Koronavirusli infeksiyalarning tashxis belgilari quydagi assoslanadi:
- guruhli kasallanish, asosan bir oila vakillari yoki bolalar orasida uchrashi;
- mavsumiylik–qish va bahor fasllari;
-yashirin davri- 2-14 kun;
-kasallikning o‘tkir boshlanishi;
-ba’zida laringotraxeit belgilari rivojlanishi mumkin;
-doimiy bo‘lmagan isitma, umumiy zaharlanish belgilari;
-kasallik kechishi o‘tkir, davomiyligi 1-3 kun.
Xavfli guruhlarda ushbu kasallik og‘ir kechadi va asoratlar vujudga kelishi mumkin. Xavfli guruhlarga kuyidagilar kiradi: homilador ayollar, tug‘ishdan keyingi davrdagi ayollar, bolalar va katta yoshdagi odamlar (ikki yoshdan kichik va 65 yoshdan yuqori), ortiqcha vaznli bemorlar hamda surunkali kasalliklari mavjud bemorlar (o‘pka kasalliklari, bronxial astma, surunkali bronxit, yurak-qon tomirlari kasalliklari, qandli diabet va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |