Subyektiv belgisini esa - jinoyatga suiqasd faqatgina, to’g`ri qasddan sodir etiladigan jinoyalarda mavjud bo’lishida ifodalanadi.
Ya’ni shaxs sodir etayotgan ijtimoiy xavfli qilmishi jinoyat sodir etishga qaratilganligini anglaydi, jinoyati qanday xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko’za etadi va shunday oqibatlar keltirib chiqarishini istab turib tajovuz qiladi, bu moddiy tarkibili jinoyatlarda kuzatiladi.
Formal tarkibli jinoyatlarda esa - shaxs jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatini istab sodir qilishi tushuniladi.
- moddiy tarkibli jinoyatlarda suiqasd - shaxsning o’ylagan ijtimoiy xavfli oqibati kelib chiqmasligida ifodalansa;
- formal tarkibli jinoyatlarda esa - shaxs qilishi lozim bo’lgan harakatlarini to’liq bajara olmasligida ifodalanadi.
Jinoyat huquqi suiqasdni bir necha turlarga bo’lib o’rganadi. Ular:
№
|
Suiqasd turlari
|
1.
|
Suiqasdni amalga oshirilganlik darajasiga ko’ra
|
tamom bo’lmagan suiqasd;
|
tamom bo’lgan suiqasd.
|
2.
|
Suiqasdni yaroqlilik darajasiga ko’ra
|
Yaroqsiz obyektga nisbatan;
|
yaroqsiz vositalar bilan.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |