Zbekiston respublikasi qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.12.2019
Hajmi1,38 Mb.
#29199
  1   2   3
Bog'liq
musulmonov-a.r


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI 

TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI 

MUHANDISLIK QURILISH INFRASTRUKTURASI FAKULЬTETI 

 

“Geodeziya va kadastr” kafedrasi 

 

 

“Himoyaga ruxsat etildi” 



MQIF dekani 

dots. S.M. Narbaev 

“____”________2018 y. 

 

5311500 – “Geodeziya, kartografiya va kadastr” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr 



darajasini olish uchun bajarilgan diplom loyihasi  

 

TUSHUNTIRISH XATI 

 

 



Diplom loyihasining mavzusi: “O’zbekiston Respublikasi hududida ekalogiya va 

atrof muhitni muhofaza qilishni monitoring qilish maqsadida maxsus 

geoma’lumotlar bazasini yaratish.” 

 

 



Tushuntirish xati  - bet  

Chizmalar slayd shaklida  

taqdim etiladi. 

 

 



 

Loyiha   muallifi 43b-14 GKK 



Musulmonov Anvar Ro’ziboy o’g’li __________ 

Loyiha rahbari:  

katta o‘qituvchi Avezboev O.S.___________ 

 

 



 

“G va K” kafedrasi “____”_____2018 y. №___bayonnomasi  

bilan “himoyaga tavsiya etilgan” 

kaf. mudiri _____________M.B.Xamidova 

 

 

 



 

 

 



Toshkent 2018 y. 

TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI 

MUXANDISLIK QURILISH INFRASTRUKTURASI FAKULTETI 

“Geodeziya va kadastr ” kafedrasi 

Yo‘nalish: 5311500- “Geodeziya, kartografiya va kadastr” 

 

“TASDIQLAYMAN” 

Kafedra mudiri ________ 

 “___”__________20__ yil. 

 

DIPLOM LOYIHASI BO‘YICHA TOPSHIRIQ 

Talaba: Musulmonov Anvar Ro’ziboy o’g’li 

1.  Diplom loyihasining mavzusi:  “O’zbekiston Respublikasi hududida 

ekalogiya va atrof muhitni muhofaza qilishni monitoring qilish maqsadida 

maxsus geoma’lumotlar bazasini yaratish.” 

2.  Rektorning 16.12.2017 yil. 5/41 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. 

2.Bitiruv ishini old himoyaga taqdim etish muddati ________________. 

3. Mavzu bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar beruvchi adabiyotlar ro‘yxati: 

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 sentyabrdagi “Milliy 

geografik axborot tizimini yaratish investisiya loyihasini amalga oshirish chora-

tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2045 sonli qarori. 

2. T.X.Boltaev va boshqalar. Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari. O’quv 

qo’llanma. Tashkent. “Iqtisod-Moliya”. 2016y. 

3. Avezbaev S., AvezbaevO.S. Geoma’lumotlar bazasi va uning arxitekturasi. O‘quv 

qo‘llanma. Toshkent. “Iqtisod-Moliya”. 2016y. 

4. M. Zeiler.  Modeling Our World: The ESRI Guide to Geodatabase Design, ESRI 

Press, 2010. 



4. Diplom loyihasining maqsadi va hal qilinadigan masalalar: O’zbekiston 

Respublikasi 

hududida 

 ekologiya va atrof-muhitni qilish sohasida davlat 

kadastrini yuritish, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni, yovvoyi o’simliklarni 


ko’paytirish va saqlash pitomniklarini, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning 

davlat hisobini yuritish maqsadida mahsus geoma’lumotlar bazasini tuzish.

”  

Unda quyidagi masalalar echilishi ko’zda tutilgan. Atrof muhitni muhofaza etish 

uchun umumiy tushinchalar, Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar mazmun 

mohiyati,  Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni yuritish tartibi,  GAT 

texnologiyalarini o’rni va ahamiyati, Atrof muhitni muhofaza etish uchun 

ma’lumotlar bazasini yaratishda geografik axborot tizimlarining strukturasi, GAT 

ma’lumotlar bazasini yaratishda sodir bo’ladigan xatoliklarning oldini olish usullari, 

Ma’lumotlar bazasini boshqarishda geografik axborot tizimining o’rni, 

METH 


geoma’lumotlar bazasidagi fazoviy ob’yektlar sinflarini modellashtirish, 

Jadvallarni ulash va bog’lash, 

Ma’lumotlarni kartada aks ettirish usullari, 

GAT yordamida muammolar yechimini topish. Fazoviy tahlil jarayoni. kabi 

masalalarni yoritish ko‘zda tutilgan. 

5. Grafik qism materiallar ro‘yxati: 

1.  METHlar chegaralarini shakl-tasviri. 

2. METHlar kartasiga MB tasvirlash. 

3. Geoma`lumotlar bazasini shakillantirish sxemasi. 



6.  Diplom loyihasini bajarish rejasi: 

 

№ Bosqichlar 

nomi 

Bajarish 



muddati 

Bajarilganlik 

belgisi (rahbar 

imzosi) 


1.  Ob’yekt joylashgan hudud tavsifi. 

 

 



2. Geoaxborot 

tizimining me’yoriy va huquqiy 

asoslari. 

 

 



3.  METH geoma’lumotlar bazasini loyihalash. 

 

 



4.  METH geoma’lumotlar bazasini arcgis dasturi 

yordamida yaratish. 

 

 

5. 



 

Diplom loyihasiining matn va grafik qismini 

rasmiylashtirish. 

 

 



6  Diplom loyihasi bo‘yicha taqdimotni tayyorlash. 

 

 



 

Diplom loyihasi  rahbari:      Katta o‘qituvchi Avezboev O.S..

________________

 

Topshiriqni bajarishga oldim  _________________   “___”__________20__yil 



 

MUNDARIJA 

KIRISH. 

I BOB EKOLOGIK MAQSADLARDA MUHOFAZA ETILADIGAN 

HUDUDLAR MOHIYATI. 

1.1.  Atrof muhitni muhofaza etish uchun umumiy tushinchalar  

 

1.2.  Ekologik maqsadlarda muhofaza etiladigan hududlar mazmun mohiyati.   



1.3.  Ekologik maqsadlarda alohida muhofaza etiladigan hududlar yuritish 

tartibi 


 

II BOB ATROF MUHITNI MUHOFAZA ETISH VA YURITISHDA 

UCHUN GAT MA’LUMOTLAR BAZASI XUSUSIYATLARI. 

2.1. GAT 

texnologiyalarini o’rni va ahamiyati 

 

2.2.  Atrof muhitni muhofaza etish uchun ma’lumotlar bazasini yaratishda 



geografik axborot tizimlarining strukturasi. 

 

2.3.  GAT ma’lumotlar bazasini yaratishda sodir bo’ladigan xatoliklarning 



oldini olish usullari. 

 

2.4. Ma’lumotlar 



bazasini boshqarishda geografik axborot tizimining o’rni. 

 

III BOB MUXOFAZA ETILADIGANTABIIY HUDUDLAR (METH) 



GEOMA`LUMOTLAR BAZASINI LOYIHALASH. 

3.1.  METH geoma’lumotlar bazasidagi fazoviy ob’yektlar sinflarini 

modellashtirish 

 

3.2. Jadvallarni 



ulash va bog’lash 

 

3.3. Ma’lumotlarni 



kartada aks ettirish usullari 

 

3.4.  GAT yordamida muammolar yechimini topish. Fazoviy tahlil jarayoni 



 

IV BOBMehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi. 

4.1.


  METHlarni yurituvchi korxonalarida mehnat muhofazasining tutgan 

o‘rni. 


 

4.2.


 Sanitariya-gigiena 

qoidalari. 

 

 Xulosa 


 

 Foydalanilgan 

adabiyotlar 

 

 Ilovalar 



 

 

 



 

 


K I R I SH 

Ekologik muammolar XXI asrning eng dolzarb muammolari bo‘lib qoldi. 

Insoniyat, hayvonot dunyosi va o‘simliklarning kundalik hayoti bevosita atrof-muhit 

bilan o‘zaro munosabatiga bog‘liq. Ma’lumki, manzarali o‘simliklardan ko‘chalar, 

xiyobonlar, istirohat bog‘lari hamda hovlilarni ko‘kalamzorlashtirishda keng 

foydalaniladi. Bunday o‘simliklar orasida daraxtlar alohida ahamiyat kasb etadi. 

Ular nafaqat kislorod manbayi, balki, muhit mikroiqlimini mo‘tadillashtirishda 

asosiy o‘rinni egallaydi. O‘zbekiston iqtisodiyotida ro‘y berayotgan tarmoq 

o‘zgarishlari tabiiy resurslardan foydalanish darajasi o‘z-o‘zidan atrof, tabiiy muhit 

ifloslanishi masalasini ham chuqurroq tahlil etishni taqozo etadi. Atrof-muhitga eng 

ko‘p ta’sir etuvchi sanoat tarmoqlariga metallurgiya majmualari, elektr energetikasi, 

yoqilg‘i va kimyo sanoati kiradi.  

O'zbekiston Respublikasi Vaziriar Mahkamasining 2013-yil 27- maydagi 

142-sonli «2013-2017-yiJlarda O'zbekiston Rcspublikasida atrof-muhit muliofazasi 

bo'yicha harakatlar Dasturi»ga asosan, 2013-2017-yillar davomida geografik 

axborot tizimlarini (GAT texnologiyalarini) qo'llagan holda atrof tabiiy muliit holati 

davlal monitoringining integratsiyalashgan axborot bazasini taslikil etisli 

rejalashtirilgan. Asosiy kutilayotgaii natijalarga muvofiq GAT texnologiyalarini 

tatbiq etish orqali atrof tabiiy muhit holati davlat monitoringining axborot bazasini 

rivojlantirish ko'zda tutilgan. Shu mac|- sadlai uchun Davlat tabiatni muhofaza qilish 

qo'mitasi huzuridaci Respublika tabiatni muhofaza qilish jamg'armasi tomonidan 

200,0 mln. so'm moliyalashtirish mablag'lari ajratilgan. 

jarayonlardan xoli bo'la olmaydi. Shu boisdan ham xalqaio standartlarga mos 

keladigan axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat 

hayotining barcha sohalaridii zamonaviy axborot texnologiyaiarini, kompyuter 

texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishdajoriy etish liamda 

ulardan foydalanish, fuqarolaming axborotga bo'lgan ehtiyojlariin yanada to'liqroq 

qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kmsli uchun qulay shart-sharoitlarni 

yaratish. davlat boshqaruvi organlan faoliyatida ochiqlikni ta'minlash, 


marpkrKatimizda taraqqiyotning milliy xususiyaflarini inobatga^etgan holda 

bosqichma-bosqiili "Elektron hukumat" tizimiga crtish jamiyatimiz oldida turgan 

eny, dolzarb vazifalardan biridir. 

Jahon hamjamiyati globallashuv va integratsiyalashuv asriga lldam qadarn 

qo'ynioqda. Darhaqiqat. insoniyat tarixida tamomila yiingi bo'lgan tez 

o'zgaruvchan jarayonlar hukmron bo'lgan davr Iwslilandi. Mazkur davr o'zining 

keng qamrovliligi, yoshlarning lit'lim-tarbiyasiga ta'sir ko'rsata olishi, axborot 

sohasida katta O'Bgarishlai boshlab berayotganligi bilan ajralib tm-adi. Mamlaka- 

nmiz ham xalqaro hamjamiyatning ajralmas qismi sifatida mazkur 

Ushbu dastur atrof-muhit holatining kafolatlangan sifatli dara- jasiga erishish 

borasidagi chora-tadbirlar majmuyini amalga oshirish, tabiiy resurslardan oqilona 

foydalanish, tabiatdan foydalanish boshqaruvini takomillashtirish va samarali 

iqtisodiy usullarini tatbiq qilish. atrof-muhit ustuvorligini hisobga olgan holda 

iqtisodiyot tar- moqlarini rivojlantirish, mamlakatning barqaror rivojlatiishiga, 

eko- logik ilm-fanni olg'a surishga hamda barqaror rivojlanish maqsad- laridagi 

ta'limni joriy qilish, ekologik bilimlarni keng targ'ib qilish, shuningdek, ekologik 

madaniyatni oshirishga yordam beradigan shart-sharoitlami yaratish maqsadida 

ishlab chiqilgan, Tizimiga o’tish jarayonida zamonaviy geoaxborot tizimlaridan 

unumli foydalanish 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


I BOB MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR MOHIYATI. 

1.1 Atrof muhitni muhofaza etish uchun umumiy tushinchalar  

Konstitutsiyamizda belgilangan atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq 

qoidalar jamiyat hayotining barcha sohalariga izchil joriy etilayotgani aholi 

farovonligi va salomatligi, ekotizimlar va atrof-muhit barqarorligini ta’minlashda 

muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. Mamlakatimizda mazkur sohadagi 

munosabatlarning huquqiy asoslari yaratilgan bo‘lib, ular o‘ttizdan ziyod qonunlar 

bilan tartibga solinmoqda. Mazkur qonunlarda tabiatni muhofaza qilish, tabiiy 

resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash 

bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarning mazmun-mohiyati, tabiiy resurslarning 

huquqiy holati, ushbu sohada yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari, 

majburiyatlari belgilab qo‘yilgan. – Aholining ekologik madaniyatini oshirish, 

ekologik ta’limni rivojlantirish, atrof-muhit barqarorligiga xavf solayotgan 

muammolarni bartaraf etish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda va

 

qo‘mita 



tarkibida hududlarda o‘z bo‘linmalariga ega bo‘lgan tabiy sharoitni yaxshilash 

nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etildi.

 

Davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari huzurida shahar va tumanlarda 



o‘z filiallariga ega bo‘lgan «Toza hudud» davlat unitar korxonalari tashkil etiladi, 

bunda atrof muxitni yaxshilash va salbiy tasir ko’rsatuvch omillarni oldini olish 

uchun bajariladiga ishlarni ma`lumotlar bazasi yaratilgan bo’lib shu asosda ishlar 

olib borilmoqda. Muxofaza etiladigan tabiiy hududlar O’zbekiston hududida 1926 

yil Jizzax viloyatida G'o'ralas tog'-archa qo'riqxonasining ta’sis etilishi bilan 

boshlanadi. Keyinchalik, ya’ni 1960 yilda mazkur qo'riqxona Zomin tog'-o'rmon 

davlat qo'riqxonasiga qayta nomlanadi. Mazkur qo'riqxonaning asosiy muhofaza 

ob’yektlari bo'lib yuqori tog' archa tizimlari hisoblanadi bu obyektlarni hali 

ma’lumotlar bazasi yaratilgani yo’q faqatgina yovvoyi hayvonlar va o’simliklarni 

juda kam miqdordagi turlari hujjat shaklida kiritilgan . O'zbekiston Respublikasining 

Qizil Kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro uyushmasiga kiritilgan, 

xususan, turkiston silovsini, ilvirs (tog' qoploni), qora laylak, burgut, oq boshli 

qumoy va boshqa fauna vakillari yashaydi. O’zbekiston hududida yana bir tabiiy 


sharoitga salbiy ta`sir ko’rsatayo orol bo’yi mintaqasini yaxshilash bo’yicha 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 29 avgustdagi 255-sonli 

qarori bilan "2015-2018 yillarda Orolbo'yi mintaqasini tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirish, Orol halokatining oqibatlarini yengillashtirish borasidagi chora-

tadbirlar Kompleks dasturi" qabul qilindi. Mazkur hujjat bilan Orolbo'yi hududida 

yangi qo'riqxonalar, tabiat bog'larini tashkil etish ko'zda tutilgan. yaqin istiqbolda 

Orolbo'yi tabiat boyliklarini muhofaza qilish bo'yicha 5 ta tabiat klasterlarini 

yaratish rejalashtirilgan. Bular umumiy maydoni 1,42 mln.gektar bo'lgan "Janubiy 

Ustyurt" milliy bog'i, 1,1 mln.gektar bo'lgan "Markaziy Qizilqum" milliy bog'i, 

"Orolbo'yi buyurtmaxonalari" tabiat kompleksi, "Kuljuktau" buyurtmaxonalaridir. 

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sifatida O'zbekistonda ayni vaqtda 8 ta davlat 

qo'riqxonalari, 2 ta milliy bog', 1 ta ekomarkaz, 1 ta biosfera rezervati, 10 ta davlat 

buyurtmaxonalari, 5 ta tabiat yodgorligi hududlari faoliyat ko'rsatmoqda. Bu 

hududlarda milliy hamda xalqaro "Qizil kitob"larga kiritilgan, yo'qolish ehtimoli 

bo'lgan nabodot va hayvonot turlari davlat muhofazasiga olingan.  

O’zbekiston Respublikasining «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 

to’g’risida»gi Qonuni va  Vazirlar Mahkamasining «2013 — 2017 yillarda 

O’zbekiston Respublikasida atrof muhit muhofazasi bo’yicha harakatlar dasturi 

to’g’risida» 2013 yil 27 maydagi 142-son qaroriga muvofiq  hamda  Ustyurt 

(platosining) tekisligining noyob biologik xilma-xilligini ishonchli muhofaza qilish 

maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi va ma`lumotlar bazasini shakillantirib 

boshlandi.  

Mazkur tizimda davlat tabiat qo'riqxonalari asosiy o'rinni egallaydi. 

O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat qo'riqxonalari hududlari 

qat’iy muhofaza rejimi ostida bo'lib, unda yil davomida yovvoyi tabiatni muhofaza 

qilish borasida kuzatuvlar olib boriladi. Qo'riqxonalarning asosiy maqsadi qimmatli 

tabiiy ob’yektlar, landshaftlar, noyob va qimmatli o'simliklar hamda hayvonlarning 

irsiy fondini saqlab qolishdir. Bugungi kunda qo'riqxonalarda faoliyat olib 

borayotgan mutaxassislar aholi o'rtasida muhofaza etiladigan yovvoyi tabiat 

boyliklarining muhimligini anglash, Yer yuzidagi hayotni saqlashda muhofaza 



etiladigan tabiiy hududlarning o'rni bilan bog'liq keng targ'ibot-tashviqot ishlarini 

olib borishga da’vat etilgan. 

Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda O'zbekistonda bioxilma-xillikni saqlash 

hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish sohasida qator 

xalqaro loyihalar amalga oshirilayotganligi e’tirof etildi. Bunday loyihalarga 

"Qo'riqxonalar misolida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy tizimi 

barqarorligini ta’minlash", "O'zbekiston neft va gaz tarmog'iga bioxilma-xillikni 

saqlash tamoyillarini joriy qilish", "2011-2020 yillarda O'zbekistonda Biologik 

xilma-xillik to'g'risidagi Konvensiyaning Strategik rejasini amalga oshirishda 

qo'llab-quvvatlash uchun biologik xilma-xillik sohasida milliy rejalashtirish" va 

boshqalar kiradi.  

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va 

ulardan foydalanish sohasidagi tadbirlar sababli mahalliy davlat hokimiyati 

organlari, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organlari, jamoatchilik 

tashkilotlarining hamkorlikdagi faoliyatlari respublikaning muhofaza etiladigan 

tabiiy hududlarining yagona o'zaro bog'liqlik tizimini tashkil etishi lozim. 

Ta’kidlanganidek, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni nazorat qilish, 

muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy bazani 

takomillashtirish maqsadida 2014 yilda qator normativ-huquqiy hujjatlarga, 

xususan, biosfera rezervatlarini muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ro'yxatiga 

kiritishni ko'zda tutuvchi "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida", "Muhofaza 

etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida"gi Qonunlarga, shuningdek, o'simlik va 

hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish borasidagi chora-tadbirlarni 

takomillashtirishni o'z ichiga oluvchi "O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan 

foydalanish to'g'risida", "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish 

to'g'risida"  Qonunlarga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi.  



1.2.  Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar mazmun mohiyati. 

Fan texnika sohasida ro'y bergan inqilobiy o'zgarishlar va sanoat va 

transportning tez o'sishi, aholining ko’payib borishi, shaharlarning kengaya borishi, 


shaharlar ta'sirining orta borishi, qishloq xo'jaligida kimyolashtirishning kuchli 

ta'siri va boshqa hollar, bir tomondan tabiiy resurslardan ko’proq foydalanishga olib 

kelsa, ikkinchi tomondan atrof muhitga salbiy ta'sirlarini ortishiga olib keladi. 

Ammo modellashtirish yangi rivojlanayotgan uslublardan hisoblanadi. Natijada 

tabiiy resurslarning miqdori va sifatiga putur eta boshladi. Bunday munosabatni 

bartaraf etish hozirgi kunda ekologiya oldiga qo'yilgan birdan-bir dolzarb 

muammodir. Bu muhim masalani hal etishning amaliy va ilmiy asosi tabiatni 

muhofaza qilishdir. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning farmoniga muvofiq 2017-yilning 22-

aprelidan  boshlab,  O'zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo'mitasi 

O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi etib 

qayta tashkil etildi. Davlat ekologiya qo‘mitasi quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi, 

jumladan: 

 

- ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va 



ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi; 

 

-  atrof-muhitning  qulay  ekologik  holatini,  ekologik  tizimlar,  tabiiy  komplekslar  va 



alohida  obyektlar  muhofaza  qilinishini,  ekologik  sharoitning  sog‘lomlashtirilishini 

ta’minlash; 

 

- chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi 



yuzasidan  davlat  nazoratini  amalga  oshirish,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  va 

fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  bilan  mustahkam  hamkorlikda  maishiy 

chiqindilarni  yig‘ish,  tashish,  utilizatsiya  qilish,  qayta  ishlash  va  ko‘mish  borasida 

ta’sirchan tizimni tashkil etish

 

- yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot 



va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini 

muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratni 

o‘rnatish; 

 

- ekologiya  va  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  ishlarini  muvofiqlashtirish,  tabiatni 



muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga 

oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash; 

 

- ekologiya  va  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  sohasida  davlat  kadastrini,  shuningdek, 



yovvoyi  hayvonlarni,  yovvoyi  o‘simliklarni  ko‘paytirish  va  saqlash  pitomniklarini, 

zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish; 

 

- ekologik  tarbiya,  targ‘ibot  va  ta’limni,  shuningdek,  ekologiya  va  atrof-muhitni 



muhofaza  qilish  sohasida  mutaxassislarni  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirishni 

tashkil etish; 

 

- atrof-muhitni  muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish  hamda 



chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha 

profilaktika o‘tkazish; 



 

- ekologiya va atrof-muhit muhofazasi masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati 

institutlari  bilan  mustahkam  hamkorlikni,  qulay  atrof-muhitga  bo‘lgan  fuqarolar 

huquqini ta’minlash. 

 

Tabiyatni muhofaza qilish orqali tabiiy resurslarning antropogen, ularning 



murakkab o'zaro aloqalarini o'rganiladi. Bu dinamikaning inson uchun ahamiyatini 

aniqlaydi, tabiiy boyliklardan ratsional foydalanishni asoslab beradi. Hozirgi avlod 

va kelajak avlod uchun muhim bo’lgan tabiiy resusrlarning miqdor va sifat 

xususiyatlarini - saqlash va tiklash usullarini ishlab chiqarish lozim bo’ladi. 

Tabiyatni muhofaza qilish fani kompleks fan bo’lib, tabiiy fanlar ijtimoiy-

iqtisodiy va texnika fanlari negizida rivojlanadi. Tabiyatni muhofaza qilish termini 

birinchi marta 1913 yilda Tabiyatni muhofaza qilishga bagishlangan 1-xalqaro 

s'ezddan song olimlar tomonidan ishlatila boshlandi. Inson butun mehnat faoliyati 

davomida tabiat bagrida yashab, unga ta'sir etadi. Va ozi uchun zarur bo’lgan barcha 

ne'matlarni, oziq-ovqat, kiyim-kechak, energiya va mineral ashyolar va hakozolarni 

o'z mehnat faoliyati natijasida tabiatdan foyda oladi va sarflaydi. Yer yuzida har yili 

4 mlyard tonnadan ortiq neft, gaz 2 mlyard tonnadan ortiq komir yoqilib, 20 mlyard 

tonna har xil ma'danlar qazib olinadi. uning chang tozonlari, zaharli gazlar, tutun -

qurumlari atrofga chiqib uni ifloslantirmoqda. Bularning hammasi insonning 

tabiatga ko’rsatgan ta'sirining natijasidir. tabiatdan to’g’ri foydalanish, tabiat 

qonunlari bilan hisoblashish va unga rioya qilish shartdir. Aks holda inson qator 

salbiy oqibatlarga duch keladi. Bugungi kunda shunday oqibatlarga duch 

kelmoqdamiz ham. Masalan, bundan 3000 yil ilgari yer sharidagi quriqlik yuzasi 

umumiy maydonining 47 ni o'rmonlar tashkil qilgan edi. Insonning o'rmonlardan 

rejasiz ravishda foydalanishi natijasida hozir uning miqdori 27% ga tushib qoldi. Bu 

esa 2 mlyardga yaqin unumdor yerning Eroziyaga uchgashiga sabab bo'ldi. Bu 

korsatgich butun quriqlik maydonining 15% ni tashkil qiladi. Faqatgina ularni 

izchillik bilan hal qilmoq darkordir. Ekologiya fan sifatida biologiyaning sohalari 

fiziologiya, genetika, biofizikaga asoslanadi. Shuningdek, biologiyadan tashqari 

fizika, ximiya, geologiya, geografiya, matematika va boshqa fanlar bilan bog'langan. 

Ekologik tadqiqotlarning samarali olib borilishi natijasida «Geografik ekologiya», 



«Kimyoviy ekologiya», «matematik ekologiya» va boshqa tushunchalar joriy 

qilindiki, ular ekologiyaning naqadar rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Hozirda 

inson o'z yashash doirasini keskin kengaytirgan, uning qadami nafaqat yer tevarak 

atrofidagi bo'shliqlarga, balki uzoq fazo bo'shliqlariga ham etib boradi. Bu holat 

butunlay yangi muammolarni keltirib chiqaradiki, ular tibbiyot ekologiyasi bilan 

yaqindan bog'liq bo’lgan antropo-ekologiyasini o'rganadi. Inson va mashinalarning 

o'zaro munosabatlari to'g'risidagi fan Ergonomika nomini olgan va mehnat 

muhofazasining bir qismi hisoblanadi. Tabiyatni muhofaza qilish fanining ham 

boshqa fanlar bilan o'zaro aloqadorligi mavjud. Hozirgi kunda tabiyatni muhofaza 

qilishning ayrim muammolari bilan geografik, biologik, tuproqshunoslik kabi 

qadimiy fanlar, shuningdek ulardan ajralib chiqqan biogeoximiya, gidrobiologiya, 

geogigiena kabi yangi sohalar ham shug’ullanmoqda. 

Insonda tevarak atrofdagi muhitni saqlashga bo’lgan extiyoj qadim 

zamonlarda vujudga kelgan. Shuning uchun ham Tabiyatni muhofaza qilish tarixi 

insoniyat tarixining ilk davrlariga to"g'ri keladi. Masalan: Foydali hayvonlarni 

ko’plab qirib yuborish ko’pgina xalqlarda o'lim jazosiga sabab bo'lgan, bu esa 

Tabiyatni muhofaza qilish tarixining boshlanishi edi. Qimmatli hayvonlar ov 

qilinadigan va eyishga yaroqli hayvonlar, yovvoyi hayvonlar, o'simliklar o'sadigan 

joylar muqaddas deb e'lon qilinib, bu yerda ov qilish va o’simliklarni terish ma'n 

etilgan. Quldorlik jamiyatida o'rmon va daraxtlarni ko'riqlash haqida qonunlar 

vujudga kela boshlagan. Qadimgi Misrda uy hayvonlarini o'ldirish zararli va gunoh 

hisoblanadi. Ma'n etilgan joylarda baliq tutish, tangri yerlari ya'ni ko’riqxonalardan 

hayvonlarni haydab ketish ham gunoh hisoblan-gan. Feodalizm davrida tabiatni 

muhofaza qilish konkret shakl oladi. O'z yerlarida ov hayvonlari va boshqa 

hayvonlarni saqlashdan manfaatdor feodallar ularni qo'riqlash uchun qonunlar 

chiqara boshladi. qonunni buzgan kishi jazolanar edi. Hozirgi kunga kelib ham 

Tabiyatni muhofaza qilish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda, 

jumladan: Tabiyatni muhofaza qilish xalqaro tashkilotlarining tuzulganligi, ko’plab 

qoriqxona, buyurtmaxonalarining tashkil etilganligi Tabiyatni muhofaza qilish 

bo’yicha qator qonunlarning joriy etilishi fikrimizningyaqqol dalidir. 



Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini kelgusida rivojlantirish uchun 

O'zbekistonda "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tarmog'ini tashkil etish bo'yicha 

Dastur" loyihasi tayyorlangan bo'lib, uning doirasida mazkur hududlarni 2,3 

mln.gektardan 8,1 mln.gektarga (O'zbekiston hududining 17%ga yaqini) 

kengaytirish, yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, mavjudlarini 

kengaytirish va boshqa ko'plab tadbirlar rejalashtirilgan. Muhofaza etiladigan tabiiy 

hududlarning yarmidan ko'pini cho'l ekotizimlari (53%), qolgan qismi (39%) tog' 

ekotizimlari, 6%ga yaqin qismi suv oldi ekotizimlari va 1%i to'qaylarni tashkil etadi. 

Shu bilan birga qo'riqxonalar va milliy bog'larning deyarli barcha maydoni tog' 

ekotizimlariga to'g'ri keladi. 



Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish