huquqi va erkinligini buzadigan holatlami,
harbiy boshqaruv organ-
lari, harbiy mansabdor shaxs xatti-harakatlarining qonuniyligini tek-
shirish, hukmlar va boshqa sud qarorlari ijrosini ta’minlash yuklatil-
gan.
Harbiy sudlar 0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganligi
munosabati bilan yangi huquqiy institut sifatida tashkil etilgan edi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida qonuniylik va
huquqiy tartibotni ta’minlash maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1992- yil 28- fevraldagi «Harbiy tribunallar va har-
biy prokuratura organlari to‘g ‘risida»gi Farmoni bilan mamlakatimiz
hududida joylashgan harbiy tribunallar uning sud tizimiga kiritildi va
0 ‘zbekiston Respublikasi nomidan odil sudlovni amalga oshira bosh-
ladi.
Harbiy sudlar boshqa sudlar kabi o ‘z faoliyatida 0 ‘zbekiston Res-
publikasi
Konstitutsiyasi talablariga, boshqa qonunlar va huquqiy
hujjatlarga og‘ishmay amal qiladi, Oliy sud Plenumi qarorlari ular
uchun ham majburiy. Muayyan fuqarolik va jinoyat ishlari ko‘ril-
ganda Fuqarolik kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi (FPK) va Ji-
noyat kodeksi, Jinoyat protsessual kodeksida (JPK) belgilab berilgan
qoidalarga amal qiladi. Masalan, harbiy
sudda sudlanayotgan shaxs
o‘z aybsizligini himoya qilish uchun barcha protsessual huquqlardan
to‘la foydalanadi.
Harbiy sudlar tizimi «Sudlar to‘g ‘risida»gi Qonunda belgilab
berilgan va Qonunning 39- moddasiga muvofiq 0 ‘zbekiston Respub-
likasi Harbiy sudlar tizimi 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi harbiy
hay'ati, 0 ‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug vahududiy har-
biy sudlardan iborat.
Harbiy sudlar tizimda asosiy bo‘g‘in okrug va hududiy harbiy
sudlar hisoblanadi. Ular faqat birgina funksiyaga,
birinchi instansiya
bo‘yicha o‘z vakolati doirasida ishlami ko‘rib chiqish huquqiga ega-
dir.
Viloyat sud huquqi doirasida ish olib boradigan 0 ‘zbekiston Res-
publikasi Harbiy sudi harbiy sudlar tizimida o‘rta bo‘g‘in hisoblanadi.
Harbiy sudlarning eng yuqori sud instansiyasi 0 ‘zbekiston Res-
publikasi Oliy sudi harbiy hay’ati hisoblanadi.
17
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudlariga rahbarlikni 0 ‘zbekis-
ton Respublikasi Oliy sudi amalga oshiradi. 0 ‘zbekiston Respublika-
si Oliy sudi:
- harbiy sudlar ishining tashkil etilishini tekshirib turadi;
- harbiy sudlar sud amaliyotini, shuningdek, sud statistikasini yu-
ritish ishi qanday tashkil etilganligini o ‘rganadi va umumlashtiradi;
- harbiy sudlar sudyalarining malakasini
oshirish chora-tadbirla-
rini ko‘radi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus va-
kolatli organ va 0 ‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan
hamkorlikda xalq maslahatchilari saylovini o‘tkazishga doir ishlami
uyushtiradi hamda harbiy sudlami tashkil etish va ulami moddiy-tex-
nika jihatdan ta’minlash masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
0 ‘zbeksiton Respublikasi Oliy sudining
raisi harbiy sudlar ishini
tashkil etish masalalariga doir buymqlar va farmoyishlar chiqaradi.
Harbiy sudlar tarkibi, shtatlar soni, shtatdagi lavozimlar va shu la-
vozimlarga mos bo‘lgan harbiy unvonlar ro‘yxati 0 ‘zbekiston Res-
publikasi Oliy sudi raisining 0 ‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazi-
ri bilan kelishgan holda bergan taqdimnomasiga binoan 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: