Автомобиль йўлини жиҳозлаш __________________________________25
Йўл белгилари ва уларни ўрнатишга қўйилган умумий талаблар___________________________________________________26
Сифат назорати _______________________________________________ 26
Фойдаланилган адабиётлар_____________________________________ 28
Kirish.
Kurs loyihasida avtomobil yo‘llarini joylashgan tuman tabiiy-iqlim sharoiti, yo‘lning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, mavjud yo‘lning ko‘ndalang kesimi, yo‘lning transport-foydalanish ko‘rsatkichlarini kompleks baholash, nuqsonlar qaydnomasini tuzish, yo‘lning transport-foydalanish holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ish sifatiga bo‘lgan talab, texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilgan. Talabalar berilgan topshiriqga asosan avtomobil yo‘llari joylashgan tumanning tabiiy-iqlim sharoitini, yo‘lning toifasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini va ko‘ndalang kesimini chizishadi. Avtomobil g‘ildiragi bilan qoplamaning ilashish koeffitsientini va avtomobilning tezligini baholashni o‘rganib nuqsonlar qaydnomasini tuzishadi. Bugungi kunda jahon bozoriga olib chiqadigan transport kommunikatsiyalarini barpo qilish va shu maqsadda xalqaro standartlarga mos keladigan avtomobil yo‘llarini qurish, ularni kelajakda ekspluatatsiya qilish davlat yo‘l siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, hozirda avtomobil yo‘llarini xalqaro standartlariga moslab qurish va ularni ekspluatatsiya qilish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Tranpsort kommunikatsiyalari tizimini jadal rivojlantirish, qo‘shni davlatlar, okean va dengizga chiqishni ta’minlaydigan eng qisqa, ishonchli yo‘llarni barpo etish va ular orqali transport xalqaro aloqalari tizimiga kirib borish vazifasini davlat iqtisodiyotining strategik vazifazi deb belgiladi. PQ-3262-sonli “Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va arxitektura-landshaft konstruksiyalash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, PQ-3309-sonli “Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish hamda foydalanishni tashqil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, PQ-4035-sonli “Avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashqil etishning ilg‘or xorijiy uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, PF-5647-sonli “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, PQ-4143-sonli “O‘zbyokiston Respublikasi transport vazirligi faoliyatini tashqil etish to‘g‘risida”gi qarori, PF-5890-sonli “O‘zbyokiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish choratadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, PQ-4545-sonli “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarni ijrosini ta’minlashda Respublikamizdagi mavjud avtomobil yo‘llarini qayta qurish va ularni ishlatishga yuqori sifatli talab ko‘rsatkichlarini ta’minlash uchun ilmiy asoslangan texnologik jarayonlar va ilg‘or ish uslublari talab etiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |