Ta'lim
to'g'risida
”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bo'ldi. Mazkur qonunga
asosan ta'lim sohasidagi asosiy printsiplar, ta'lim tizimi, turlari va shakllari aniq
belgilab qo'yildi.
Prezidentimiz maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng
ilg'or xorijiy tajribani o'rganish, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalasiga
to'xtalib o'tdi. Bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda, ularga
maktabgacha bo'lgan davrda har tomonlama puxta ta'lim va tarbiya berish,
dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va
ongiga milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni singdirib borish
, shu orqali ularni ona
Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng
muhim, eng dolzarb masalalardan biri ekanini ta'kidladi. Zero, farzandlarimizning
maktabda qanday o'qishi, qanday yuksak maqsadlar bilan kamol topishi ko'p
jihatdan ularning maktabgacha ta'lim muassasasida oladigan tarbiyasiga bog'liqdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta’limi
tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishiga qabul bo‘yicha
test sinovlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.Unda
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari
ishtirok etdi. Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya
tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon
andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari,
jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash,
ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz
qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan
ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi
farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida
bir qator vazifalar belgilangan. Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik
b
azasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital
ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter
texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
2017-2021 yillarda
oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish,
o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va
moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining
vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich
rivojlantirilib boriladi.
Keyingi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining
yetmishga yakin qaror, farmon va farmoyishlari qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim
tizimidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi. O‘rta maxsus ta’lim
tizimiga joriy yilda birinchi marta 10-
sinflarga o‘quvchilar qabul qilish yo‘lga qo‘yildi.
Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobor olib
borildi. Bunda asosan ota-
onalar va o‘quvchilarning xohish va istaklari inobatga
olindi.
Prezidentimiz sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish
bo‘yicha ota-onalar va o‘quvchilarning fiklarnini inobatga olish, ular bilan «ochiq
eshiklar» kunlari kabi tadbirlar tashkil qilib, uchrashuvlar o‘tkazish kerakligini alohida
ta’kidladi. 2016/2017 o‘quv yilida 466 mingdan ortiq o‘quvchilar umumta’lim
maktablarini tamomlagan bo‘lib, shundan 170 mingdan ziyodi kasb-hunar kollejlariga
o‘qishga kirgan. 288 ming, ya’ni oltmish foizidan ortig‘i 10 sinflarda o‘qishlarini
davom etirmoqda. Yig‘ilishda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar
muhokama qilinar ekan, yoshlarning kasb-
hunar egalashi, o‘quvchilarni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga
ham alohida e’tibor qaratildi.
Bunda yoshlarning ulug‘ ajdodlarimiz merosini o‘rganishi, ularga mos yetuk kadrlar
bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ulug‘ ajdodimiz Muhammad al-
Xorazmiy nomidagi axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid
chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi ham aynan ana
shu vazifani amalga oshirishdagi ilk qadam bo‘ldi. Mazkur maktabning tashkil etilishi
kadrlarni
yoshligidanoq tayyorlab borish
, sohada yetuk hamda zamon talablariga
javob beradigan kadrlar tayyorlashga zamin yaratadi.
Shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat
umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish
to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va
informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi
ixtisoslashtirilgan davlat umumta
’lim maktab-internati tashkil etiladi. Maktablar oldiga
qo‘yilayotgan talablardan biri – yuqori malakali, sohasining bilimdoni bo‘lgan
o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birgalikda, maktabda chet tilini
xam o‘qitishdir. Bu kabi ixtisoslashgan maktablarning tashkil etilayotgani yoshlarni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi. Yig‘ilishda
hududlar imkoniyati va salohiyatini o‘rgangan holda 8-9 sinf o‘quvchilarini kasbga
yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu ta’limning keyingi bosqichida
o‘quvchilarning hunar egallashida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Endilikda
umumta’lim maktablari bitiruvchilarini elikka yaqin kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.
Buning uchun kasb-
hunar kollejlari va umumta’lim maktablari negizida zamonaviy
jihozlangan o‘quv ishlab chiqarish markazlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, ba’zi kasb-hunar kollejlari tegishli vazirlik va idoralarga korxona va
tashkilotlarga biriktiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “O‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori bu
borada muhim omil bo‘lmoqda. Bu kadrlar tayyorlashda mazkur muassasalarning
ulushini oshirish va kafolatl
angan ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.
Prezidentimiz soha rahbarlariga bu borada joylarga chiqib qaysi hududga qanday
soha bo‘yicha mutaxassislar zarurligini o‘rganib chiqish vazifasini topshirdi.
Yig‘ilishda ta’lim muassasalari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-
tadbirlar muhokama qilindi. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini
takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar asosida ta’lim berish bugungi
kunning asosiy masalalaridan biridir. Bu borada oliy ta’lim muassasalariga
bo‘ladigan test sinovlarining ochiq va oshkoraligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb
etadi. Davlatimiz rahbari oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishiga
bo‘ladigan test sinovlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish, bunda
riv
ojlangan xorijiy davlatlarda sinovdan o‘tgan eng ilg‘or tajribalarni tatbiq etish, test
sinovlarining shaffofligini ta’minlash yuzasidan ham ko‘rsatmalar berdi. Yig‘ilishda
yoshlarda oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga bo‘lgan talabning oshib borayotganini, bunda
muhim bo‘lgan test sinovlari tizimining esa eskirgani qayd etildi. Davlatimiz rahbari
mutassadi rahbarlarga ta’lim tizimini takomilashtirish, o‘quv adabiyotlari bilan sifatli
ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasida tegishli
topshiriqlar berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |