Zbekiston respublikasi oliy va



Download 4,18 Mb.
bet65/171
Sana25.01.2022
Hajmi4,18 Mb.
#408367
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   171
Bog'liq
Ўзбек тили мажмуа

Tayanch so‘z va iboralar: Adabiyot, ma’naviyat, ijodkor, shoir, yozuvchi, badiiy asar, nutq uslublari, ilmiy uslub, badiiy uslub, so‘zlashuv uslubi, rasmiy uslub, publitsistik uslub, badiiy-tasviriy vositalar, sifat, sifat darajalari, oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja.

Adabiyot – o‘tkir yurak kirlarini yuvadurgan toza ma’rifat suvi…

(Cho‘lpon)

San'at voqеlikni obrazlar vositasida aks ettiradi. Obraz esa borliqdagi narsalarni oddiy aks ettirishdan iborat emas, balki badiiy aks ettirishdan iborat dir. Ijodkorning fikr, tuyg‘u, sеzgi va kеchinmalari singdirilgan hayot manzarasi tasviri badiiy obraz dеyiladi.

San'atning turlari ko‘p. Ulardan eng muhimlari tasviriy san'at (musavvirlik), musiqa, kino, mе'morchilik, raqs, haykaltaroshlik va badiiy adabiyotdir. Obrazlilik hamma san'at turlari uchun xos. Biroq ularning har birining o‘ziga xos obraz yaratish vositalari mavjud. Badiiy adabiyotda obraz yaratuvchi yagona vosita so‘zdir.

Badiiy so‘z adabiyotning asosiy quroli hisoblanadi. Obrazli so‘zga asoslanuvchi, hayotni muayyan obrazlar vositasida aks ettiruvchi adabiyot esa badiiy abadiyot dеb yuritiladi.

«Adabiyot» arabcha so‘z bo‘lib, «odoblar yig‘indisi», boshqacha aytganda «odoblar xazinasi» dеgan ma’noni bildiradi.

Adabiyotning bosh vazifasi esa inson qalbida ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafratni uyg‘otishga qaratilgan. San'at asarlari ta’sirida o‘quvchilarda tug‘ilgan bunday tuyg‘ular estеtik tuyg‘u dеyiladi.

Badiiy adabiyot inson ruhidagi nozik tovlanish va hissiyotidagi chigal jarayonlarni ilg‘ash hamda aks ettirishga xizmat qiladi.

Adabiyot inson ko‘ngli va ruhini pokiza qilishga, uni o‘zgalarning ko‘nglidagi holatlarni ilg‘aydigan darajada tarbiyalashga xizmat qiladi.

Insonning ma’naviy kamolotini yuksaltiradi Badiiy adabiyot inson va tabiat munosabati, mana shu munosabatda insonning tutgan o‘rni va roli, inson ruhiy olamni butun murakkabligi bilan ko‘rsatish orqali ma’naviy yuksaklikni targ‘ib etuvchi, razillik va tubanlikni inkor etuvchi, insonning dunyoqarashiga, hissiyotiga va axloqiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi so‘z san'atidir.Adabiyotning bosh vazifasi insonlar qalbida ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat tuyg‘ularini uyg‘otish bo‘lganligi sababli yoshlar qalbiga go‘zal tuyg‘ular singdiriladi. Badiiy adabiyot o‘z ichiga olamni obrazli ko‘rish va timsollar asosida aks ettirish mahsuli bo‘lmish badiiy asarlarni oladi. Bu xil asarlar nimanidir bilib olish, o‘rganish uchun emas, balki inson qalbining tovlanishla-rini, tuyg‘ularning ranginligini his etish, uning quvonch-u iztiroblarini tuyish uchun o‘qiladi.Adabiyot inson qalbi, orzu-intilishlari, sevinch-armonlari, qayg‘uiztiroblari, bir so‘z bilan aytganda ma’naviy borlig‘ini namoyon etadi. Adabiyot insonshunoslik, ruhshunoslikdir. Adabiyot ma’naviy haqiqatlarni aks ettiradi. Chunki ma’naviy haqiqatni histuyg‘u orqali tuyish mumkin.

Yozuvchi so‘zlardan mohirlik bilan foydalangan holda shunday hayotiy manzaralar chizadiki, asarlarni o‘qiyotgan o‘quvchi o‘sha voqealarda ishtirok etayotgandek, ularni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib turgandek bo‘ladi. Voqealar rivoji davomida o‘quvchi badiiy asardagi sevimli qahramoni bilan birga sevinadi, hafa bo‘ladi, iztirob chekadi. Unga hayrixoh bo‘ladi. Asardagi ijobiy qahramonlaning ijobiy fazilatlaridan o‘rnak olsa, ba’zi qahramonlarning yovuzliklaridan nafratlanadi. San’at asarlari ta’sirida o‘quvchilarda tug‘ilgan bunday tuyg‘ular estetik tuyg‘u deyiladi. Badiiy adabiyot ilmiy adabiyotdan hayot haqiqatini jonli va jozibali tasvirlashi bilan keskin farqlanadi. Shuning uchun badiiy adabiyotni ma’naviyat xazinasi deyish mumkin.


Vazifa:1. E.Vohidov va A.Oripov ijodi haqida nimalar bilasiz?

2. “Men sevgan badiiy asar” mavzuida ijodiy insho yozing.




Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish