g) maktablarning moddiy-texnik ta'minoti sohasida:
-
maktablarning sport zallari va maydonchalari kerakli inventarlar bilan
jihozlanmaganligi, sinf xonalarida o'quv mebel` jihozlari, laboratoriya uskunalari,
komp`yuter texnikasining yetishmasligi, ularning o'z vaqtida yangilanmasligi ota-
onalarning ta'lim tizimiga nisbatan e'tirozlariga sabab bo'lmoqda;
-
maktablarning
28
foizida
qo'shimcha
jihozlashga
ehtiyoj
mavjud,
ishlatilayotgan jihozlarning 50 foizi ma'nan va jismonan eskirganligi uchun
almashtirilishi kerak;
-
3000 dan ortiq umumta'lim maktablarida o'quvchilarning sog'lom ovqatlanishi
uchun oshxonalar va bufetlar tashkil etish lozim;
-
elektr, ko'mir, sovuq va issiq suv, gaz ta'minoti va kanalizatsiya bilan bog'liq
infratuzilma muammolarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlari
tomonidan yetarli e'tibor qaratilmayapti, ayniqsa uzoq aholi punktlari va qishloq
joylardagi 1726 umumta'lim maktabi qo'lbola (burjuy) pechlar yordamida
isitilmoqda;
-
umumta'lim muassasalarining binolarini qurish, rekonstruktsiya qilish va
kapital ta'mirlash bo'yicha zamonaviy standartlarni joriy etish kerak;
-
2 907 ta umumta'lim maktabi qurilish-ta'mirlash ishlariga muhtoj;
Islomov Nurali Raxmatovich
21
-
11 yillik ta'lim tizimiga o'tilishi munosabati bilan qo'shimcha o'quvchi
o'rinlariga ehtiyoj mavjud.
d) xalq ta'limi tizimini moliyalashtirish sohasida:
-
xalq ta'limi tizimini moliyalashtirishda mablag'larni samarali va shaffof tizim
asosida taqsimlash va foydalanish talab etilmoqda;
-
xalq ta'limi muassasalariga davlat byudjetidan ajratilgan xarajatlarning asosiy
qismi ish haqiga sarflanib, o'quv jihozlari va materiallarini yangilashga, maktab
binolarini ta'mirlashga yetarli mablag' yo'naltirilmayapti.
Yuqoridagi muammo va kamchiliklar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
yil 29 aprelda “O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5712-sonli farmoni bilan
qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish kontseptsiyasi”da keltirilgan .
Ushbu Farmon orqali qabul qilingan “Kontseptsiya” O'zbekiston Respublikasida
umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor
yo'nalishlarini belgilash, o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va
intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarish, o'quv-tarbiya
Islomov Nurali Raxmatovich
22
jarayoniga ta'limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish vazifasini belgilab
beradi.
Konseptsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali O'zbekiston
Respublikasining xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishda quyidagi
ko'rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi:
STEAM fanlarni va tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish
kompetentsiyalari va malakalarining rivojlanishiga alohida urg'u berishni
hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob
beradigan umumta'lim dasturlari va yangi davlat ta'lim standartlari joriy etiladi;
xalq ta'limi tizimida o'quvchilarning bilim darajasini baholashda ta'lim sifatini
baholash bo'yicha xalqaro dasturlar va izlanishlar (PISA, TIMSS, PIRLS va
boshqalar)da O'zbekiston Respublikasining doimiy ishtiroki ta'minlanadi;
ta'lim dasturlari va muassasalarini akkreditatsiya qilish uchun O'zbekiston
Respublikasining yetakchi xalqaro birlashmalarga kirishi ta'minlanadi;
xorijiy til, informatika, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlarini chuqur
o'rganishga mo'ljallangan didaktik materiallar va mul`timedia mahsulotlarining
yangi avlodlari tayyorlanadi;
muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatayotgan umumta'lim muassasalari negizida
tarmoq maktablari yaratiladi va ushbu tarmoqqa o'quvchilarni qamrab olish
koeffitsienti past bo'lgan boshqa maktablar ham kiritiladi;
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bittadan
Prezident maktablari tashkil etiladi;
4 860 umumta'lim muassasasi tasdiqlangan baholash mezonlariga muvofiq
«Zamonaviy maktablar» ga aylantiriladi;
davr talabidan kelib chiqib, pedagog kadrlar malakasini oshirish kurslarining
o'quv dasturiga asosan o'qituvchilarga metodik yordam ko'rsatish maqsadida
elektron resurslar yaratiladi;
maktabdan tashqari ta'lim sifatini oshirish va bolalarni maktabdan tashqari
ta'lim xizmatlari bilan qamrab olish o'quvchilar umumiy soniga nisbatan 50
foizga yetkaziladi;
Islomov Nurali Raxmatovich
23
oliy ta'lim muassasalarida “Xalq ta'limi sohasida boshqaruv” yo'nalishi
bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladi;
umumta'lim fanlari bo'yicha 3 mingga yaqin pedagog ixtisosligi bo'lmagan
kadrlar pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o'qitiladi;
xalq ta'limi tizimidagi barcha ta'lim muassasalarining elektr energiyasi, tabiiy
gaz, ko'mir, ichimlik suvi va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz
ta'minlanishi tashkil etiladi;
barcha ta'lim muassasalarining internet tarmog'iga to'liq ulanishi ta'minlanadi;
barcha umumta'lim maktablarida o'zlashtirish jurnallari va kundalik
yozuvlarning elektron shakllaridan foydalanish, davomatni masofadan
monitoring qilish, o'quvchilarning kelish va ketish vaqtlari nazorati bilan
bog'liq bo'lgan o'quv jarayonini avtomatlashtirish tizimi joriy etiladi;
barcha umumta'lim muassasalarida o'quvchilarni qabul qilish va boshqa ta'lim
muassasalariga o'tkazish uchun davlat xizmatlarini ko'rsatish mexanizmi joriy
etiladi;
barcha umumta'lim maktablarida o'quvchining identifikatsiya kartalari (ID-
karta, NFC belgisi va boshqalar) joriy etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |