20 – Mavzu.TIBBIY YO’SINDAGI MAJBURLOV ChORALARI
20.1. Tibbiy yo’sindagi majburlov choralari tushunchasi va maqsadi.
Tibbiy yo’sindagi majburlov choralari deb - sud psixiatriya ekspertizasi xulosasiga asoslangan holda muayyan ruhiy kasalikka chalingan va JKning Maxsus qismida ko’rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmishlardan birini sodir etgan, shuningdek, alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxslarga nisbatan sud hukmi yoki ajrimi bilan qo’llaniladigan, majburiy ruhiy davolashga aytiladi.
Ruhiy kasallik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini qo’llashdan maqsad:
- ularni davolash;
- ularning yangi ijtimoiy xavfli harakatlar sodir etishlarining oldini olish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |