6 - Mavzu: JINOYaTNING OBYEKTIV TOMONI
6.1. Jinoyatning obyektiv tomoni tushunchasi va uning belgilari.
Jinoyatning obyektiv tomoni deb - sodir qilingan ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomoni xususiyatlarini ifodalovchi qonun tomonidan o’rnatilgan belgilar majmuiga aytiladi. Ya’ni jinoyat sodir qilishning usul va yo’llarini nazarda tutuvchi belgilar yig`indisi tushuniladi.
Odatda ushbu belgilar JK Maxsus qism moddalari dispozistiyasida ko’rsatilgan bo’ladi.
Obyektiv tomon - JK Maxsus qism har bir moddasining dispozistiyasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida ko’rsatiladi.
Jinoyat tarkibi obyektiv tomoni odatda, jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar etkazadigan yoki shunday zarar etkazish real xavfini vujudga keltiradigan qilmish (harakat yoki harakasizlik)ni ifodalaydi.
Jinoyat obyektiv tomonining belgilari ikkita asosiy guruhga ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |