TA’LIM TEXNOLOGIYASI
1 - Mavzu II «O'zbekiston tarixi» fanining predmeti. Ilmiy-nazariy va metodologik II asoslari. Fanni o'rganishning manbalari va ahamiyati
Ma'ruzani olib borish texnologiyasi modeli
Talabalar soni:
|
Vaqti: 2 soat
|
Mashg'ulot shakli
|
Kirish mavzu bo'yicha ma'ruza
|
Ma'ruza rejasi
|
O'zbekiston tarixining fan sifatidagi o'rni. Uning predmeti va o'rganish ob'ekti.
O‘zbekiston tarixini o‘rganishning nazariy-
metodologik asoslari va uni o‘rganish tamoyillari. O'zbekiston tarixini davrlashtirish.
Vatan tarixini o'rganishda moddiy va yozma
manbalarning o'rni hamda ahamiyati.
O'zbekiston tarixini davrlashtirish va uni o'rganishda tarixiy manbalarning o‘rni va ahamiyati.
|
Mashg'ulotning maqsadi: O'quv Fani haqida umumiy tasavvurni shakllantirish, tarix, tarixni urganishning nazariy-metodologik tamoyillari va manbalari, Barkamol avlodni tarbiyalashda Vatan tarixining axamiyatim , tarixni davrlashtirish haqida tushuncha hosil qilish
|
Pedagogik vazifalar
|
O'quv faoliyati natijalari:
|
O‘zbekiston tarixi fanining
predmeti, maqsad va vazifalari, tadqiqot ob'ekti, metodologik tamoyillar, dialektik metod, ilmiylik, tarixiylik, Milliy istiqlol goyasi, Vatan tarixini davrlashtirish, Vatan tarixini urganishning
axamiyati haqida ma'lumot berish
|
O‘zbekiston tarixi fani haqida ma'lumotga ega bo'ladilar, uning tadqiqot ob'ekti, nazariy-metodologik tamoyillari, tarixiylik tamoyili, vorisiylik tamoyili, davrlashtirish, tarixiy manbalar haqida ma'lumotlarga ega bo'ladilar.
Millatni ma‘naviy uyg‘onishda yoshlarni tarbiyasida bu fanning roli va ahamiyati yanada tushunib yetiladi.
|
O‘zbekiston tarixi fanining maqsad va vazifalari haqida umumiy ma'lumot beradi
|
Tarix suzining ma'nosi, O‘zbekiston tarixi fanining kup ming yillik tarixga ega ekanligi, yosh avlodni tarbiyalashda tarix fanining axamiyati, maqsad va vazifasini ajrata oladi
|
Tarixiy davrlashtirish va xronologiya.haqida ma'lumot beradi
|
Tarixiy davrlashtirish va xronologiya haqida ma'lumotga ega bo'ladilar
|
O'qitish usullari va texnika
|
Ma'ruza, «aqliy hujum», munozara, muammoli vaziyatlar usuli
|
O'qitish vositalari
|
Ma'ruza matni, tarqatma materiallar, slaydlar, proektor
|
O'qitish shakllari
|
Jamoa, to'g'ridan-to'g'ri va guruhlarda ishlash
|
O'qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalar bilan ta'minlangan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Og'zaki nazorat, savol-javob, o'z-o'zini nazorat qilish, reyting tizimi asosida baholash
|
1.2. «O'zbekiston tarixi» fanining predmeti. Ilmiy-nazariy va metodologik asoslari. Fanni o'rganishning manbalari va ahamiyati ma'ruzaning texnologik kartasi
Ish jarayonlari vaqti
|
Fuoliyulning mazmuni
|
O'qituvchi
|
Talaba
|
I-bosqich. Fanga va mavzuga kirish.
(20 minut)
|
1.1. O'quv fanining nomini aytib, fan doirasida dastlabki umumiy tasavvurni beradi, hamda uslubiy va tashkiliy tomonlari bilan tanishtiradi
|
Tinglaydilar
|
1.2. Fan bo'yicha o'tiladigan barcha mavzular bilan tanishtiradi, ularning uzviyligi haqida qisqacha ma'lumot beradi
|
Tinglaydilar
|
1.3. Fan yakunida qo'yiladigan reyting baholash mezonlari bilan tanishtiradi (1-ilova)
|
O'UM ga qaraydilar
|
1.4. Fanni o'zlashtirishda foydalanish uchun zarur bo'lgan adabiyotlar ro'yxati bilan tanishtiradi
|
O'UM ga qaraydilar
|
|
1.5. Birinchi o'quv mashg'uloti mavzusi bilan tanishtiradi va uning maqsadi, o'quv faoliyati natijalarini bayon qiladi
|
Mavzu nomini yozib oladilar
|
|
1.6. Birinchi mavzu yuzasidan aqliy hujum qoidasi asosida dars o'tkazishni taklif etadi. Doskaga «O‘zbekiston tarixini urganishdan maksad nima?» deb yozadi. Talabalar tomonidan aytilgan fikrlarni yozib boradi va umumlashtiradi (2-ilova)
|
Tushunchalarni erkin fikr orqali bildiradi
|
Il-bosqich. Asosiy
(50 minut)
|
2.1. Mavzu rejasi va tayanch tushunchalar bilan tanishtiradi ( slayd)
|
Tinglaydilar
|
2.2. Ma'ruzani reja bo'yicha tushuntiradi, har bir rejani nihoyasida umumlashtiradi. Jarayon kompyuter slaydlarini namoyish qilish bilan olib boriladi (3-ilova)
|
Tinglaydilar. Slaydga e'tibor qaratadi, uni o'ziga yozib oladi va savollar beradi
|
2.3. Har bir rejani mustahkamlash uchun quyidagicha savollar beradi:
Tarix deganda siz nimani tushunasiz?
O‘zbekiston tarixi fani o‘z oldiga qanday vazifalarni qo‘yadi?
O‘zbekiston tarixi fani nimani o‘rganadi?
O‘zbekiston tarixi qaysi davrlarga bo‘linadi?
Tarixiylik metodologiyasi deganda siz nimani tushunasiz?
|
Savollarga javob beradilar, erkin bahs-munozara yuritadilar
|
2.4. Tayanch iboralarga qaytiladi. Talabalar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi
|
Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muhokama qiladilar. Konspekt qiladilar
|
III-bosqich.
Yakuniy bosqich.
(10 minut)
|
3.1. FSMU uslubidan foydalanilgan holda juft-juft bo'lib ishlash uchun tinglovchilarga: «Xalqlar tarixini yoritishda O‘zbekiston tarixi fanining ahamiyatini ko'rsatib bering?» degan savol bilan murojaat qiladi, oldindan tayyorlangan tarqatma materiallarni tarqatadi. Ushbu usul orqali mavzu bo'yicha yakunlovchi xulosa qiladi. (4-ilova)
|
Mustaqil
FSMU jadvalini to'ldiradilar. Erkin fikrini bayon etadi
|
3.2. Talabalarning faoliyatiga baho qo'yiladi va rag'batlantiriladi
|
Eshitadi
|
Kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi
O‘qituvchi talabalar bilan kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish uchun faoliyat yo’nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog'liq bo’lgan masalalar belgilanadi. Mavzuning kerakli asosi yaratiladi. Mavzuni o‘rganishdan oldin talabalar mazkur muammo haqida tushunchaga ega bo‘lishlari lozim. Keyin guruh talabalari kichik guruhlarga, ya‘ni 3-5 kishidan bo’linishlari kerak. O’qituvchi tomonidan o‘quvchilarga aniq ko‘rsatmalar beriladi. Berilgan muammoni yechishda o‘qituvchi talabalarni qo‘llab-quvvatlab va yo‘naltirib turadi. Mavzu so‘ngida muhokama qilinadi.
O‘quvchi kichik guruhlarda ishlaganida, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.
“Insert” metodini o’tkazish bosqichlari
O‘qituvchi: - Talabalarni yangi mavzu bilan tanishtiradi.
Ularga mavzuni qisqacha bayoni tushurilgan tarqatma materiallarni beradi;
Talabalardan matn bilan tanishish jarayonida mahsus belgilar yordamida - —V”- tanish ma‘lumot; - “+”- yangi ma‘lumot “?”- bu ma‘lumot men uchun tushunarsiz;
Belgilangan vaqtdan so‘ng belgilar tahlil qilinadi;
Yakuniy xulosa shakllantiriladi.
Talaba: -Matn bilan yaqindan tanishadi va mahsus belgilar orqali o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini ifodalaydi;
O‘z-o‘zini baholaydi.
Kutiladigan natija: Talabalar yangi mavzu bilan tanishadilar, pedagogik texnologiyalarni turkumlashtirish mavzusi bo‘yicha lozim bo‘lgan bilimlarni o‘zlashtiradilar.
Turli millatlarning madaniyatiga milliy qadriyatlari va
vakillariga hurmat
Diniy bag‘rikenglik
Bilimga intilish, ma‘rifatli bo‘lish
Xorij tajribalarini o‘rganish va qo‘llash, jaxon madaniyati
yutuqlari bilan yaqin munosabatda bo‘lish
M
Do'stlaringiz bilan baham: |