shaxs tuzilishidagi tabiiy (anatomik-fiziologik va boshqa sifatlar) va ijtimoiy omillar yaxlit birlikni tashkil qiladi va ular shech mashal ixtiyorsiz ravishda bir-biriga qarama-qarshi qo’yilishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Shunday qilib, ilmiy psixologiya (materialistik deb atashdan saqlanish maqsadida) fanida barcha kategoriyalarga umumbahariy, umuminsoniy tamoyil nuqtai nazardan yondashish shaxs tuzilishida tabiiy (biologik) va ijtimoiy (sosial) omillar rolini tan oladi, inson shaxsidagi biologik va ijtimoiy voqeliklarni atigi shularning negizida qarama-qarshi qo’yishga tanqidiy munosabatda bo’ladi.
Shaxs muammosini dialektik materializm pozisiyasida turib shimoya qiluvchi sobiq sovet psixologiyasi va boshqa taraqqiyparvar yo’nalish vakillari shaxsning faolligi tevarak-atrofdagi olam bilan bo’ladigan o’zaro munosabat jarayonida faoliyat vujudga kelishi mumkin degan ta'limotga asoslanadi. Shaxsni faolligining manbai uning eshtiyojlari shisoblanib, xuddi shu eshtiyojlar odamni muayyan tarzda va ma'lum yo’nalishga harakat qilishga undaydi. Xuddi shu boisdan eshtiyoj shaxs faolligining manbai sifatida yuzaga keladi va uning yaqqol turmush haroitiga bog’liqligini aks ettiruvchi holatdir.
Eshtiyojlarda shaxsning yaqqol ijtimoiy turmush haroitlariga bog’liqligi motivlar tizimi (motivasiya) sifatida o’zining faol jabshalari bilan ifodalanadi. Motivlar ma'lum eshtiyojlarni qondirishga qaratilgan faoliyatga nisbatan moliklikdir, degan ta'riflanishga mutlaqo mosdir.
Psixologiya fanida qiziqishlar deganda, odamlarning bilish jarayoniga yo’naltirilgan eshtiyojlarning shissiy aks etishidir. Bilish eshtiyojlarini shaxs tomonidan qondirilishi uning bilimlaridagi uzilishlarini to’ldirishga, ta'lim vaziyatlariga to’g’ri moslashishga hamda ularni tushinishga zarur imkoniyatlar yaratadi va yordam beradi.
E'tiqod odamning shaxsiy qarashlari, xulq-atvor tamoyillari, ilmiy dunyoqarashlariga asoslanib harakat qilishga undovchi anglashilgan eshtiyojlar majmuidir. E'tiqod shaklida yuzaga keladigan eshtiyojlarning mazmunini odamni qurshab turgan tabiat va u yashaydigan jamiyat shaqidagi bilimlar hamda ularni muayyan darajada shaxs tomonidan anglash shosil bo’ladi va asta-sekin turli tashqi ta'sirlar yordamida takomillashib boradi.
Insonda vujudga keladigan tilaklar sa'i-harakatlar motivlari shisoblanib, bu motivlarda aynan shu vaziyatda bevosita yaqqol namoyon bo’lmagan turmush va rivojlanish haroitlarida eshtiyojlar ifodalanadi.
Shaxsning psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari insonning shayoti-faoliyati davomida o’zgarib turuvchi eshtiyojlari bilan ularni qondirishning shaqiqiy imkoniyatlari o’rtasidagi qarama-qarshiliklar bo’lib shisoblanadi. Bular to’g’risida jahondagi ilmiy psixologik adabiyotlarda bir qator qimmatli va boy materiallar mavjuddir.
Odatda shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarkib toptirish, kamolotga yetkazish mavjud qarama-qarshiliklarni, ziddiyatli vaziyatlarni yengish, irodaviy zo’r berish, zo’riqish, tanglik, jiddiylik holatlarini boshqarish, o’zini qo’lga olish orqali ushbu faoliyatni amalga oshirishning oqilona, omilkor vositalarini (yo’llari, usullari, operasiyalari, ko’nikmalari, uquvlari, malakalari, odatlari, harakatlari, sa'i-harakatlari kabilarni) o’zlashtirish, egallash natijasida vujudga keladi. Bularning barchasi imitasiya (taqlid), identifikasiya, refleksiya, stereotipizasiya, ta'lim, o’qitish, o’qish, o’rganish, o’rgatish, saboq olish, o’zlashtirish, mustaqil bilim olish jarayonida yuzaga keltiriladi. Mazkur holatda aniq faoliyat orqali eshtiyojni qondirish qonuniy ravishda yanada yuksakroq, yuqori bosqichdagi yangi xususiyatga ega bo’lgan eshtiyojni tug’diradi.
Shunday qilib, eshtiyojlarning tug’ilishi, taraqqiyoti, ularni saralash va shakllantirish hamda mustaqil, demokratik, shuquqiy jamiyat kishisiga xos bo’lgan
milliy, shududiy ma'naviyat, ruhiyat va qadriyatlarning qonuniyatlariga, xossalariga, mexanizmlariga asoslangan harqona, o’zbekona yuksak axloqiy shislarga ega insonlarni voyaga yetkazish respublikamiz psixolog olimlarining oldida turgan asosiy vazifalaridan biridir. Buning uchun psixologlar ko’p tajribalarda sinalgan (ishonchli, validli, reprezentativ) testlar, metodlar (innovasion xususiyatli), metodikalar (ularning invariantlari, variasiyalari, modifikasiyalari), muayyan kasbiy malakalar, uslubiy qurollar (ko’rsatmalar, tavsiyalar, ishlamalar, modul va reyting tizimlari), zamonaviy texnik vositalar bilan to’la-to’kis qurollanishlari, nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari, olingan natijalarni ko’p qirrali (sifat, miqdor, korrelyasion, dispersion, faktor va hokazo) tashlil qila bilishlari, chuqur talqin qila olishlari mutlaqo zarurdir.
Chunki bularsiz shaxsni komil inson sifatida shakllantirish, kamol toptirish mumkin emas, binobarin, ikkiyoqlama o’zaro ta'sir bunday imkoniyat yaratishga qodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |