‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy psixologiya


IRODA JARAYONLARI VA ULARNING TAVSIFI



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/253
Sana27.08.2021
Hajmi5,99 Mb.
#157064
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   253
Bog'liq
77umumiypsixologiyapdf

IRODA JARAYONLARI VA ULARNING TAVSIFI
Psixologiya  fanida  iroda  kategoriyasi  kishilik jamiyati  ijtimoiy- 
tarixiy,  ijtimoiy-psixologik taraqqiyotining har bir bosqichida muay­
yan darajada o ‘rganilgan.  Chunki, taraqqiyotning har bir davri uchun 
shaxs  kamoloti  alohida  ahamiyat  kasb  etgan,  uning  muhim  tarkibiy 
qismlaridan biri bo‘lgan irodaviy sifatlar, ulaming turmushdagi o ‘mi 
qat’iy  ta’kidlangan.  Jamiyat  farovonligini  harakatlantimvchi  kuchi 
sifatida  shaxsning yuksak darajada ulug‘lanishi  va baholanishi unga 
nisbatan diqqat-e’tibor sira pasaymagan.  Shuning uchun iroda falsafa 
va psixologiya fanlarining tadqiqot predmetida puxta o‘rin egallagan-
206


ligi  uning  dolzarb  mavzu  ekanligini  bildiradi.  Hozirgi  davrda mam- 
lakatimizda barkamol avlod shakllanishiga munosabat davlat siyosati 
darajasiga  ko‘tarilganligi  tufayli  mazkur  muammo  keng  ko‘lamda 
tadqiq qilinmoqda.
«Iroda» tushunchasi psixiatriya,  psixologiya,  fiziologiya va falsa- 
fada keng  qo‘llaniladi. Adabiyotlarda  iroda  o‘zining  oldiga  qo‘ygan 
maqsadga  erishish vositasi  deb  qaraladi.  Borliqni  aks  ettirish,  faoli- 
yatni  muayyan  yo‘nalishda  tashkil  qilish,  muammolar  yechimini 
egallash yuzasidan ma’lum bir qarorga kelish, uni amalga oshirish ja­
rayonida  qiyinchiliklami  yengish harakatlar yordami  bilan ro‘yobga 
chiqadi. Aynan shu harakatlar irodani aks ettiradi.
Iroda  odamning  о z  xatti-harakatini  ongli  suratda  tartibga  so- 
lishdir,  bu  esa  ko'zlangan  maqsadni  amalga  oshirishda  uchragan 
to ‘siqni bartaraf qilishda  ifodalanadi.
Odamning o ‘z faoliyatini va xatti-harakatini tartibga solish, umu- 
man,  shunda  ifodalanadiki,  u  lozim  bo‘lib  qolgan  holda  harakat va 
amalni ishga solishi, bu harakat va amalni kuchaytirishi yoki susayti- 
rishi,  tezlashtirishi  yoki  sekinlashtirishi,  vaqtincha  to‘xtatishi,  keyin 
yana  davom  ettirishi,  maqsadga  erishilgandan  so‘ng  esa  butunlay 
to‘xtatishi mumkin.
Xatti-harakatlarni tartibga solish va  to ‘siqlarga qarshi kurashish 
protsessida yuz  beradigan  har  qanday  о ‘zgarish  kishida  irodaviy 
zo ‘r berish hissini tug ‘diradi.
Odam irodasi  butun ong bilan bog‘langandir,  shuning uchun ham 
irodaviy nazorat bo‘lmagan biror-bir ongli harakatini uchratish qiyin. 
Lekin  bu  nazorat  har  xil  tipdagi  ish-harakatlarda  bir  xilda  ifodala- 
navermaydi. Bir xil ish-harakatlarda, ayniqsa ular qiyin va yangi ish- 
harakatlar  bo‘Isa, bu nazorat ravshan namoyon bo‘ladi (ayni shunday 
ish-harakatlar asli irodaga taalluqli bo‘ladi); ikkinchi bir xil, o‘rganib 
qolingan  ish-harakatlarda,  ayrim  operatsiyalaming  avtomatlashgan- 
ligi  sababli,  nazorat kuchsiz bo‘ladi;  uchinchi bir xil,  affekt harakat- 
larda nazorat uzilgan yoki butunlay buzilgan bo‘ladi.
Irodaviy  ish-harakatlar  har  xil  bo‘lishi:  ijtimoiy  va  shaxsiy; 
kollektiv  va  individual  mehnat,  o ‘qish  va  o‘yinlarga  oid  ish-hara­
katlar bo‘lishi mumkin.
207


Murakkab  irodaviy  ish-harakatlar  strukturasida  uch  bo‘g ‘in  -  
maqsad  qo‘yish,  fikrda  planlashtirish  va  ulami  amalga  oshirish 
bo‘g‘inlari bir-biridan farq qilinadi.
Maqsad qo‘yish odamning  shu maqsadga bo‘Igan o‘z motivlarini 
anglab  olish  bilan  bog‘liqdir.  Masalan,  havas  yaxshi  anglab  olin- 
magan  niyat  bo‘lib,  bunda  odam  biror  narsa  yetishmay  turganidan 
qattiq  iztirob  chekadi,  lekin  tug‘ilgan  niyatning  nimaligini,  ehti- 
yojni  qondirishning  maqsad  va  vositalarini  ravshan  tasavvur  etol- 
maydi.  Bunday motivlaming  yolg‘iz o ‘zi  ta’sirida hali  harakat  sodir 
bo‘lmaydi. Xohishning o‘zi eng yaxshi anglangan motivdir.
Bunday  yuksak  motivlar  bilan  past  motivlar  kurashi  protsessida 
iroda tarkib  topadi, binobarin, bunday hollarda kurash natijasi  odam 
irodasiga obyektiv baho bo‘ladi.
M a’naviy  jihatdan  tarbiyalangan  odam,  yuksak  motivlaming 
kuchliligi bilan  ajralib  turadi. Natijada uning ko‘pgina murakkab xatti- 
harakatlari  motivlaming  uqubatli  kurashsiz,  boshqacha  aytganda, 
qalb da’vati bilan sodir bo‘ladi.
Shaxsning irodaviy xislatlari (sifati, xususiyati) maqsadni amalga 
oshirishda uchragan to‘siqlami yengish borasida odamning tajribada 
hosil  qilgan  o‘ziga  xos  usullardan  iboratdir.  Shaxsning  irodasi,  tub 
m a’nosi  bilan  aytganda,  har  xil  irodaviy  xatti-harakatlar  va  xususi­
yatlar majmuyidir.
Harakatning  maqsadga  qaratilganligi  odamning  bosh,  yetakchi 
irodaviy xususiyatidir.
Shaxsning  boshqa  eng  muhim  irodaviy  xususiyatlarini  sanab 
o ‘tamiz.  Tashabbus  o ‘z  xohishi  bilan  ish,  amal  qilish  va  xatti- 
harakat  ko‘rsata  bilish;  q a t’iyatlilik  ikkilanmasdan,  har tomonlama 
o‘ylab  qarorlar  qabul  qila  olish  va  ulami  izchil  suratda  amalga  oshi- 
ra  bilish;  sabotlilik  ~  qiyinchiliklarga  qarshi  kurashda  g ‘ayratni 
bo‘shashtirmasdan  maqsad  orqasidan  doim  uzoq  vaqt  quva  bilish; 
sabotlilik -   qabul  qilingan  qaromi  amalga  oshirishga  xalaqit  beruv- 
chi  ish-harakat,  his  va  fikrlami  to‘xtata bilish;  yig‘noqlik -   o‘z  ish- 
amallari  va  xatti-harakatlami  planlashtira  olish,  ijro  etishda  planga 
amal qila bilish.
Shaxsning  irodasizlik  yoki  bo‘sh  irodalilikdan  iborat  xususiyat­
lari  ham  xilma-xildir,  bular prinsipsizlik,  tashabbussizlik,  yengiltaklik,
208


ju r’atsizlik,  shoshma-shosharlik va boshqalardir.  Bular irodaning ijobiy 
irodaga mutlaqo zid xususiyatlaridandir. Tirishqoqlik yalqovlikka, dadil- 
lik  (va jasurlik)  qo‘rqoqlikka,  mardlik jur’atsizlikka,  sabotlilik  qaysar- 
Iikka, qat’iyatlilik qat’iyatsizlikka qarshi qo‘yiladi va hokazo.
Bu  yoshda  ko‘p  irodaviy  sifatlar  ham  xarakter  xususiyati  bo‘la 
olish  darajasida  barqaror  bo‘lmaydi.  Yuqori 
sinf  o‘quvchisi  tez 
g‘ayratga kiradi va bu ruhiy ko‘tarilish holatida katta qiyinchiliklami 
yenga  oladi,  maqsadga  erishish  yo'lida  qat’iylik  ko‘rsata  oladi.  Le­
kin,  uning  g ‘ayrati  oldindan  payqalmagan  qandaydir  biror  to‘siqqa 
duch  kelsa,  u  shunday  tez  soviydi.  Unda  ichki  tormozlanish  yetarli 
darajada mashq olgan va o‘smirlardagidek qarama-qarshiliklar, buzi- 
lishlar uchramaydi, ammo uning irodaviy g‘ay rati hissiyot, qiziquvlar 
bilan hamon mahkam bog‘langan bo‘ladi.
Yuqori  sinf  o‘quvchilari  irodasining  o‘sishiga  barqaror  hayotiy 
g‘oyalaming  tarkib  topishi  g‘oyat  zo‘r  ta’sir  ko‘rsatadi.  0 ‘smir  o‘z 
hayotining  maqsadi  haqida  endigina  o ‘ylay  boshlaydi,  yuqori  sinf 
o‘quvchisi  esa  butun  sharoit  talabi  bilan  o‘zining  hayot  yo‘lini  tan- 
lash zarurati  oldida turadi.  U  doimo  o‘z  qiziqishlari,  mayl va qobili- 
yatiga baho beradi, o‘z iste’dodi, kasbi haqida o‘ylaydi, o‘zini amalda 
sinab  ko‘radi.  G‘oyalar  kundalik  tarbiyaning  istalgan  maqsadigina 
bo‘lmasdan,  balki  muhim  vositasi  hamdir.  G ‘oyalar  irodaning  nima 
maqsadga qaratilishini belgilaydi.

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish