Sifat ko’rsatkichi - quyidagi harakatlarni sodir etilishini anglatadi. Ular:
- jinoyat ishtirokchilarining har biri o’ziga yuklatilgan vazifani (ayni bir jinoyatning obyektiv tomonini tashkil qiluvchi harakatlarni to’la yoki qisman) sodir etishlarini nazarda tutishi;
- ishtirokchilardan birining sodir etgan qilmishi ikkinchisining sodir etishi lozim bo’lgan harakatlari uchun sharoit yaratib berishi;
- umumiy ko’rinishdagi ijtimoiy xavfli oqibatning kelib chiqishi (moddiy tarkibli jinoyatlarda) barcha ishtirokchilarning birgalikdagi harakatlari mahsuli sifatida gavdalanishi;
- birgalikdagi harakat va umumiy oqibat o’rtasidagi sababiy bog`lanishning mavjud bo’lishligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |