Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti



Download 125,06 Kb.
bet2/5
Sana21.09.2019
Hajmi125,06 Kb.
#22437
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5348382349753057999

Mundarija


Kirish. 3

1-Bob. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli. 5

1.1. Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqidagi nazariya va qarashlar 5

Adam Smit 5

Jon Meynard Keyns 7

Milton Fridmen 9

1.2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishining maqsad va vazifalari 11

1.3. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari 15

2-Bob. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli Argentina misolida 22

3-Bob. O`zbekistonda non narxining erkinlashtirilishi. 25

Xulosa 29

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 29



Foydalanilgan internet resurslari ro`yxati 30


Kirish.


Mavzuning dolzarbligi. Davlat siyosatlarining samarali ishlashini ta’minlash, ularning raqobat muhitiga haddan tashqari ortiqcha ta’sir etishiga yo’l qo’ymaslik, shu bilan bir qatorda davlat siyosatlari orqali iqtisodiyotning barqarorligini mustahkamlash muhim ahamiyatli hisoblanadi. Mamlakatimizda davlatning iqtisodiyotdagi rolini minimallashtirish hamda uning iqtisodiy siyosatlari samaradorligini oshirish oldinga qo’yilgan asosiy vazifalardan sanaladi. Bu orqali xususiy sektorni rivojlantirish, qulay raqobat, biznes va investitsion muhitni shakllantirish mumkin bo`ladi; davlatning iqtisodiy muhitga salbiy ta’sirini minimallashtirgan holda iqtisodiy davrlarni tartibga solishga erishiladi. Bunda mamlakatimiz hukumati o’zining fundamental vazifalarini anglagan holda ularga mos ish ko`rishi, iqtisodiyotda faol xususiy investitsion muhitni qo`llab-quvvatlashi, bizneslar uchun adolatli qonuniy bazani yaratishi va unga qat’iy amal qilishi lozim. Bu borada chuqur islohotlar, chora-tadbirlar (masalan, davlat mulkini xususiylashtirish) olib borilmoqda. Ushbu shart-sharoitlarni hisobga olib, davlatning iqtisodiyotdagi rolini faol rivojlanayotgan davlatlar tajribalari misolida tahlil qilish, ularning kamchilik va ustun tomonlarini aniqlash va shularni hisobga olib xulosa va takliflar chiqarishimiz zarur.

Maqsad va vazifalari. Argentina misolida davlatning iqtisodiyotga aralashuvi oqibatlarini tahlil qilish kurs ishining asosiy maqsadi hisoblanadi. Uning vazifalari esa quyidagilar:

  1. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqidagi olimlarning qarashlarini tahlil qilish;

  2. Nazariy ma’lumotlarni tahlil qilish;

  3. Argentinada davlat aralashuvini “case study” usuli orqali tahlil qilish;

  4. Tahlillardan xulosa chiqarish.

Obyekt va predmetlari. Kurs ishining obyekti davlatning ma’muriy va iqtisodiy siyosatlari bo`lsa, predmeti esa davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi rolidir.

Adabiyotlar tahlili. Adam Smit o`zining asarida davlatning iqtisodiyotdagi rolini minimallashtirgan holda raqobatning qo`llab-quvvatlanishining ahamiyatini tahlil qilgan. Keyns talabga ta`sir etgan holda davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solinishining iqtisodiy rivojlanish bilan bog`liqligini o`rgangan. Fridmen monetar siyosatning davlatni iqtisodiyotga ta’siridagi tutgan rolini o`rgangan. Bundan tashqari Marks, Xayek va Veblen kabi olimlar bu borada izlanishlar olib borgan.

1-Bob. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli.

1.1. Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqidagi nazariya va qarashlar


Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko`p omilli ko`rsatkich bo`lib, bunda samaradorlikning erishilgan darajasi ko`p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog`liq. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish yo`li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish jarayonida davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg`unlashtirish orqali erilishiladi. Hozirgi davrda Respublikamizning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko`proq uchinchi yo`l xarakterli hisoblanadi.

Adam Smit


Jamiyatdagi mehnat taqsimoti odamlarni bir birlari bilan bog`lab turuvchi va ularga mahsulot va resurslarni almashtirish imkonini beruvchi mexanizm - bozorning bo`lishini taqozo etadi. Bozor to`g`risida Adam Smit ta'limotidagi asosiy g`oya iqtisodiy liberalizm g`oyasi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirish g`oyasi, erkin raqobat asosida tashkil topadigan baho yordamida iqtisodiyotning o`zini-o`zi boshqarish g`oyasi hisoblanadi. Uning ta'limotiga ko`ra, bozor odamlar faoliyatini muvofiqlash-tiradi, ularning manfaatlarini uyg`unlashtiradi. Bozor iqtisodiyoti novvoyni shirin non yopishga, bog`bonni ekologik toza meva-sabzavot yetishtirishga, savdogarlarni boshqa mintaqalardan arzon bahoga tovarlar olib kelishga undaydi. Raqobat sharoitida iste'molchilar ehtiyojini yuqori darajada qondira oladigan ishlab chiqaruvchilar yashab keta oladi. Demak, ko`proq foyda olish ishtiyoqida bo`lgan tadbirkorlarning bir tomonlama manfaatlari, ularni jamiyatning boshqa a'zolari manfaatlariga xizmat qilishga majbur qiladi.

Adam Smit kitobining asosiy mohiyati hukumatning va boshqalarning erkin raqobatga aralashuvini tanqid qilishdan iborat. Adam Smitning fikricha, agar erkin raqobat cheklanmasa, unda u dunyoni takomillashuvga olib keladi.

Adam Smit iqtisodiyotning davlat sektori samarasizligini ko`rsatib o`tadi. «Har xil sabablarga ko`ra, – deb yozadi u, – hukumat doimo va beistisno tarzda isrofgar. Eng avvalo, u birovlar ishlab topgan pulni sarflaydi, o`zgalar pulini esa hamisha o`zingnikidan ko`ra behuda sarflaysan. Bundan tashqari, hukumat xususiy korxonalardan juda uzoq turadi va ularning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo`lgan e'tiborni ularga qarata olmaydi». Adam Smit davlatning faqat uch funksiyasini tan oladi: adolatli sud qilish, mamlakat xavfsizligini ta'minlash, jamiyat uchun zarur bo`lgan ijtimoiy korxona va muassasalarni ta'minlash.

O`z manfaati yo`lida xizmat qilayotgan har bir odam pirovard natijada ijtimoiy mahsulotning ko`payishiga, jamiyat boyligining oshishiga yordam beradi. Shaxsiy manfaatga intilish ishlab chiqarishning rivojlanishiga, taraqqiyotga olib keladi. Har bir kishi o`zini o`ylab ish yuritadi, bundan butun jamiyat yutadi.

Adam Smit «ko`rinmas qo`l»ni bozor mexanizmi deb aytib o`tgan. U odamlarni o`z istak va xohishlariga bog`liq bo`lmagan holda maqsad sari yo`naltirib turadi. Masalan, agar qandaydir bir mahsulotga, aytaylik, nonga bo`lgan talab oshsa, novvoylar uning narxini oshiradilar. Ularning daromadlari oshadi. Kapital bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa oqib o`tib turadi, ayni chog`da, u non yopish sanoatiga oqib o`ta boshlaydi. Natijada, non ishlab chiqarish ko`payadi va narx yana pasaya boshlaydi. Bu yerda Adam Smit shaxsiy manfaatni raqobat va xo`jalik mexanizmining ichki harakatlantiruvchi kuchi sifatida ko`rsatib bergan.

Adam Smit davlatning iqtisodiy jarayonlariga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib-qoidalari milliy iste'molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga boj to`lovi milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlab qolinishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo`lgan milliy iste'molchilar yutqazadi.


Jon Meynard Keyns


1929–1933-yillardagi buyuk depressiya davri sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni larzaga soladi. 1929-yildan 1933-yilgacha АQShda ishsizlik darajasi 3 foizdan 25 foizgacha oshdi. 1941-yilga qadar u 14,3 foizdan (1937-yil) pastga tushmadi. 1937–1938-yillarda yangi iqtisodiy pasayish kuzatildi va u II Jahon urushiga kelib toʼxtatildi. Faqat 1942-yili ishsizlik darajasi 5 foizdan pastga tushdi. Yevropada ham inqiroz juda katta salbiy oqibatlarga olib keldi. Faol ish faoliyatining pasayishi, taxminan, 1929-yil avgust oyidan boshlandi, sentyabrdan esa u fond bozorida oʼzining salbiy taʼsirini koʼrsatdi. Oktyabrda fond bozori halokatga uchradi. Bu vaziyat bank vahimasiga, oʼz aktivining asosiy qismini qimmatli qogʼozlarda saqlab turgan banklarning ommaviy bankrotlikka uchrashiga olib keldi va natijada muomalada pul massasining keskin kamayishi kelib chiqdi. Bularning hammasi ish faoliyatining pasayishini ancha kuchaytirdi. Ishlab chiqarishning real hajmi keskin pasaydi.

Buyuk depressiya nafaqat erkin raqobatga va davlatning passiv roliga asoslangan eski iqtisodiy tizimni halokatga olib keldi, balki yangi klassik makroiqtisodiy nazariyani ham inqirozga uchratdi. Iqtisodiyotda vujudga kelgan bunday keskin vaziyat ommaviy ishsizlik, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari muammosini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatli vaziyatdan chiqish uchun keng qamrovli “umumiy nazariya” ishlab chiqarilishi zarurligini Keyns yaxshi tushungan. U iqtisodiyotni tartib solishning yangi nazariyasini yaratdi, unga koʼra bozor iqtisodiy munosabatlari takomillashgan, oʼzini-oʼzi tartiblovchi tizim hisoblanmaydi, faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi yuqori ish bilan bandlikni, iqtisodiy oʼsishni taʼminlashi mumkin.



Jon Meynard Keyns va uning izdoshlari tavsiya etgan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chora-tadbirlari iqtisodiyotda alohida yoʼnalish sifatida – keynschilik deb ataladi.

1929–1933-yillardagi buyuk depressiya davri klassiklarning bozor iqtisodiyoti oʼzini-oʼzi tartiblovchi iqtisodiyot degan gʼoyasi ayni sharoitda notoʼgʼri ekanligini koʼrsatdi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvining zarurligi va uning yordamida iqtisodiyotni tartibga soilsh mumkinligini Jon Meynard Keyns ilmiy jihatdan asoslab berdi. U oʼz tahlilining boshlangʼich nuqtasi qilib ish bilan bandlik muammosini tanladi. Chunki ishsizlik oʼsha paytda nihoyatda koʼpaygan edi. Keyns yuqori rivojlangan bozor iqtisodiyotida hayotiy zarur muammolar (shu jumladan ish bilan bandlik muammosi) yechimini taklifdan emas, balki talabdan qidirish kerak degan xulosaga keldi. Аynan isteʼmol buyumlariga va ishlab chiqarish resurslariga boʼlgan talabning kamligi bahoning pasayishini va taklifning qisqarishini keltirib chiqaradi, bu esa ish joylarining kamayishiga olib keladi. Аgar yalpi talab kamaysa, ishlab chiqarishning pasayishiga va mehnatga boʼlgan talabning qisqarishiga olib keladi. Buning natijasida majburiy ishsizlik vujudga keladi. Keyns oʼzining tadqiqotiga asoslangan holda davlat yordamida ishsizlikni kamaytirishning asosiy sharti sifatidagi ish haqini pasaytirishga yoʼl qoʼymaslikning zarurligini, shuningdek, insonning jamgʼarmaga boʼlgan moyilligi tufayli daromadlardan koʼra isteʼmolning ancha sekin oʼsishini tasdiqlab berdi.

Keyns taʼlimotidagi asosiy yutuqlardan biri shundan iboratki, unda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solib turishning zarurligi koʼrsatib berildi. Keyns ishsizlik va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari tasodifiy, oʼz-oʼzidan yuzaga keladigan hodisalar emas, balki bozor mexanizmi harakati tugʼdiradigan hodisalar ekanligini isbotlagani holda, birinchi marta iqtisodiyotni davlat tomonidan muntazam, uzluksiz ravishda tartibga solib turish zarurligini koʼrsatib beradi.

Keyns klassiklarning iqtisodiyotning oʼzini-oʼzi tartiblash mexanizmini tanqid qilib, bozor iqtisodiyotida bunday mexanizm amal qilmasligini, iqtisodiyotni davlat yordamida tartiblash mumkinligini koʼrsatib, «davlat isteʼmolga boʼlgan moyillikka oʼzining rahbarlik taʼsirini qisman tegishli soliq tizimi yoʼli bilan, qisman foiz meʼyorini belgilash yoʼli bilan va ehtimol, boshqa usullar bilan oʼtkazishi lozim boʼladi», deb yozadi.

Keynsning fikriga koʼra, iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartiblanishining samaradorligi davlat investitsiyalari yordamida vositalarni qidirishga, aholining toʼla ish bilan bandligiga erishishga, foiz meʼyorini pasaytirish va belgilashga bogʼliq. Uning taʼkidlashicha, davlat investitsiyalari ular yetishmay qolgan sharoitda qoʼshimcha pul chiqarish bilan kafolatlanishi (byudjet kamomadidan qoʼrqmagan holda) kerak, kamomad esa ish bilan bandlikning oʼsishi va foiz meʼyorining pasayishi bilan bartaraf etiladi. Boshqacha aytganda, Keyns konsepsiyasi boʼyicha, ssuda foizi qancha past boʼlsa, investitsiyalarga boʼlgan qiziqish shuncha yuqori boʼladi, bu, oʼz navbatida, ish bilan bandlikni oshiradi, ishsizlikni tugatishga olib keladi.

Milton Fridmen


Bozor mexanizmi ustunligiga asoslangan Fridmen nazariyasiga koʼra, erkinlik va xususiy tadbirkorlik oʼrtasida ichki bogʼliqlik mavjud. Faqat xoʼjalik erkinligi sharoitida siyosiy erkinlikka, iqtisodiy samaradorlikka va tenglikka erishish mumkin. Davlatning xoʼjalik jarayonlarga aralashuvi iqtisodiyotning oʼzini-oʼzi tartiblash tizimini buzishga olib keladi. Shuning uchun davlat pul va ishlab chiqarish barqarorligini taʼminlagan holda, pul muomalasini nazorat qilish bilan cheklanmogʼi lozim.

Milton Fridmen va uning tarafdorlari qo’llab-quvvatlagan asosiy qoidalar:

Birinchi qoida – bozor xoʼjaligining barqarorligini tan olish. Monetaristlar fikricha, bozor iqtisodiyoti oʼzining ichki xususiyatiga koʼra barqarorlikka, oʼzini oʼzi tartiblashga intiladi. Bozor raqobati tizimi mustahkam barqarorlikni taʼminlaydi. Mabodo muvozanat buzilsa, baholar uni tuzatishning bosh vositasi boʼlib xizmat qiladi. Nomutanosibliklarning vujudga kelishi, odatda, ichki sabablar natijasida emas, balki tashqaridan boʼladigan aralashuvlar, davlat tartiblashidagi xatolar natijasi hisoblanadi. Bozor xoʼjaligining barqarorligi toʼgʼrisidagi ushbu qoida Keynsning iqtisodiyotga davlat aralashuvining zarurligi toʼgʼrisidagi tasdigʼiga qarshi qaratilgandir.

Ikkinchi qoida – pul omilining muhimligi. Iqtisodiyotga taʼsir koʼrsatuvchi turli dastaklar ichida pul dastaklari ustun qoʼyiladi. Аynan ular iqtisodiyotni aʼlo darajada barqarorlashtirishga qodir.



Аgar Keyns byudjet siyosatini ancha aniq, tezkor va natijasini oldindan bilish mumkin boʼlgan dastaklar sifatida baholagan boʼlsa, Fridmen undan farqli ravishda, pul-kredit siyosatini ana shunday tavsiflaydi. Fridmenning fikricha pul–kredit siyosati iqtisodiy faollikni ancha kuchaytiradi. U pulni ishlab chiqarish, ish bilan bandlik va baholarni aniqlashda yagona bosh omil sifatida qaraydi[Asa141].

Fridmen va Keyns yondashuvlari o’rtasidagi ba’zi farqlar: (1-jadval)

Keyns

Fridmen

Davlatning bozor xo'jaligiga aralashuvi zarur

Bozor o`zini o`zi tartiblashga qodir

Ish bilan bandlik yalpi talabga bog'liq

Iqtisodiyotning o`zi ishlab chiqarish va ish bilan bandlik darajasini o`rnatadi

Pul massasi ishlab chiqarishga nisbatan xolis

Pul massasi - baholarning o`sishi va konyukturaning o`zgarishi sababchisi

Asosiy muammo – ishsizlik

Asosiy muammo – inflyatsiya

O`zgaruvchan pul siyosati lozim

Barqaror pul siyosati zarur

Byudjet kamomadi - talabni rag`batlantirish vositasi

Byudjet kamomadi - inflyatsiya sababchisi

Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi holatlar orqali izohlanadi. Birinchidan, davlat milliy iqtisodiyotda o`zini o`zi bozor vositasida tartibga solish orqali bajarish mumkin bo`lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo`lmaydigan vazifalarni oladi. Bular qatoriga mudofaani ta'minlash, mamlakatda ichki tartibni saqlash va aholining kam ta'minlangan qismini ijtimoiy himoyalash kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste'molning xususiy tavsifi bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug`diradi. Bu oqibatlar bevosita uchinchi shaxs manfaatida aks etib, kishilarning alohida guruhi va umuman jamiyat manfaatiga ta'sir qiladi. Masalan, chigitli texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlarda tozalash qurilmalariga xarajatlarni tejash, xususiy ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan foydali; atrof muhitning ifloslanishiga olib kelishi esa jamiyatning boshqa a’zolari uchun qo`shimcha salbiy oqibatga ega. Davlat jamiyat manfaatini ifodalab, qo`shimcha ijobiy samarani rag`batlantirishga va aksincha salbiy samara bilan bog`liq faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat qilishi zarur. Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi shu sababli ro`y beradiki, individual iste’molchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste’mol qilishning oqibatlarini obyektiv baholay olmaydilar. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste’molni kengaytirish va aksincha sog`liqqa salbiy ta’sir ko`rsatuvchi tovarlar iste'molini cheklash vazifasini o`z zimmasiga oladi. Masalan, davlat tamaki mahsulotlari uchun yuqori aksiz (egri) solig`i o`rnatib, bir tomondan o`zining daromadini oshirsa, boshqa tomondan shu mahsulotga bo`lgan talabni cheklaydi. To`rtinchidan, davlat bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman yengillashtirish vazifasini o`z zimmasiga oladi. Bozor hamma uchun to`lovga qobil talabni qondirishga teng imkoniyatni ta'minlaydi. Ammo bu bozor mexanizmining milliy boylikni ijtimoiy - adolatli taqsimlashini anglatmaydi. Bunday sharoitda davlat aholi kam ta'minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g`amxo`rlik qilish, bepul (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat ko`rsatish va shu kabilarni o`z zimmasiga oladi. Beshinchidan, hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi.

Download 125,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish