Jinoiy javobgarlik asosi deganda – shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish uchun isbotlanishi lozim bo’lgan holatlar majmui tushuniladi.
Jinoiy javobgarlik asosini - sodir qilingan qilmishda JKda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjudligi jinoiy javobgarlik asosini tashkil qiladi.
4 – Mavzu: JINOYaT TARKIBI
4.1. Jinoyat tarkibi tushunchasi va uning o’ziga xos xususiyatlari.
Jinoyat tarkibi deb - jinoyat huquqida sodir etilgan aniq bir ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb baholash uchun zarur bo’lgan obyektiv va subyektiv belgilarning minimal yig`indisiga aytiladi.
Bu belgilar jinoyat qonuni Maxsus qism normalarida mustahkamlanganligi bois, u yoki bu ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat deb baholanmog`i uchun zaruriy belgi bo’lib hisoblanadi.
Jinoyat tarkibining "tarkib" deb nomlanishining asosiy sababi shundaki, unda jinoyatning obyekti, obyektiv tomoni, subyekti va subyektiv tomoni degan tushunchalar (elementlar) bir butun holda mujassamlashganligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |