Miqdor ko’rsatkichli eksstessda esa - bajaruvchi boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olingan jinoyatni sodir qiladi, lekin uning oqibati boshqa ishtirokchilar o’ylaganidan ko’ra og`irroq bo’ladi (masalan: ishtirokchilar jabrlanuvchini qo’rqitib qo’yish maqsadida engil tan jarohati etkazishni kelishib olishadi, bajaruvchi jabrlanuvchiga og`ir tan jarohati etkazadi).
Ushbu ikki ko’rinishdagi eksstessda ham - bajaruvchi o’zi sodir etgan qilmishi uchun faqat o’zigina javobgar bo’ladi. Qolgan ishtirokchilarning harakatlari esa - qasd qilingan jinoyatga nisbatan suiqasd qilish yoki tugallangan jinoyat deb kvalifikastiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |