Mavzuga oid ilmiy-nazariy, falsafiy, pedagogik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish.
Dang’ara tuman1-son kasb-hunar maktabida joriy qilingan Professional ta’lim tizimida katta ustaning shaxsiy ish rejasini tashkil etish va ularni yuritish ishlarini bayon qilish.
1-BOB. PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMIDA DAVLAT SIYOSATI
1.1 Professional ta’lim tizimidagi islohatlar. Professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, о‘rta va о‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish maqsadida:
1. 2020/2021 о‘quv yilidan boshlab О‘zbekiston Respublikasida Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (keyingi о‘rinlarda — Xalqaro tasniflagich) darajalari bilan uyg‘unlashgan yangi boshlang‘ich, о‘rta va о‘rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etilsin.
2. Quyidagilar:
Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari rо‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida о‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari rо‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan о‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan, oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan ta’lim muassasalari rо‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
Kasbga о‘qitish markazlarini tashkil etish uchun О‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimiga о‘tkaziladigan kasb-hunar kollejlari rо‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim muassasalari quvvatlarini oshirish, istiqbolda xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarini tashkil etish uchun beriladigan kasb-hunar kollejlari rо‘yxati 5-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim muassasalarining kо‘p tarmoqli о‘quv markazlari va amaliyot poligonlarini tashkil etish uchun beriladigan kasb-hunar kollejlari rо‘yxati 6-ilovaga muvofiq;
Binolari umumiy о‘rta ta’lim muassasalari sifatida foydalaniladigan kasb-hunar kollejlari rо‘yxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga zarur hollarda ushbu band bilan tasdiqlangan rо‘yxatlarga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Belgilab qо‘yilsinki:
a) boshlang‘ich, о‘rta va о‘rta maxsus professional ta’lim muassasalariga Xalqaro tasniflagich bо‘yicha asosiy ta’lim dasturlaridan tashqari quyi darajadagi ta’lim dasturlari bо‘yicha kadrlar tayyorlash huquqi beriladi;
b) tizimda mos ravishda boshlang‘ich, о‘rta va о‘rta maxsus professional ta’lim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat professional ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi;
v) kasb-hunar maktablarida:
kadrlar tayyorlash umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi;