M m harfi muborak, tomon, ilhom kabi so‘zlarda ovozdor lab-lab burun undoshini ifodalash uchun yoziladi.
D d harfi
dala, odat, bunyod, modda, jiddiy kabi so‘zlarda til oldi jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;
obod, savod, marvarid; zavod, pud, sud; badqovoq, badxo‘r kabi so‘zlarda t aytilsa ham, d yoziladi.
T t harfi tong, tun; butun, o‘tin, o‘t, kut kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Z z harfi
zar, zamon; toza, o‘zbek; yoz, g‘oz kabi so‘zlarda til oldi jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;
iztirob, izquvar, bo‘zchi, tuzsiz kabi so‘zlarda jarangsiz undoshdan oldin s aytilsa ham, z yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |