Masalalar paneli. Ish stolining oxirgi satri masalalar paneli deb ataladi va unda ishlayotgan masalalar aks ettiriladi. Birorta dastur ishga tushirilishi bilan masalalar panelida uning nomi yozilgan tugma paydo bo’ladi. Tugmaning nomi 2 qismdan iborat bo’ladi: dastur nomi va shu dastur yordamida tahrir qilinayotgan hujjat nomi. Masalalar panelining chap burchagida Пуск tugmasi joylashgan. Bu tugma Windows OT ning bosh menyusiga kirishni ta’minlaydi. Agar sichqoncha ko’rsatkichini shu tugma ustiga joylashtirsak “Ishni shu tugmani bosishdan boshlang” degan yozuv paydo bo’ladi. Masalalar panelida rus, ingliz va boshqa alifbo, hamda vaqtni ko’rsatuvchi tugmalar(indikatorlar) mavjud.
Microsoft Word dasturi haqida tushuncha
Microsoft Word matn muharriri “Microsoft Office”dagi amaliy dasturlardan biri hisoblanib, uni ishga tushirishning bir necha xil yo`llari bor. Biz foydalanuvchiga asosiy standart usullarni keltiramiz:
Masalalar panelidagi “Пуск” (Ishga tushirish) tugmachasini bosish orqali;
Sichqonchaning ko`rsatkichini “Программы” (Dasturlar) bandiga etish orqali;
So`ngra, “Microsoft Word”ni tanlab, sichqonchani chap tugmachasini bosish kerak.
MS Wordni Masalalar panelidan ishga tushirish o`rniga foydalanuvchi Windows operatsion tizimining “Рабочий стол” (Ish stoli)da MS Word uchun yorliq yaratishi va shu yorliq orqali MS Word matn muharririni yuklashi ya’ni ishga tushirishi mumkin.
Buning uchun quyidagi bosqichlarni bajarish lozimdir:
Ish stolining bo`sh maydoniga borib, sichqonchaning o`ng tugmachasi yordamida kontekst menyuni ochish;
yorliq yaratish muloqat oynasidan “Obzor” tugmachasini bosish kerak;
“Program Files /Microsoft Office” papkasiga o`tish kerak;
“Microsoft Word” bandini belgilanadi hamda “Открыть” (Ochish) buyruqni tanlanadi. So`ngra “Далее” (So`ngra) tugmachasini bosib, yorliqning nomini kiritiladi;
“Готово” (Tayyor) tugmachasi bosiladi.
Paydo bo`lgan yorliq MS Word matn muharririni tez ishga tushirish imkonini yaratadi.
Yana foydalanuvchi “Пуск” (Ishga tushirish) menyusidan “Открыть документ Office” (Office hujjatini ochish) buyrug`ini tanlab, doimiy xotirada mavjud bo`lgan kerakli hujjatni ishga tushirishi mumkin.
Shu bilan bir qatorda foydalanuvchi yana “Пуск” (Ishga tushirish) menyusidan “Создать документ Office” (Office hujjatini yaratish) buyrug`ini tanlasa, “Создать документ Office” (Office hujjatini yaratish) muloqat oynasi ochiladi va unda hujjat ko`rinishini tanlanadi va [OK] tugmasini bosish kerak bo`ladi. Agar Windows “Рабочий стол” (Ish stoli)da “Microsoft Office” paneli mavjud bo`lsa, unda “Microsoft Office” panelida joylashgan belgini foydalanuvchi tanlashi mumkin. MS Word ishga tushgandan so`ng, ekranda quyidagi oyna paydo bo`ladi.