Ta’lim-tarbiya berish uslubiyoti. Multimedia texnologiyasining ta’lim-tarbiya berish uslubiyotini bayon qilishdan oldin, uning quyidagi ikki jihatiga e’tibor berish kerak:
1. Agar u yoki bu multimedia vositasi tarbiyalanuvchilarga bayon etib borilmasdan namoyish etilsa, u oddiy multfilm bo‘lib qoladi.
2. Agar tarbiyachi multimedia vositasini namoyish etish davomida, uni tahlil etib (tushuntirib, bayon etib) borsa, ta’lim jarayonini aks ettirib multimedia texnologiyasiga aylanadi. 1
2
19-rasm. Kompyuter ishtirokidagi dialog uslubining sxemasi.
Sxemada 1 va 2 chiziqlar tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi dialogni bildiradi. 3-tarbiyachini (pedagogni) kompyuterga kiritgan multimedial materialini va uni boshqarishini, 4 tarbiyalanuvchilar tomonidan o‘tilgan mashqlarni(materiallarni) mustaqil bajarishlari va test savollariga javob berishlarini bildiradi
Ta’limning an’anaviy uslublarida ta’lim beruvchi (tarbiyachi) ta’lim jarayonining markazida bo‘lib, ta’lim oluvchi (tarbiyalanuvchi) passiv eshituvchi va ishtirokchi bo‘lib qoladi.
Multimedia texnologiyasidan foydalaniladigan jarayonda esa, ta’lim jarayonining markazida kompyuter xotirasiga yuklangan va o‘rganish uchun mo‘ljallangan ta’lim materiallari turadi. Kezi kelganda shuni ta’kidlash kerakki, yuqorida ta’kidlanganidek, kompyuter xotirasiga yuklangan material o‘ziga xos “ta’lim qo‘llanmasi” yoki “darsligi“ rolini o‘ynaydi. Ikkinchi o‘rinda, kompyuterdagi ta’lim materiallarini ko‘rib va tovushni eshitib turgan ta’lim oluvchi (tarbiyalanuvchi)lar turadilar. Bu holda asosiy muloqot kompyuter-tarbiyalanuvchi o‘rtasida amalga oshirilib, tarbiyalanuvchi axborotni kompyuter ekranidan qabul qilib oladi. Ammo MTM larning ta’lim-tarbiya jarayoniga multimedia texnologiyasi (kompyuterli ta’lim) tatbiq etilgan taqdirda ham garchi ma’lumot monitor ekranidagi materialdan olinsa-da, tarbiyachi-pedagogning faoliyati birinchi o‘rinda qolaveradi, chunki an’anaviy usul bilan ta’lim berishda “bo‘r-doska”dan yoki boshqa turli xil ko‘rgazmali vositalardan foydalanilsa, multimedia texnologiyasida esa, kompyuter ekranidagi materiallardan foydalaniladi.
Ta’lim beruvchi (tarbiyachi)ning vazifasi – kompyuter ekranida bolalar kuzatayotgan materiallarni sharhlab berish, ularning diqqatlarini jalb etish, guruh tarbiyalanuvchilariga takrorlab o‘rgatish bo‘lib, kompyuter-tarbiyalanuvchi va tarbiyachi o‘rtalarida birgalikda olib borilayotgan faoliyatni bildiradi.
Sxemadagi punktir chizig‘i ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchi o‘rtasidagi savol-javobni anglatadi.
MTMlar uchun multimedia texnologiyasi uslubiyotining algoritmi quyidagicha:
1. Tarbiyachi guruh tarbiyalanuvchilarini kompyuter qarshisiga o‘tkaztiradi.
2. Kompyuter xotirasiga yuklangan materialni ochadi.
3.O‘rganiladigan material ekranda paydo bo‘lgach, uni namoyish etadi va shu erda kadrni to‘xtatadi.
4. Materialga guruh tarbiyalanuvchilarining diqqatini tortadi, masalan, mashg‘ulot A harfini o‘rganish bo‘lsa, “Bolalar, ekranda harakatlanayotgan harf-A harfini shakli bo‘ladi (agar ijroli (rolli) disk quyilgan bo‘lsa,”Ayiqvoy” sizlarga “A”- harfini ko‘rsatyapti deb ta’kidlaydi.
MTM larda zamonaviy kompyuterli ta’limiy o‘yinlar texnologiyasi
Ixtiyoriy ta’lim muasssasida o‘qitish jarayonini boshqarish, umuman pedagogik jarayonga va o‘quvchilarning bilimlarini tashkil etishga ta’sir jarayoni hisoblanadi. Uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun, pedagogik tizimlarda optimal boshqarishni ta’minlaydigan modellar ishlab chiqilmoqda. Bunday modellar qatoriga maxsus o‘qitish texnologiyalarining uslub (uslubiyot)larini kiritish mumkin. V.P. Bespalko pedagogik texnologiyaning quyidagi ta’rifini beradi: pedagogik texnologiya - bu avvaldan loyihalashtirilgan o‘quv-tarbiya jarayonini amaliyotga tizimli singdirishdir. Pedagogik texnologiyalarning boshqa uslublardan farqi, ularning tarbiyalanuvchilarda o‘rganilayotgan materialga nisbatan qiziqish ortirish va motivatsiyalarining ko‘tarilishi hisobiga samaraliroq ta’lim berishni ta’minlashidan iborat.
Axborot texnologiyalarini katta tezlikda rivojlanishi bilan ta’lim tizimiga masofali o‘qitish - Internet tarmog‘i orqali o‘qitish texnologiyalari kirib kelmoqda. Bu esa, o‘z navbatida zamonaviy psixologo-pedagogik uslubiyotlarni qo‘llash imkoniyatini keng ochmoqda.
Hozirgi paytda ta’lim tizimida, shu jumladan, MTMlarining ta’lim-tarbiya jarayonida ta’limga oid o‘yinlar va masofali ta’lim texnologiyalarini foydalanish alohida o‘rin tutayotganligi uchun ushbu masalalarni kengroq o‘rganib chiqishni maqsad qilib olindi.
A. Ta’limiy o‘yinlar: ularniig vazifalari, xususiyatlari va asosiy turlari. Ta’limga oid o‘yinlar ta’lim berishning zamonaviy psixologo-pedagogik texnologiyalarida muhim o‘rin egallaydi. Usul sifatida ular
20-asrning 70-yillarida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda qo‘llanilish sohasiga mos ravishda ta’limiy o‘yinlarning har xil turlari mavjud. Masalan, zobitlarni tayyorlashda harbiy o‘yinlar, aktyorlar uchun syujet-rolli o‘yinlar, tijoratchilar va rahbarlar uchun - maxsus treninglar mavjud.
Ta’limga oid o‘yinlari asosiy uch vazifani bajaradilar:
• vositali: aniq bir ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;
•gnostik: o‘quvchilarning bilimlarini shakllantirish va fikrlashlarini rivojlantiish;
•ijtimoiy-psixologik: kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish.
Har bir vazifaga o‘yinning aniq bir turi mos keladi: instrumental vazifa o‘yin mashqlarida, gnostik - didaktik, ijtimoiy-psixologik esa - rollik o‘yinlarda ifodalanishi mumkin.
Ta’limiy o‘yinlarini samaradorligini oshirish uchun uning texnologiyasi:
• o‘yinni ta’lim maqsadlariga mos bo‘lishi;
• immitatsion-rollik o‘yinni amaliy pedagogik (psixologik) vaziyatga ta’sir etishi;
• o‘yin qatnashchilarining o‘yin mazmuniga mos keladigan maxsus psixologik tayyorgarligi;
• o‘yinda ijodiy elementlaridan foydalanish imkoniyatlari;
• tarbiyachi (psixolog) nafaqat rahbar sifatida, balki o‘yin jarayonida “to‘g‘rilovchi” va maslahatchi sifatida ham ishtirok etish kabi talablarga tayyor bo‘lishi kerak.
Ixtiyoriy ta’lim berish o‘yini bir necha bosqichdan iborat bo‘lishi mumkin:
1) o‘yin muhitini yaratish. Bu bosqichda o‘yinning mazmuni va asosiy vazifasi aniqlanadi, uning qatnashchilarini psixologik tayyorgarligi amalga oshiriladi;
2) o‘yin jarayonini tashkil etish. Bu bosqichda qatnashchilarga o‘yin qoida va shartlari tushuntiriladi va ular orasida rollarni taqsimlash amalga oshiriladi.
3) o‘yinni o‘tkazish. Bunda qo‘yilgan maqsad hal qilinadi;
4) yakun yasash. Bu bosqichda qatnashchilarning o‘zlari ham, maxsus ekspertlar (psixolog, pedagog) tomonidan ham o‘yin borishi va natijalari tahlil etiladi.
SHuni ta’kidlash kerakki, ta’limiy o‘yinlarnda faqat oddiy o‘yin uslubi foydalanilmaydi. O‘yin jarayonida guruhiy, yakkama-yakka ish, birgalikda muhokama, test o‘tkazish va so‘rov, rolli vaziyat yaratishlardan foydalanish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, turli - anketa o‘tkazish, sotsiometriya, «Aqliy hujum» va boshqa uslublarni cheklangan miqdorida birga olib borish va foydalanish imkoniyatini beradi. SHu bilan birga, o‘yin uslubi pedagogikada qandaydir maxsuslikka ega. Ta’lim berish jarayonida o‘yin yordamchi element sifatida qisman nazariy materialga qo‘shimcha sifatida foydalaniladi va u asosiy uslub sifatida chiqa olmaydi.
Ta’limiy o‘yinlarning uslubi va hususiyatidan kelib chiqkan holda, ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
• imitatsion o‘yinlar (aniq ishlab chiqarish ko‘nikmalarni shakllantirishga mo‘ljallangan kasbiy o‘qitishda foydalaniladi. Masalan, «Impod» o‘yinida shartli tikuv ishlab chiqarishining tashkiliy-iqtisodiy faoliyati imitatsiya qilinadi, shuningdek, mahsulotlarni modellashtirish va tikish bo‘yicha olingan amaliy ko‘nikmalarni qo‘llaydilar);
• mazmunli-rolli o‘yinlar (ularning asosida aniq hayotiy, ishchan yoki boshqa vaziyat yotadi. Bunday holda, o‘yin har bir qatnashchi aniq rolni bajaradigan (o‘ynaydigan) teatr qo‘yishni eslatadi). O‘yin bunday holda mazmuni - intellektual faoliyat shaklli ijodiy o‘yinlardir, shuning uchun, bu holda qatnashchilarni tayyorlash va o‘yin ssenariysini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega;
• innovatsion o‘yinlar (ularning boshqa o‘yin turlaridan ajralib turadigan farqi, harakatli tuzilishga ega ekanligi va o‘yinni bir necha o‘qitish-rivojlantiruvchi «fazolarda», masalan, kompyuter dasturlaridan foydalanib o‘tkazishdir. Innovatsion o‘yinlar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sifatli bilim olishga qaratilgan;
Agar yuqorida misol sifatida keltirilgan o‘yin turlari o‘zlarining uslubi bilan farq qilgan bo‘lsa, u holda oxirgilarini ajratish tamoyili - aniq vaziyatni boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘lgan maqsad o‘yinni mo‘ljallanishidir.
• tashkiliy-faoliyatli o‘yinlar. Bularda e’tibor ko‘proq o‘yin vaziyatlarini tashxis qilish va muammoni echish variantlarini tanlashni asoslashga qaratiladi. Uslub nuqtai nazardan, bu erda e’tibor ko‘proq qatnashchilarning muloqotiga, munosabatlariga va guruhiy ishlarning boshqa shakllariga qaratiladi;
• ishchan treninglar. Eng samarali uslublardan biri ishchanlik o‘yinidir. Uni modellashtirish jarayonida muammoli vaziyat aniqlanadi, o‘yin maqsadi uni echish yo‘llarini izlanadi. Ishchanlik o‘yinlari ta’lim sohasida ham, ishchanlik sohasida ham qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |