‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy psixologiya



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/253
Sana27.08.2021
Hajmi5,99 Mb.
#157064
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   253
Bog'liq
77umumiypsixologiyapdf

Faktorli  tahlil.  Barcha  o‘ziga  xos  aqliy  qobiliyatlar  orqali 
o ‘tadigan  umumiy  qobiliyat  faktori  mavjudligini  aniqlash  uchun 
psixologlar  ularning  o‘zaro  ta’sirini  o ‘rganishadi.  “Takrorlash  tahli- 
li” nomli statistika metodi izlanishlarga umumiy qobiliyatli  o‘lchash 
uchun  testlarga  kerakli  savollami  tanlash  imkonini  beradi.  Misol 
uchun lug‘at bilan bog‘liq savollami oson ishlaydigan insonlar matn- 
ni  ham  yaxshi  tushunishadi.  Bu  to‘plam  verbal  intellekt  faktorini 
aniqlashga  yordam  beradi.  Boshqa  savollar  to‘plamlari  ham  makon 
faktori va mulohaza faktorini o‘z ichiga oladi.
Faktorli tahlil  ishlab chiqarishga o‘z hissasini qo‘shgan Charlz  Spir- 
man bo‘ladi. Charlz Spirman  o‘ziga xos faktorlar asosida yotuvchi umu­
miy intellekt mavjud deb hisoblagan.  Uning fikricha,  insonlarda buyuk 
qobiliyatlar  bo‘lishi  mumkin.  Biroq  verbal  intellekt  faktori  bo‘yicha 
yuqori  ko‘rsatkichli  odamlar  odatda makon  qobiliyati  va  mantiqiy  qo­
biliyat  faktorlarini  yechish  natijalari  bo‘yicha  o‘rtachadan  yuqoriroq 
natijalarga erishganlar.  Shunday qilib har xil qobiliyatlar  bitta guruhda 
bo‘ladi  degan kichik tendensiya mavjud.  Charlz  Spirmanning fikricha, 
bu G faktori bizning butun ongli faoliyatimizga javob beradi.
Gavard  Gardner  Tyorstou  g‘oyasini  m a’qullaydi,  chunki  u  zako- 
vat har xil qobiliyatdan kelib chiqqan degan edi. Uning fikricha miya
240


jarohatlanganda bir qobiliyatni pasaytirish mumkin, hammasini ham 
emas.  Gavard Gardner  maxsus qobiliyatli, ya’ni “Indigo” insonlami 
ham  o‘rgandi.
Masalan: daholik sindromi bor odamlar aqllilik testida baland nati- 
jaga  erishadilar,  chunki  bunday  insonlarda  nodir  qobiliyat  bo‘ladi. 
Misol  uchun  ular  rasm  chizishda,  raqamlarda  yoki  musiqani  eslab 
qolishda  qobiliyatliroq  bo‘lishadi.  Ular  til  o‘rganishda  qiynalishlari 
mumkin,  lekin  raqamlar  bilan  xuddi  kalkulyatordek  ishlay  oladilar. 
Tarixiy  sanalar, hafta kunlari ham shu jumladan hisoblanadi.  Bu ho- 
latlami hisobga olgan holda, Gavard Gardner insonda bitta emas  bir 
nechta  qobiliyat  to‘plami  bo‘ladi  va  ular  bir-biriga  bog‘liq  emas 
degan  xulosaga  keladi.  Faqatgina  verbal  va  matematik  qobiliyatlar 
bilan cheklangan holatda, u qobiliyatni musiqiy sayqallarga bog‘liqni 
tasavvur  qilish  va  tahlil  qilishga  va  atrof-muhitga  va  o‘ziga  ziyrak 
o‘tkir nigoh bilan qarashini ta’kidlab o‘tgan.
Yozuvchi  T.S.Eliota,  olim  Albert  Eynshteyn,  bastakor  Igor 
Stravinskiy, raqqosa Mart Grehem, psixiatr Zigmund Freyd, jamiyat 
yo‘lboshchisi Mahatma Gandi va tabiatshunos Charlz Darvin altema- 
tiv  zakovat  sohiblari  sifatida namoyon bo‘lishgan.  Gavard  Gardner 
fikrlariga ko‘ra, ko‘chada o‘sgan  o ‘spirin  keyinchalik namunali ish- 
chi bo‘lib yetishgan insonning biron-bir markaziy basketbol jamoasi 
yetakchisining qobiliyatlari bilan bir xil bo‘lmaydi,  aksincha turli xil 
bo‘ladi.
Sandra Skarr (1989) qarashlarida “Koshki edi insonlardagi bir so- 
hada sezilgan kamchilik,  boshqa  bir sohada o‘zini namoyon qilganda 
edi,  shunda dunyo ham adolatli bo‘lar edi“, -  deb ifodalagan. Afsus- 
ki, dunyo biz o‘ylaganimizdek odil emas, hamda qobiliyatlar orasida 
ham o ‘zaro moyilliklar bo‘lib turadi.
Masalan:  aqli  zaif insonlarda jismoniy  qobiliyatlar  ham  kamroq 
bo‘ladi.  Shuning  uchun  bu  kabi  insonlar  uchun  maxsus  olimpiada 
o‘yinlari o‘tkaziladi va ular adolatli o‘yindan bahramand bo‘ladilar.
Tadqiqodchilar  Gavard  Gardnerga ko‘p  marotaba turli  xil  qobili- 
yatlami  “zakovat”  ostida  birlashtirib  o ‘tkazish  o ‘rinlimi  deb  savol 
berishadi.  Verbal va mulohazali ko‘nikmalar muhimroq emasmi  deb 
ham  so‘rashadi.  Ulaming fikricha zakovat -  bu aqliy  qobiliyat.  Mu-
241


siqaga  va  ritmikaga  b o lg an   qobiliyatlarsiz  ham  yashasa  bo‘ladi  va 
ulami  “talant”  (qobiliyat)  deb  atash  ma’qulroq. Agar  insonlarga jis- 
moniy  qobiliyat yetishmasa,  ulami  aqliy  qobiliyati  yetishmaydi  deb 
hisoblash to‘g ‘rimi? Gavard Gardner ta’kidlaydiki, qobiliyatning bar- 
cha  shakllari  ichki  ma’noga  ega va ular  aniq bir  madaniyat va  kon- 
tekst ostida orttiriladi yoki shakllanadi76.
I.RPavlov  asarlarida  «badiiy»,  «fikrlovchi»  va  «o‘rta»  tiplar  deb 
qayd  qilingan  mazkur  tipologiya  kishining  oliy  asab  faoliyati  unda 
ikkita  signal tizimi mavjudligi bilan belgilanishiga muvofiq ta’limot 
bilan bog‘langandir.  Birinchi  signallar  tizimi  obrazli,  emotsional  va 
ikkinchisi  ana  shu  obrazlar haqida  so‘zlar  orqali  signal  berish  bilan 
bog‘liq,  ya’ni  signallaming  signali  bilan  bog‘liq.  Garchi  qobiliyat­
ning rivoji har turli odamlarda mutlaqo bir xil bo‘lmagan tabiiy shart- 
sharoitlarga  bog‘liq  bo‘lsa  ham,  yuqorida  ko‘rib  o‘tilgan  iste’dod 
nishonalari va qobiliyat o ‘rtasidagi nisbat, qobiliyat shunchaki tabiat 
in’omi emas, balki kishilik tarixining mahsuli ekanligini ko‘rsatadi.
Odatda  qobiliyat  insonga  shaxsning barcha  individual-psixologik 
xususiyatlari  kabi  tabiat  tomonidan  tug‘ma  ravishda  tayyor  holda 
berilmaydi, balki hayot davomida va faoliyat jarayonida shakllanadi. 
Ilmiy  psixologiya  qobiliyatning  tug‘maligi  nazariyasini  inkor  etib, 
shaxs qobiliyatining noma Turn tabiiy omillar tomonidan azaliy belgi- 
lanishi to ‘g‘risidagi tasavvurlarga qattiq zarba beradi.  Shuni uqtirish 
joizki, qobiliyatning tug‘maligini inkor qilish mutlaq xususiyatga ega 
emas,  albatta.  Lekin  qobiliyatning  tug‘ma  ekanligini  tan  olmaslik, 
miya tuzilishi bilan bog‘liq differensial xususiyatlaming tug‘maligini 
inkor  qiladi,  degan  so‘z  emas.  Layoqat  esa  qobiliyatning  tabiiy  za- 
mini  sifatida  faoliyatda  muhim  o ‘rin  tutadi.  Layoqat,  deb  qobiliyat 
taraqqiy etishining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon bo‘ladigan 
miya tuzilishining,  sezgi  a ’zolari  va harakatlaming morfologik ham- 
da fimksional xususiyatlariga aytiladi.
Tug‘ma layoqat jumlasiga nozik hid sezish, binobarin, bilish anali- 
zatorlarining  alohida  yuksak  sezgirligi  muvofiqdir.  Shaxs  muayyan 
tabiiy layoqatga ega bo‘Isa,  u holda o‘ziga taalluqli  qobiliyatni  rivoj­
lantirish nisbatan oson kechadi.  Insonlaming kasbiy qobiliyati ular la- 
yoqatlarining rivojlanish mahsulidir. Layoqat ko‘p qirrali psixik hodisa

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish