Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi - quyidagi shaxslarga:
- ayollarga;
- o’n sakkiz yoshga to’lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga;
- oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanmaydi.
13.11. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi deb - favqulodda jazo chorasi bo’lib, hayot yoki jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan o’ta og`ir jinoyatlar sodir etganlik uchun mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratishdan iborat bo’lgan jazo turiga aytiladi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqatgina:
- javobgarlikni og`irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o’ldirganlik (JK 97-moddasi 2-qismi);
- terrorizm (JK 155-moddasi 3-qismi)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik uchungina tayinlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |