Ўзбекистон Республикаси Президенти


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI



Download 10,22 Mb.
bet87/134
Sana12.07.2022
Hajmi10,22 Mb.
#783799
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   134
Bog'liq
ozbekiston tarixi

O„ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
OLIY VA O„RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TATU QARSHI FILIALI

REPUBLIC OF
O„ZBEKISTAN MINISTRY
OF HIGHER AND
SECONDARY EDICATION



O’zbekiston tarixi” fanidan
TAYANCH
MA’RUZA MATNLARI


Qarshi - 2016





  1. mavzu: O'zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati

Reja:

  1. O'zbekiston tarixining fan sifatidagi o'rni. Uning predmeti va o'rganish ob'ekti.

  2. O‘zbekiston tarixini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari va uni o‘rganish tamoyillari. O'zbekiston tarixini davrlashtirish.

  3. Vatan tarixini o'rganishda moddiy va yozma manbalarning o'rni hamda ahamiyati.

  4. O'zbekiston tarixini davrlashtirish va uni o'rganishda tarixiy manbalarning o‘rni va ahamiyati.

Tayanch tushunchalar:
Fanning predmeti va dolzarb muammolari, moddiy va yozma manbalar, davlatchilik, holislik, ilmiylik, diolektik uslub, jahon tarixi bilan bog‘liqligi, insonparvarlik, qadimgi davr, o‘rta asrlar davri va yangi davr, zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto», komil inson tushunchasi, O'zbekiston tarixini yangicha tamoyillar asosida o'rganish.
O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan xalqlarning tarixi qadim o‘tmishga borib taqaladi. Yashab turgan hududimiz tarixiy manbalari, arxeologik qazilmalari, xalq og‘zaki ijodi namunalari orqali umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini butun olam tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk zaminda buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, siyosatchilar, buyuk sarkardalar yashab o‘tganlar. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu yerda yaratilgan, sayqal topgan. Milodgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, osori atiqalar dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me'morchilik va shaharsozlik san'ati yuksak bo‘lganligidan dalolat beradi. Topilgan ko‘plab qadimgi toshyozuvlar, bitiklar, kutubxonalarda saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozmalar, ijtimoiy hayotning turli sohalariga doir o‘n minglab qimmatbaho asarlar o‘lka xalqlari ma'naviyatining yuksakligini namoyon qilib turibdi.
O‘zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: Birinchidan, yoshlarga va bo‘lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g‘oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish. Ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur va o‘zlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash. Uchinchidan, yoshlarda otashin vatanparvarlik va harbiy jasoratni, millat va Vatanga sodiqlikni tarbiyalash. To‘rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e'zozlash, asrab - avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e'tiqodlik)ni tarbiyalash. Beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota - ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga sadoqatli bo‘lish ruhida tarbiyalash.
O‘zbekiston tarixi fani mana shu yuqoridagilar va bulardan boshqa o‘zining imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni tarbiyalashga behad katta hissa qo‘shadi. O‘zbekiston tarixining davlat boshqaruvi va qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o‘rni hamda ahamiyati benihoyat katta ekanligi qadim - qadimdan e'tirof etib kelinmoqda. Bunga tariximizning o‘zi guvoh. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, tarixning bu ajoyib xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch - qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab yetmog‘imiz lozimdir. Tarix - bu nafakat o‘tmish, uning taxlili bugungi kunimiz uchun muhim xulosalar manbai bo‘lib, u istiqbolimiz rejasini aniqlashda ham katta ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston tarixi umumjahon - insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanadi. O‘zbekiston tarixi fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi, mustaqillik yillarida milliy huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik fuqarolik jamiyatni shakllantirish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish jabhalaridagi faoliyatini o‘rgatadi. Shu bilan bir qatorda bu fan xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi ko‘zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma'naviy saboqlar majmuasidir.
Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining predmeti va ob'ektini to‘g‘ri belgilanishi o‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki, O‘zbekiston tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori predmet va ob'ekt masalasi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Zero, fan, uning o‘rganish predmeti va ob'ekti aniq bo‘lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo‘lib, maqsadga erishish mushkul bo‘ladi.
O‘zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy va tabiy fanlardan farqli o‘laroq mustaqil fan. Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida o‘z o‘rni va mavqyeiga ega. U barcha fanlar tarixini ham o‘z ichiga olgan holda ularning rivojiga katta ta'sir etadi. Bu, uning o‘rganish predmeti va ob'ekti hamda vazifasida to‘la namoyon bo‘lmog‘i kerak. Tarix fani o‘z xususiyatiga ko‘ra, birinchidan, o‘zining butun diqqat e'tiborini faqat o‘tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, ajdodlarimizning moziyda qolgan hayot tarzini, ular yaratgan moddiy - madaniy, ma'naviy - mafkuraviy qadriyatlarni o‘rganadi. Ikkinchidan, O‘zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng foydalanadi. Tarixiy voqyea va hodisalar qat'iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik - xronologik asosda o‘rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqyea va hodisalar, hujjat va dallilarning haqiqiy va haqiqiy emasligi, ular qachon, qaerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda tarixan voqye bo‘lganligi aniqlanadi. Bo‘lib o‘tgan voqyelik ko‘lamining aniq sabab va oqibatlari, shu bilan birga, ularning aniq shakl - tamoyillari va holati aniqlanadi. Uchinchidan, O‘zbekiston tarixi fani o‘tmishdagi iqtisodiy - ijtimoiy hayotning ahvoli, rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o‘rganadi, ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi. Bu esa, kelajak avlodlar uchun dasturulamal bo‘ladi. To‘rtinchidan, O‘zbekiston tarixi fani ko‘p qirralik va xilma - xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyoti va inqirozlarining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o‘zaro bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi. O‘zbekiston tarixi fani, O‘zbekistonning o‘tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kechgan voqyeliklar, insoniyat hayoti, tabiat va jamiyat taraqqiyoti va tanazzulini tahlil qiladi. Uning o‘rganish predmetiga esa, mana shu makondagi jamiki xilma - xil voqyea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi. O‘zbekiston tarixi fanining o‘rganish makoni - ob'ekti O‘zbekistonning tarixidir. Tarixiy ob'ekt (makon)ga nisbatan O‘zbekiston tarixi fanining maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat (faoliyat) doirasi yoki chegarasi belgilanadi. Ma'lum bir ma'noda ob'ekt bilan predmet bir - biriga juda yaqin tushuncha bo‘lsa-da ular tarix fanida tutgan o‘rni va vazifasi bilan farqlanadi.
O’zbekiston tarixi fani xalqimiz tarixini haqqoniy aks ettiruvchi fan sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizning barcha oliy o‘quv yurtlarida, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlar va umumta'lim maktablarida O’zbekiston tarixi fani o’qitilmoqda. Bu hol vatanimiz kishilarini, ayniqsa yosh avlodni o‘z ona-Vatani tarixi va madaniyatini mukammal o‘rganish, binobarin, o‘z milliy ongi, milliy mafkurasini, milliy vijdonini kamol toptirish uchun zamin yaratadi.
Bu fan predmeti doirasiga avlodu-ajdodlarimizning turmush tarzi, bosqinchilarga qarshi kurashi, yurt mustaqilligi uchun tinimsiz jangu-jadallari, uzluksiz mehnat faoliyati, dini, yozuvi, ilmu-fani, adabiyoti va san'ati kiradi. Shuningdek, O’zbekiston tarixi fani o’zbeklarning elat, millat bo’lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz milliy an'analarini, ularning ichki va tashqi siyosatini o’rgatadi. Vatan tarixida xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo’liga kirishi, istiqlol yo’llarida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini yaratish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish, jahon hamjamiyatidagi tutgan o’rni va rolini o’rgatadi.
O’zbekiston tarixi fani oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan ijtimoiy-gumanitar fanlar orasida o’zining jamiyat hayotida to'tgan o’rni va mavqeiga ko’ra asosiy va yetakchi fanlardan hisoblanadi. Shu boisdan ham bu Vatan tarixining ibtidosi- o’lkashunoslik ekanligini e‘tiborga olgan holda oliy o’quv yurtlarining barcha mutaxassisliklarida, qaysi kasb-hunarni egallashidan qat‘iy nazar, bir hajmdagi soatlarda o’qitilmoqda. Bu, o’z navbatida, O’zbekiston tarixi fani oldiga qo’yilgan bir qator muhim vazifalarni bajarish bilan bog’liqdir.
Xususan:
Birinchidan, O’zbekiston tarixi fani yoshlar ongida siyosiy, nazariy -ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Voqea va xodisalarga tarixiy nuqtai nazardan yondoshadigan har tomonlama yetuk, barkamol insonni tarbiyalashda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi;
Ikkinchidan, O’zbekiston tarixi mustaqil O’zbekiston yoshlar ongida milliy vijdonni uyg’otib, uning shakllanishiga ko’maklashadi. Yoshlar ajdodlarimizning taraqqiyot yo’lini. tarixiy tajribalarni o’qib o’rganganlaridagina ularning ongida istiqlol tafakkuri, Hozirgi ijtimoiy- siyosiy. Iqtisodiy va madaniy-ma‘rifiy turmushni o’tmish bilan taqqoslash va kelajakka nazar solish tuyg’usi shakllanadi;
Uchinchidan, O’zbekiston tarixi fani yoshlarni Ona Vatanga mehr- sadoqat hamda harbiy vatanparvarlik an‘analari ruhida tarbiyalash vositasi hisoblanadi;
To’rtinchidan, O’zbekiston tarixi fani yoshlarimizni baynalminlalchilik ruhida tarbiyalash quroli hamdir. Yoshlarimiz bu fanni o’qish, o’rganish va mutolaa qilish jarayonida O’zbekiston jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi va bir bo’lagi ekanligini tushunib oladilar, o’zbek xalqi va buyuk allomalarimizning fan va madaniyat arboblarimizning jahon taraqqiyoti va tsivilizatsiyasiga qo’shgan va qo’shayotgan munosib hissasi bilan qonuniy ravishda faxrlanadilar.
Va nihoyat, beshinchidan, O‘zbekiston tarixi fani yosh avlodni o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va axloqiy fazilatlari: halollik, poklik, odillik, adolatlilik, insonparvarlik, rostgo‘ylik, mehnat sevarlik va kamtarinlik, iymon va e‘tiqodlilik sabr-toqat va chidamlilik ruhida tarbiyalashda, Vatan va xalq oldidagi barcha sadoqatlilikni qaror toptirishda oliyjanob vazifani bajaradi.
O’zbekiston tarixi” fani dunyodagi eng qadimiy va boy tarixga ega bo’l gan o‘zbek xalqining qariyb 3 ming yillik tarixiy, ijtimoiy -iqtisodiy va madaniy taraqqiyotni o‘rgatuvchi fandir. Markaziy Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda yashab kelayotgan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. O’zbek xalqi Markaziy Osiyodagi barcha xalqlar qatorida doimo erkinlik, xo‘rlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilar va yot kelgindilarga qarshi kurash olib borgan va shu jihatdan u o‘zining inqilobiy an‘analariga egadir.
O‘z xalqimiz, o‘z ona yurtimiz, o‘z tuprog‘imiz tarixini, o‘tmishimizni chuqur anglashimizdan asosiy maqsad nima?
Avvalambor, bugungi O‘zbekiston jahon haritasida paydo bo‘lgan tasodifiy mamlakat emasligini, ildizlari nihoyatda chuqur va qadimiy ekanligini dunyoga ko‘rsatishdir;
Ikkinchidan, sobiq sho‘ro siyosati va kommunistik mafkura tazyiqi bilan soxtalashtirilgan tarixni o‘z o‘rniga qo‘yish, tarix va hayot xaqiqatini ilmiy xaqiqat asosida qayta tiklash;
Uchinchidan, shu asosda xalqimiz, ayniqsa yosh navqiron avlodimiz qalbida milliy g‘urur, milliy iftixor, o‘z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish, buyuk o‘tmishga munosib buyuk millat bo‘lish, ertangi kunga katta ishonch va istiqlolga e‘tiqod bilan yashashni turmush tarziga aylantirish.
Tarix, donishmandlar aytganday, ulug‘ murabbiydir. U yuz bergan hodisalar mohiyatidan kelib chiqib saboq beradi. Hayotda sarakni-sarakka, puchakni- puchakka ajratishga da‘vat etadi. Agar tarixga shunchaki voqealar bayoni, hodisalar tafsiloti sifatida qaralsa, uning murabbiylik ahamiyati yo‘qoladi. Nursiz, haroratsiz, jozibasiz, kishi ruhiyatiga ta‘sir etmaydigan bir narsaga aylanadi.
O‘zbekiston tarixini o‘rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik tamoyili o‘sha davr shart - sharoitlarini, tarixiy muhitni inobatga olmoqni taqozo qiladi. Voqyea - hodisalarni o‘rganishda tarixiy bog‘lanish, tarixiy rivojlanish jarayoniga e'tibor qilmoq zarur. Har bir hodisa qanday tarixiy sharoitda, muhitda bo‘lganligini bu hodisa o‘z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni bosib o‘tganligini, keyinchalik u qanday bo‘lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo‘lsak, “birinchidan, u qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo‘ldi, ikkinchidan, u o‘z taraqqiyotida qanday bosqinchilarni bosib o‘tdi?, uchinchidan, u hali ham mavjudmi?, Hozir qay ahvolda, qanday bo‘lib qoldi?” degan savollarga aniq javob berish zarur bo‘ladi.
Tarixiylik metodologiyasi xalqning o‘tmishini, hozir gi zamon va kelajagini yagona tabiiy jarayon deb, o‘tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo‘ldan borayotgan ekan, porloq hayot, turmush qurmoqchi bo‘lgan avlod tarix fani orqali o‘z o‘tmishini yaxshi bilmog‘i lozim. O‘tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak, hozirgi zamonni, mustaqilligimiz mazmunini shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to‘g‘ri tasavvur etamiz. Shuningdek, hozirgi zamonni, bugungi avlodning bunyodkorlik faoliyatini to‘g‘ri idrok etish o‘tmishni, tariximizni chuqur anglashga ko‘maklashadi.
Tarixni o‘rganish faktlarni taqqoslash, mantiqiy qiyosiy xulosalar chiqarish va umuman falsafiy tafakkur bilan yondashishni talab qiladi va o‘tmishimizni teran anglashda asosiy mezon bo‘lib qoladi.
O’zbekiston tarixini yaratish va uni o'rganish ko'p jihatdan to'g’ri, nazariy va metodologik asoslarning ishlab chiqilishiga, ularning amaliy hayotga tadbiq etilishiga bog’liq. Tarixiy voqealarni o'rganishda puxta va chuqur ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta.
Afsuski, sovetlar davrida tarixni o'rganish va o'qitish ishlari marksistik metodologiyaga bo'ysundirildi. Har voqeani yoritishda komfirqa mafkuraviyligi, partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazardan yondoshildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga-ekspluatator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, feodallar va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kambag’allar, mulkdorlar va mulksizlar tarixiga bo'lindi. Boylar va mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblari, ruhoniylar qoralandi, nomlari badnom qilindi.
Tarixiy voqealar jamiyat a‘zolarining bir qismi kambag’allar va yo’qsillarni himoya qilgan holda, ularning manfaatiga bo'ysindirilgan holda yoritildi. Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insonlarning diniy e‘tiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar quvg’in ostiga olindi. Buyuk olimlar, allomalar, ma‘rifatparvar shoiru - ulamolar, yozuvchilar ikkiga - materialistlar va idealistlarga bo'lindi. Ulardan u yoki bu dinga e‘tiqod qilganlari idealist deb ataldi va shuning uchungina ta‘qib etildi, ularning faoliyatini o'rganish ta‘qiqlandi, o'zlari taxqirlandilar, asarlari xalqdan yashirildi, yo'qotib yuborildi. Oqibatda ko'pgina tarixiy voqea- xodisalar soxtalashtirildi, o'tmish qoralandi, ma‘naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi. Yosh avlodga ularni jirkanch illat, xurofot, eskilik sarqitlari, deb o'rgatildi. Tarix faqat jangu-jadal, urushlardan iboratdek qilib ko'rsatildi. Xalqimiz tarixining bu qadar soxtalashtirilishiga faqat marksistik metodologiyaning yaroqsizligini aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. Bu borada mamlakatda hukmron bo'lgan totalitar tuzumning salbiy roli katta bldi. Tarix esa totalitar tuzum xizmatchilariga, targ’ibotchi va himoyachisiga, kommunistik mafkura dumiga aylantirilgan edi. O’zbekiston tarixini o'rganishning bir qator ilmiy - nazariy va metodologik asoslar mavjud bo'lib, ular chuqr ilmiylik, rostguylik, tarixiylik, izchillik, xaqqoniylik va boshqalardan iborat. Bu kabi nazariy-metodologik asoslar tarixiy tasavvurni, tushuncha va xulosalarning ilmiy-amaliy va uslubiy jihatdan to'g’ri hosil qilinishiga poydevor bo'lib xizmat qiladi, tarixni o'rganish va o'qitish jarayonida milliy istiqlol, vatanparvarlik, insonparvarlik, baynalmilallik kabi ulug’ fazilatlarni xalqimiz an‘analari, urf-odatlari, diniy e‘tiqodlari kabi milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga chuqur singdirish, ularni e‘zozlash ustivor vazifalardan hisoblanadi. Shu bilan birga moziyga hurmat bilan qarash, milliy tiklanish tafakkuri, yondashuv ruhini yoshlar dunyoqarashida shakllantirish lozimdir. Kishilik jamiyatining tarixini,tarixiy voqea va hodisalarni o'rganishning muhim nazariy-metodologik asoslaridan biri jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ochib beruvchi dialektik metoddir. Insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyoti - dialektik jarayondir. Dialektika amalda yagona va yaxlit,unda sodir bo'ladigan hodisalar, voqealar umumiy va bog’lanishda, ezluksiz harakatda, ziddiyatli taraqiyotda bo'ladi, deb ta‘lim beradi. Dialektika juda uzoq tarixga ega, uning bilish nazariyasi sifatida shakllanishi va rivojlanishida Geraklit, Aristotel, Muso al- Xorazmiy , Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Ulug‘bek, Dekart, Spinoza, Gegel, Gertsen va boshqa olim va ma‘rifatparvarlarning xizmati kattadir.Ular tabiat, tarixiy va ma‘naviy dunyoni bir jarayon shaklida, ya‘ni ularni uzluksiz harakat qilib, o'zgarib, rivojlanib boradigan holda, taraqqiyotni ichki bog’lanishda olib o'rganish metodologiyasini yaratdilar. Har qanday fanni o'rganishda qo'llaniladigan yagona dialektik qonuniyatga asoslangan usul, ya‘ni dialektik metod, O’zbekiston tarixini o'qitish va o'rganishda ham asosiy nazariy metodologiya hisoblanadi. O’zbekiston tarixi fani, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi, doimo harakatda bo'lib, o'zgarib, rivojlanib, boyib boradi. Bu fanning yana shunday o'ziga xos xususiyati borki, tarixiy fan bo'lganiuchun ham, avvalambor, boshqa fanlarga qaraganda u tez va ko'proq boyib boradi. Bir tomondan tariximizning ochilmagan "qurik"lari olimlarimizning ilmiy- tadqiqot ishlari natijasida ochilib, to'ldirilib borilaversa, ikkinchi tomonidan, mamlakatimizda, jamiyatimiz ijtimoiy, iqtisodiy, ma‘naviy va madaniy sohalaridagi qo'lga kiritilayotgan yutuqlar tariximiz sahifalarini kun sayin boyitaveradi. Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog’liq holda o'rganishni taqozo etadi. Negaki har bir xalq tarixida milliylik, o'ziga xos betakror xususiyatlari bilan birga jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog’lanishdadir. Darhaqiqat, O’zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa bashariyat tarixi bilan chambarchas bog’langan. Qadim zamonlardan yaqin yillargacha Vatanimiz O'rta Osiyo mintaqasidagi ko'pgina davlatlar bilan - Afg’oniston, Eron, Shimoliy Hindiston kabi mamlakatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo'lib keldi. Bu katta xududda yashovchi urug’, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o'zaro ta‘sir va aloqada bo'lganlar, qo'shilish jarayonini boshdan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy hayoti bir-birlari bilan uzviybog’liq bo'lgan. Shu sababli O’zbekiston tarixini qo'shni mamlakatlar tarixi bilan bog’lab o'rganish taqozo etiladi. Qozoq qirg’iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors,afg’on, hind, arab va boshqa xalqlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, u O’zbekiston xalqlari tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama o'rganishga imkon yaratadi, ko'maklashadi. Tarixiy voqea va hodisalarni o'rganish, ularni tahlil etish va yoritishda holisona, haqqoniy, adolatli yondoshuv muhim metodologik qoidadir. Holislik qoidasini tarixiy voqea, hodisalarni o'rganayotganda ular bilan bog’liq bo'lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmuini birga olib tekshirishni, xaqqoniy dalillarga asoslanishini talab qiladi. o’zaro aloqada va munosabatda deb tekshirish lozimdir. Oldindan tug'ilgan bir g’oyani, uydirmani oqlash darkor bo'lsa, faktlar silsilasidan faqat ayrim, mos keladiganlarinigina saylab, tanlab olinishi "tajribasi" sir emas, albatta bunaqa holatlar ham bo'lgan. Lekin bunday yo'l bilan chiqarilgan xulosa va baho holisona, haqqoniy bo'lmay, u so'zsiz bir tomonlamalikka olib keladi.
Vatanimiz tarixi predmeti xalqimizning deyarli uch ming yillik murakkab va shonli o‘tmishini, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma‘naviy hayotini xolisona o‘rganishga, uni tushuntirishga qaratilagan.
O‘z-o‘zidan ayonki, tariximiz obyekti bu O‘zbekistondir. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi hududida 450 ming kvadrat kilometrga yaqin maydonni tashkil etadi. U hududi hajmiga ko‘ra dunyodagi 200 dan ortiq davlatlar orasida 56-o‘rinni egallaydi. Respublikamiz aholisi 25 mlndan ortiq bo‘lib, jahonda 35 o‘rinda turadi. Sayyoramizda 1600 dan ortiq millat va elat yashaydi. O‘zbek millatiga mansub aholi son jihatdan dastlatki ellik yirik millatlar qatoridan joy olgan. O‘zbekiston 130 ga yaqin millat va elat yashaydi, ulardan to‘rtdan bir qismi ruslar, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, tatarlar, uyg‘urlar, koreyslar, armanlar, ozarbayjonlar, belasurlar va boshqalar.
Demak, bugun O‘zbekiston jahonga yuz tutar ekan, respublikamiz o‘ziga munosib mavqega ega va u darhaqiqat kelajagi buyuk bo‘lishi mumkin bo‘lgan davlatdir.
Tarixni o'rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea va xodisalarni o'z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o'rganishni taqoza etadi. Voqea, xodisalarni o'rganishda tarixiy bog‘lanish, tarixiy uzviylik, tarixiy rivojlanish jarayoni qoidalariga rioya qilmoq zarur. Har bir narsa, voqea va xodisani boshqa voqea, xodisalar bilan bog‘lab o'rgangandagina mazkur voqea, hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi uning to'g’ri aniqlash, belgilash mumkin bo'ladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bir bo'lagi deb qaramoq zarur. Har bir hodisa qanday tarixiy sharoitda, muhitda paydo bo'lganligini bu xodisa o'z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o'tganligini, keyinchalik u qanday bo'lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo'lsak, birinchidan, u qachon, qanday sharoitda paydo bo'ldi, ikkinchidan, u o'z taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib o'tdi, uchinchidan, u hali ham mavjudligi, hozir qay ahvolda, qanday bo'lib qoldi, degan savollarga aniq javob berish zarur bo'ladi Tarixiylik metodologiyasi xalqning o'tmishiga, hozirgi zamon va kelajagiga yagona tabiiy tarixiy jarayon deb, o'tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon esa kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo'ldan borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, turmush qurmoqchi bo'lgan avlod tarix fani orqali O'z o'tmishini yaxshi bilmog’i lozim. O'tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak hozirgi zamonni, mustaqilligimiz mazmunini shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to'g‘ri tasavvur etamiz. O'z navbatida hozirgi zamonni, bugungi avlodning bunyodkorlik faoliyatinito'g‘ri idrok etilsa, bu o'tmishni tariximizni yanada chuqurroq anglashga ko'maklashadi.
Tarixiylik metodologiyasining tarkibiga ezviylik va davriylik kiradi. Tarixiy fan bo'lgani uchun ham O’zbekiston tarixi fanini o'rgatish va o'qitish jarayonida tarixiy uzviylik va davriylik qoidasiga rioya qilish alohida ahamiyat kashf etadi. Insoniyat taraqqiyotining ma‘lum bosqichida urug’chilik tuzumi yemirilib, xususiy mulkchilik kelib chiqqach, urug’ jamolari turli ijtimoiy tabaqalarga bo'lingach, tarixiy voqea va xodisalar ana shu tabaqalarning manfaati bilan bog‘liq holda kechadigan, har bir ijtimoiy tabaqa O'z manfaati nuqtai nazaridan harakat qiladigan, ularning manfaati bir-biri bilan to'qnashadigan, g’alayonlar, qo'zg’olonlar ko'tariladigan bo’lib qoldi. Bunday vaziyatda sodir bo'lgan voqea va hodisalarni, tarixiy jarayonni o'rganishda ijtimoiy yondoshuv printsipiga rioya qilish zarur bo'ladi. Bu ijtimoiy yondoshuv metodologiyasi bo'lib, tarixiy jarayonlarni, aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o'rganishni taqozo etadi.
Tarixni o'rganishda ijtimoiy yondoshuv qoidasiga amal qilish davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo'lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko'rsatgan ijobiy yoki salbiy ta‘sirini, jamiyatni u yoki bu yo'ldan rivojlanishidagi o'rni va rolini to'g’ri aniqlashga olib keladi va muhim ahamiyatga egadir.
Mamlakatimiz tarixini o'rganishda milliy qadriyatlar xalq an‘analari va urf- odatlari, din, islom dini tarixini, odamlarning diniy e‘tiqodlari, diniy ta‘limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishga, ularni yoritishga tsivilizatsion munosabatda bo'lib, hurmat qilish, e‘zozlash nuqtai nazaridan yondoshmoq kerak. Hayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan ma‘naviy madaniyatini, axloqiy mezonlarini ikkiga-ekspluatatorlik madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va axloqqa bo'lish va birinchisini qoralashdan iborat lenincha yo'riqnomaning naqadar zararli ekanligini ko'rsatdi. Ma‘naviy merosga bunday yondoshuv ma‘naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urf-odatlarning oyoqosti qilinishiga, ko'pgina olimlarning badnom qilinishiga olib kelganligini hech qachon unutmaslik kerak.
Tarixni o'rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik qoidalar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy - qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar o'tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham keng foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.
O’zbekiston tarixini o'rganish va yoritishda uning davrlarini ilmiy asosda to'g’ri belgilash katta ahamiyatga egadir. Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan O’zbekiston xalqlari, yer yuzining qator hududlaridagi xalqlar kabi O'z tarixida insoniy taraqqiyotida sodir bo'lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy bosqich (formatsiya)larni bosib o'tgan emas. Bundan chiqadigan xulosa shuki,biz O'z tariximizni shu ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar asosida davrlashtirsak,tarixiy haqiqat soxtalashtirilgan bo'ladi. Shu sababdan biz O'z xalqimiz, Vatanimiz tarixini o'zbek davlatchiligi tarixi bilan chambarchas bog’lab davrlashtiramiz va o'rganamiz.
Ma'lumki, tariximiz juda qadim va katta davrni hamda juda keng geografik mintaqani, shuningdek, tub burilish, yuksalish va inqiroz bosqichlarini ham o‘z ichiga oladi. U xilma - xil ijtimoiy voqyea va hodisalarga, har xil diniy va madaniy qatlam, g‘oyaviy dunyoqarash va falsafiy oqimlarga boy, jahon tarixi va sivilizatsiyasining eng qadimiy va navqiron o‘choqlaridan biri hisoblanadi. O‘tmishda taqdir taqozosiga ko‘ra tariximiz, aniqrog‘i, Vatanimiz hududi jahon miqyosida kengayib va ma'lum geografik mintaqada torayib keldi. Bu tariximizning o‘ta buyuk, shu bilan birga, juda ham murakkab bo‘lganligidan dalolatdir. Shuni ham aytish joizki, bu holat hozirgi jonajon Vatanimiz O‘zbekiston tarixining chegarasi va davrlashtirilishini ancha murakkablashtirdi.
Istiqlol yillari davrida tarixchi olimlarimiz tomonidan Islom Karimovning «O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish» kerakligi haqidagi metodologik va konseptual g‘oyalariga amal qilgan holda ko‘p ming yillik Vatanimiz tarixining ilmiy asoslangan davrlashtirilishi amalga oshirildi:
Mbtidoiy - jamoa tuzumi;
>Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi;
>O‘rta asrlar davri;
>Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida;
>O‘zbekiston sovetlar hokimiyati davrida;
>Mustaqillik davri;
O‘zbekiston tarixi fanida tarixiy manbalarning o‘rni va ahamiyati benihoyat kattadir. Tarixiy manbalar davr nuqtai nazaridan qadimiy va joriy (kundalik) ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, ularni o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi manbalarga ajratish mumkin. Birlamchi manbaga tarixiy hujjatlarning asl nusxasi, ikkilamchi manbaga esa, mana shu birlamchi manbalar asosida e'lon qilingan maqola va kitoblarda keltirilgan ma'lumotlar kiradi.
Manbalar o‘z holatiga ko‘ra, moddiy va yozma ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Tariximizning eng qadimgi, ya'ni yozuvsiz zamonlarga oid davrini o‘rganishda arxeologik, antropologik va etnografik manbalar yordamga keladi. Bu manbalar turli-tuman bo‘lib, ularga - qadimgi manzilgohlar va shaharlar xarobalari, mozor- qo‘rg‘onlar qoldiqlari, turmush va xo‘jalikda ishlatiladigan buyumlar, mehnat va jangovar qurollar, turli-tuman ashyolar kiradi. Moddiy va yozma manbalar ma'lumotlarini solishtirib, qiyoslab tarixni talqin etish mumkin bo‘ladi.
O’zbekiston tarixi fanini o'rganishda uning manbalarini bilish, ularga suyanish alohida ahamiyatga ega. Bunday manbalar nimalardan iborat? Tarixiy manba deganda, avvalambor, biz nimani tushunamiz?
Tarixiy manba deganda uzoq o'tmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning ma‘lum bosqichdagi kechmishini o'zida aks ettirgan moddiy va ma‘naviy yodgorliklarni tushunamiz. Shu boisdan tarixiy manbalarni biz ikkiga bo'lib o'rganamiz. Birinchisi, moddiy manbalar bo'lib, unga ko'hna manzilgoh va mozorlar, shaharlar va qasrlar hamda qaTalarning harobalari, o'sha joylardan topilgan ishlab chiqarish qurollari, uy-ro'zg’or buyumlari, zeb-ziynat ashyolari , qadimgi sug‘orish inshootlarining qoldiqlari, oltin, kumush va mis tangalar, shuningdek ibtidoiy odamlar va hayvonlarning qoya toshlarga o'yib ishlangan suratlari, umuman tosh va boshqa qattiq predmetlardagi yozuvlar kiradi. Ikkinchisi, ma‘naviy yodgorliklar bo'lib, ular turkumiga uzoq o'tmishdan qolgan qo'lyozma asarlar hamda odamlarning turish-turmushi va urf-odatlarini o'zida aks ettiruvchi materiallar, shuningdek kishilar ongida saqlanib qolgan urf- odat va an‘analar kiradi. Xullas, tabiat va jamiyatning kechmishi bilan bog’liq bo'lgan har bir narsa tarixiy manba bo'lishi mumkin, tabiat va jamiyat esa, bir- biri bilan chambarchas bog‘liqdir.
Tarixiy manbalar inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo'lgan, shuning uchun ham ijtimoiy hayotning hamma tomonlari va bo'lib o'tgan xodisalarni o'zida aks ettiradi. Shuning uchun ham qadimiy odamlarning turish -turmushi va ijtimoiy faoliyati qay tarzda kechganligini tarixiy manbasiz bilib va o'rganib bo'lmaydi. Moddiy (ashyoviy) manbalar tarkibiga nimalar kirishini biz yuqorida qayd etdik. Moddiy yodgorliklarni qidirib topish va o'rganish ishlari bilan arxeologiya ilmi (yunoncha; arxeo- qadimiy, logos-ilm) kishilik jamiyatining uzoq o'tmishni o'rganuvchi ilmdir.
Xalqlarning kelib chiqishi bilan bog’liq bo'lgan material va ma‘lumotlar, masalan, xalq, qabila va urug’ nomlari, inson qo'li va aql-zakovati bilan yaratilgan qurol va buyumlardagi naqsh va bezaklar, kishilar ongida, shuningdek og’zaki va yozma adabiyotda saqlanib qolgan o'tmish sarqitlari (urf-odat,rasm-ruso'm va an‘analar) kishilarning turmush tarzi etnografik manba hisoblanadi. Bula rning barchasini etnografiya (grek. etnos- xalq, grafo- yozaman xalq haqida / ilmi tekshiradi va o'rganadi.
Tilimizda, aniqrog’i uning leksik tarkibida uchraydigan, uzoq o'tmishdan qolgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘muriy, yuridik atamalar, joy hamda xalq, urug’, qabila nomlari va shunga o'xshash atamalar shubhasiz qimmatli material bo'lib, ajdodlarimizning ijtimoiy-siyosiy hayotini o'rganishga yordam beradi. Ularning kelib chiqishini va etimologiyasini lingvistika (lotin.lingua-til) fani o'rganadi.
Og’zaki adabiyot madaniyatning eng qadimgi sohalaridan bo'lib, uning ildizi ibtidoiy jamoa va ilk feodalizm tuzumiga borib taqaladi. Yozma adabietdan avval paydo bo'lgan xalq og’zaki ijodining durdonalari kishilarning turish- turmushi, ma‘naviy qiyofasi, urf- odati, ayniqsa uzoq o'tmishda xukm surgan ijtimoiy munosabatlar haqida qimmatli ma‘lumotlar beradi. Tarixiy manbalarning bu turi bilan folklor(nem.folk-xalq,lore- bilim;xalq donoligi) fani shugullanadi.
Tarixiy manbalarning muhimva asosiy turi bu yozma manbalar hisoblanadi.Tarix fanini chuqr urganish uchun bir qator yordam chi sohalar, xususan, paleografiya, diplomatika,geraldika , epigrafika, numizmatika, metrologiya, xronologiya kabi sohalarning qo'lgakiritgan yutuqlari ham katta yordam beradi.
Endi biz bevosita O’zbekiston tarixi fanini o’rganishdagi asosiy tarixiy manbalarga to‘xtaydigan bo’lsak, birinchidan, bu eng asosiy va muhimtarixiy manba zardushtiylik dinining muqaddas kitobi- "Avesto" hisoblanadi. "Avesto"da nafaqat zardushtiylik (otashparastlik) dinining tamoyillari, qonun-qoidalari asoslab berilgan, balki unda qadimgi ajdodlarimizning boshqaruv tizimi, ijtimoiy turmushi, madaniy va ma‘naviy hayotiga oid ma‘lumotlar berilgan. Ikkinchidan, o'tmish ota-bobolarimiz qoldirib ketgan va dunedagi juda ko'p xorijiy mamlakatlar, xususan Angliya, Frantsiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Turkiya, Rossiya va O’zbekiston ning kutubxonalarida saqlanayotgan boy va nodir qo’lyozma asarlar. Shunday qo’lyozmalar orasida podsho, shoh ,xon , amirlar saroyida yashagan solnomachi va muarrixlarning yozib qoldirgan asarlari oyat kimmatlidir. Uchinchi, va g‘oyatda muhim manbalardan biri- shoiru-yozuvchilar, olimu-fuzalolarning qoldirgan noyob asarlari Vatanimiz tarixini o'rganishda ajoyib va qimmatlima‘lumotlarni beradi.
Al-Xorazmiy,Ahmad Farg‘oniy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino,Ulug‘bek, Ali Qushchi, Imom al-Buxoriy, Navoiy, Bobur, Muqimiy, Furqat va boshqa ko‘plab allomalarning ijodlarida, ular yashagan tarixiy va madaniy-muhitga oid qimmatli fikr-xulosalar,tarixiy ma‘lumotlar mavjud.
Bundan tashqari O‘zbekiston tarixi fanini o‘rganishda hozirgi kunda mavjud bo‘lgan ilmiy asarlar, qo‘llanmalar, darsliklar, monografiyalar, risolalar, to‘plamlar, har xil muzeylarda, ayniqsa o‘lkashunoslik muzeylarida saqlanayotgan ko‘rgazma zallari xujjatlari,arxeologik qazilma yodgorliklari, muzey- shaharlar, tarixiy obidalar,kino, foto xujjatlar va hokazolar muhim va qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston tarixini o‘rganishning har tomonlama yetuk inson tarbiyalashdagi ahamiyati.
O‘zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o‘tmishi tarixi haqida bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma‘naviy jihatdan komil fuqaro etib,shakillantiradi.Prezident Islom Karimov ta‘kidlaganidek, yurtimiz tarixi «Har bir fuqoroni, jumladan yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadirlashga, uni ko‘z qorachig‘iday avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o‘rgatadi.» O‘zimizning boy o‘tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg‘ularini uyg‘otib, bugungi avlod kimlarni avlodi,kimlarni zoti va vorislari ekanini anglashga undaydi.
O‘zbekiston tarixi talaba- o‘quvchilarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohatlarni mohiyati va natijalarini, milliy, huquqiy davlatchilikni barpo etish, demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakillantirish jarayonlarini o‘rganadi. Bu o‘z navbatida yoshlarda ilmiy dunyoqarashni,siyosiy madaniyatni tarbiyalaydi, jamiyatda o‘z o‘rnini to‘g‘ri belgilashga ko‘maklashadi.
Xalqimizning buyukligi, kuchi uning boy ma‘naviy merosga ega ekanligi bilan belgilanadi. Xalqimizning ma‘naviy poydevori juda qadimiy va mustahkam. Ajdodlarimiz yetashtirib bergan o‘nlab yuzlab jahonga mashhur olimu- ulamolar,me‘moru-binikorlar, naqqoshlar, zargarlar, hunarmandlar, davlat arboblari, xalq qahramonlari hayoti, dunyoda birinchilar qatorida bunyod etilgan ilm va ta‘lim maskanlari faoliyati maskanlari talaba-o’quvchilari uchun intilayotgan yoshlar uchun bu boy ma‘naviy meros mustahkam tayanchdir. Uning zaminida tinimsiz va mashaqqatli mehnat, har qanday to‘siqlarni yengish, ilmga va ziyoga intilish kabi xislatlar yotadi. Bunday xislatlar vatan tarixini o‘qitish orqali yoshlarga sindiriladi.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining eng ulug’ ne'matlaridan biri shu bo’ldiki, Vatan tarixini hech qanday bo’yoqlarsiz, amalda hayotda qanday bo’lgan bo’lsa, shunday xolisona o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldik. Sovet hokimiyati yillarida Kommunistik partiya yurgizgan «ulug’» rus saltanati mafkurasi siyosatining natijasi sifatida O’zbekiston maktablari, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida Vatan tarixini o’qitish masalasiga umuman e'tibor berilmadi.
Vatan tarixi xalqimizning asrlar davomida ko‘pgina xalq, elatlar bilan ahil, hamjihat bo’lib yashaganligidan, yurtimizda turli diniy e‘tiqodlar erkinligi va inoqligi bo‘lganligidan guvohlik beradi. Bu mustaqil O‘zbekistonda yashovchi turli dinlarga e‘tiqod qiluvchi 120 dan ortiq millat va elatlar o’rtasida tinchlik, milliy totuvlik,birodarlikni yanada mustahkamlashga xizmit qiluvchi tarixiy saboqdir.
Shu boisdan vatan tarixini har tomanlama, chuqur o‘rganish muhim ahamiyatga molik vazifa bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda mustaqillik sharofati tufayli bog’chalardan tortib oliy o’quv yurtlarigacha bo’lgan ta‘lim-tarbiya tizimlarida O’zbekiston tarixi fanini o’qitishga katta e‘tibor berilmoqda,g‘amxurlik qilinmoqda.

Download 10,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish