‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy psixologiya


TUSHUNISH IJODIY TAFAKKUR MUAMMOSI SIFATIDA



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/253
Sana27.08.2021
Hajmi5,99 Mb.
#157064
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   253
Bog'liq
77umumiypsixologiyapdf

TUSHUNISH IJODIY TAFAKKUR MUAMMOSI SIFATIDA
Psixologiyada  “tushunish”  atamasi  hozirgacha  keng  yoki 
tor  m a’noda  qo‘llanilmoqda.  Agar  tushunish  keng  m a’noda 
qo‘llanilganda  insonning  predmetli  olam  bilan  o ‘zaro  ta ’sir  etishi- 
ning  har  qanday  psixologik jabhalarida  bilish jarayonlarining  yor- 
dami  bilan  shaxs  tomonidan  tahlil  qilish  hodisasi  nazarda  tutiladi. 
Mazkur  voqelikda  tushunish  shaxs  aqliy  faoliyatining  ko‘pqirrali 
tavsifi  sifatida  olib  qaraladi.  Buning  natijasida u har qanday psixik 
j arayon, bilish va muomala bosqichlarining o ‘zgarmas atributi vazi­
fasini bajaradi.
Ushbu  fenomenni  eslab  qolishning  turlicha  ko‘rinishlari  mi- 
solida  o ‘rgangan  A.A.Smirnov  shu  m a’noda  undan  foydalanadi. 
A.A.Badalev  va  uning  shogirdlari  insonni  inson  tomonidan  idrok 
qilishning  asosiy  tarkibiy  qismlaridan  biri  sifatida  “tushunish” ter- 
minini  ta’kidlab  o‘tadi.  Tushunish  tor m a’noda  qo‘llanilganda psi­
xologik  hodisalar,  voqeliklar  bilan jism lar  o‘rtasidagi  aloqalar  va 
muhim  xislatlami  bevosita,  umumlashgan  tarzda  aks  ettirishning
177


tarkibi  ekanligi  uqtiriladi.  Bu  o ‘rinda  asosiy  diqqat-e’tibomi  tu- 
shunishni fikr yuritish faoliyatida topshiriq yechimini topish vositasi 
sifatida talqiniga fikrimizni qaratamiz.
“Tafakkur qatnashmaganda tushunish amalga oshishi mumkinmi?” 
degan  savolning  tug‘ilishi.  Mazkur  savol  yuzasidan  fikr  bildirish, 
unga javob qaytarish uchun E. G‘oziyevning fikricha, ikkita vaziyatni 
farqlash maqsadga  muvofiq:  a)  m a’lumni  tushunish;  b)  noma’lumni 
tushunish. Muallifning mulohazasiga ko‘ra odamlaming tanish xulq- 
atvori,  xatti-harakati,  etiketi,  muomala  maromi  va  so‘zlarini  tushunish 
esa  “eslash  -   tushunish”  shaklida  amalga  oshadi.  Bu  fikr  yuritish 
faoliyatining shunday shaklidirki, ushbu voqelik o‘tmish tajribasining 
faollashuviga asoslanadi.  Bunda tushunish lahzasi  insondan mutlaqo 
tafakkur jarayonini talab  etmaydi,  balki u o ‘tmishdagi fikrlash  faoli- 
yatiga  suyanadi.  Jumladan,  har  qanday  shahar  fuqarosi  ko‘chadagi 
svetofoming qizil rangi taqiqlash m a’nosini anglatishini tushunadi.
Psixologiyada  tushunishning  qarama-qarshi  ko‘rinishi  bo‘lmish 
yangi,  oldindan  noma’lum  omillar,  hodisalar  va  voqeliklami  tushu­
nish  vaqt  jihatidan  kengroq  qamrovga  ega.  Bunday  tushunish  bir 
qator  bosqichlardan  tashkil  topgan  bo‘lib,  u  hamisha  fikr  yuritish 
faoliyatida uzluksiz,  qizg‘in ishtirok etadi.  Bunda  shaxs tushunmoq- 
chi bo‘lgan hodisa, voqelik sababini aniqlash negizida u qanday tuzi- 
lishga  va mohiyatga ega ekanligini tavsiflash fenomeni yotadi.
Ko‘pincha fanimizda ma’lum, tanish masalalami va mutlaqo yan­
gi  voqelikni  tushunish  yuzasidan  mulohaza bildiriladi.  Bu  tafakkur- 
ning faol ishtirokisiz yuzaga keladi va amalga oshuvchi tushunish esa 
eslash -  tushunish deb ataladi.
Tahlillar,  mulohazalar  negizidan  o‘z-o‘zidan  ikkinchi  muammo 
vujudga  keladi.  Odatda  “tafakkursiz  tushunish  namoyon  bo‘lishi 
mumkinmi?” degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Avvalo  tafakkur  bilan  tushunish  o‘zaro  uzviy  bogTiq,  lekin  ular 
(atamalar)  salbiy  teskari  aloqaga  ega.  Chunki  teskari  tomon  (fikriy 
jihatdan), antogonistik tushunish yoki tushunmaslik tafakkur vujudga 
kelishining asosiy manbalarining biri sifatida gavdalanadi.  Fikr yuri­
tish jarayonida  o‘zaro  aloqalaming muayyan belgisi  ijobiy tomonga 
o ‘zgarishi  kuzatiladi.  Bizningcha,  fikr  yuritish  faoliyatining  oraliq
178


natijalarida  tushunish  tafakkur  mahsuldorligi  va  muvaffaqiyatining 
zaruriy sharti tariqasida namoyon bo‘ladi.
Bunday  hodisaning  sabablaridan  biri  -   fikr  yuritish  faoliyatida 
ochilishi  shart  hisoblangan  aloqalar,  munosabatlar  bilish  obyektida 
to‘liq tushunilmaydi.  Buning  bosh  sababi,  fikr yuritish jarayonining 
subyekti o‘rganiluvchi obyektning ma’lum va noma’lum tomonlariga 
oid  aloqalar  o‘zaro  qiyoslaganida  ruhiy to‘siqlar va  qiyinchiliklarga 
duch keladi.  Buning oqibatida sinaluvchilar obyektning operatsional 
va  m a’naviy  tarkibini  shakllantirishda  ham  qiyinchiliklarga  uchray- 
dilar.  Bunday  fikriy  to‘siqlami  bartaraf etish  uchun  talaba  ularning 
nima sababdan vujudga kelganligi ustida bosh qotirishi lozim. Talaba 
tomonidan ma’lum bilan noma’lum o ‘rtasidagi bog‘liqlik mohiyatini 
tahlil  qilish  fikriy  muammoni  ruhiy  voqelikka  aylantiradi.  Shunday 
qilib, talabani tushunishga erishishi uchun o ‘ziga xos tushunish feno- 
meni  yuzaga  kelmasdan,  balki  bu  vaziyatda  fikr  yuritish  jarayoni 
ishtirok etadi, xolos.
Demak ikkinchi  savolga mana bunday javob berish mumkin.  Fikr 
yuritish  faoliyatini  amalga  oshirishning  bilish  obyektiga  oid  yangi 
tomonlarini,  qirralarini  namoyon  etishda  shaxsni  fikriy  izlanishdagi 
ayrim jabhalarining о‘mi va roli talaba tomonidan tushunilmaydi.
Uchinchi  savolga  javob  qaytarishda  diqqatni  shu  narsaga  qara- 
tish joizki, bilish faoliyatida tafakkur bilan tushunishni qiyoslash ay­
rim tadqiqotlarda va  shaxsiy izlanishimizda o‘rganilgan.  “Bu kezda 
o‘ziga xos  xususiyatga ega bo‘lgan tushunish jarayoni  hukm  suradi- 
mi?”  savolining  qo‘yilishi  tufayli  unga javob  salbiy  qaytarilishi  eh- 
timoldan  xoli  emas.  Ko‘pgina psixologlar  “tushunish jarayoni”  so‘z 
birikmasidan foydalanadilar. Lekin ular bu atamani aksariyat hollarda 
og‘zaki nutqda qo‘llaydilar, xolos. Go‘yoki ushbu voqelik izlanuvchi- 
lar uchun odatiy ahamiyat kasb etadi. Unda ilmiy ta’rif, baholash me- 
zoni to‘g‘risida fikr uchramaydi.  Psixologik manbalarda tushunishni 
baholash  mezoni  mavjud  emasligi  uni  quyidagicha  ta’riflashga  tad- 
qiqotchilami  majbur  etadi.  Jumladan,  G.S.Kostyuk:  “Shaxs  oldida 
turgan  topshiriq  yechimiga  yo‘naltirilgan  tushunish jarayoni,  aynan 
tafakkur jarayonining  o‘zidir.  Tushunishni  tafakkurdan  farqlanuvchi 
alohida j arayon sifatida qarashga hech qanday asosimiz yo‘q”, deydi.
179


Endi  tushunishga  taalluqli  to‘rtinchi  savol  yuzasidan  mulohaza 
yuritamiz.  “Tushunish to‘g ‘risida mulohaza bildirilganda,  uni  tafak- 
kuming o‘ziga xos ko‘rinishi deb ta’riflasa bo‘ladimi?”
Tushunish tafakkuming alohida turi tariqasida hukm surmaydi, ja- 
rayon sifatida faoliyat ko‘rsatmaydi, chunki u doimo tafakkuming bir 
tarkibi bo‘lib hisoblanadi.
Bizningcha,  shaxsning  faoliyatida  tushunishni  shakllantimvchi 
uchta bilishga oid jabha o‘ta qiymatli ahamiyat kasb etadi:
1) 
yangi materialda maTumni tanish;
2) 
o‘tmishdagi  yoki  kelajakdagi  obyekt,  vaziyat  to‘g ‘risida  fa- 
razni o'rtaga tashlash, bashorat qilish;
3) 
tushuntirishga  yo‘naltirilgan  obyekt  unsurlarini  yaxlit  holga 
keltirish uchun ulami birlashtirish.
Tushunish tafakkurdan  keskin  farq qiluvchi  mustaqil  psixologik ja- 
rayon  bo‘lib  hisoblanmaydi,  balki  uning  bir  bosqichidir.  Tushunish  -  
bu  tafakkur  tarkibi,  uning  vujudga  keltimvchi  jarayonlaridan  biri. 
Tushunish  subyektga  (sinaluvchi  talabaga)  oldindan  tanish,  m a’lum 
tomonlari  bilan  bilish  obyektining  yangi  ochilayotgan  xislatlari  bi­
lan  aloqalami  o‘matishni,  obyektning  yangi  xususiyatlarining  ope- 
ratsional ma’nosini  shakllantirishni,  ulaming  o‘mi va rolini  farqlash 
faoliyati tuzilishida aniqlashni ta’minlaydi.
Yangi  materiallami  tushunishda  (nomaTurn  dalillar,  hodisalar va 
hokazo) sinaluvchi hamisha fikriy topshiriqni yechishi kerak. Chunki 
yangilikni,  noma’lumni  tushunishning  shakllanishi  fikrlash  faoliya­
tida yuzaga keladi va uning natijasi bo‘lib hisoblanadi. Agar talabaga 
m a’lum hodisa yoki  holatni tushunish zamr bo‘lsa, bunda tushunish 
tafakkuming ishtirokisiz amalga oshadi -  bu tushunish -  eslash deyi­
ladi.  Ushbu  fenomenning  har  qanday  shakli  talabaning  bilish  vazi- 
yatini  vujudga keltimvchi  obyektga takroran murojaat etilganida tu­
shunish -  eslashga aylanadi.
Tushunish  fikrlash  faoliyatida  namoyon  bo‘ladi,  unda  tushunish 
asosiy psixologik mazmunni tashkil qiladi,  faoliyatning tarkibi  sifa­
tida yordamchi rol o ‘ynaydi.

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish