Òzbekiston respublikasi oliy va òrta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti òzbek tili va adabiyoti fakulteti



Download 41,41 Kb.
bet1/3
Sana14.07.2021
Hajmi41,41 Kb.
#119211
  1   2   3
Bog'liq
Asliddinova M kurs ishi


ÒZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

ÒRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA

INSTITUTI

ÒZBEK TILI VA ADABIYOTI

fakulteti

Òzbek adabiyoti kafedrasi

KURS ISHI

MAVZU: 5-sinf adabiyot darslarida Antuan de Sent- Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asarini òrganish.

Bajardi: 4-kurs D guruh talababasi:

Asliddinova Mohichehra



Tekshirdi: Sharipova R

Navoiy - 2020

Mavzu: 5- sinf adabiyot darslarida Antuan de- Sent Ekzyuperining “ Kichkina shahzoda” asarini òrganish

REJA:

I.Kirish.Antuan de Sent-Ezkyuperi ijodining òrganilish tarixi.

II.Asosiy qism:

1.”Kichkina shahzoda” falsafiy ertagi haqida.

2.”Kichkina shahzoda” ertagining janrlilik xususiyatlari.

3.”Kichkina shahzoda” ertagining mavzu va ģoyasi.

4.Asarni adabiyot darslarida òqitish.

III.XULOSA. Bolalik insonning asl holatidir.

Mavzuning dolzarbligi. Antuan de Sent – Ekzyuperining asarlari allaqachon xx asr fransuz adabiyoti klassikasiga aylangan. Adibning adabiyotda òxshashi kam uchraydigan, romantik ruh, poeziya, nozik lirizm, falsafiy mushohadalar va insonlarga muhabbat ruhi bilan yòģrilgan asarlari jahonning juda kòplab tillariga tarjima qilinib, òz òquvchilarini topgan.

Adibning bolalik yillariga bòlgan munosabati kishiga hayratga soladi. “Bizning bolalik dunyomiz, sòzlashuvimiz, òyinlarimiz olami menga boshqa narsadan kòra hech qachon tuganmas borliqday tuyiladi,”- deydi u onasiga yozgan maktublaridan birida.

Sent – Ekzyuperi dunyoda ,xususan, Òzbekistonda avvalo “ Kichkina shahzoda” falsafiy ertagining muallifi sifatida ma’lum va mashhur. Uning asarlarini asosiy kasbi – uchuvchilikdan ayro holda qabul qilish mumkin emas, albatta. U òzini hech qachon professional yozuvchi deb hisoblamagan.

Sent – Ekzyuperi 12 yoshga tòlganda birinchi bor havoga kòtariladi: òsha davrning mashhur fransuz yozuvchisi Vedren uni samolyotda birga olib uchadi. Ana shu lahzadan boshlab parvoz ishqi yosh Antuanning hayotidagi asosiy, bir umrlik maqsadiga aylangan bòlishi mumkin.

Sent – Ekzyuperi uchun aviatsiya eng avvalo dunyoni òrganish, uni kashf etish, insondagi nodir fazilatlarni tarbiyalash, insonlar va mamlakatlar òrtasidagi hamkorlikka , birodarlikka yòl ochish vositasi edi. Umrning qisqaligi, insonlar òrtasidagi mehr- muhabbat, bir- birlarini tushunib yashashga bòlgan intilishlarning tiriklik mazmunini tashkil etishi Ekzyuperi yaratgan deyarli har bir asarning bosh ģoyasi edi.

Sent – Ekzyuperi ijodidagi muhim asarlardan biri bòlgan va yozuvchi nomini butun dunyoga mashhur qilgan “ Kichkina shahzoda” falsafiy ertagi 1942- yilda yozuvchi Nyu-Yorkda yashagan paytida yozildi. Ushbu asar janr va kompozitsiyasi bilan avvalgilaridan farq qiladi. U dunyoning kòplab tillariga tarjima qilingan va eng kòp nashr etilgan asarlaridandir.

Adabiyotshunos R.Grachyovning ta’kidlashicha, “Kichkina shahzoda” inson òzini poetik jihatdan his qilinishining ishonchli tabassumi bòlib qoldi. U yozuvchining boshqa asarlariga nur taratib turadi va ularni ushbu ertaksiz anglab yetish mumkin emas. Yozuvchi voqea va hodisalarni hikoya qilishni emas balki ana shu voqealar tufayli paydo bòlgan mulohazalarni bayon etishni muhim deb hisoblagan. Ushbu asar bugungi kunga qadar dunyoning 180 dan ortiq tillariga tarjima qilingan.

1-bob. Fransuz adibi Antuan de Sent-Ekzyuperining hech bir mukofot bilan siylanmagan, ammo dunyoni hayratga solgan asari hisoblanadi.

Ushbu asar bir qarashda bolalar uchun mòljallangandek tuyilsa-da, muallifning asar mohiyatiga singdirgan ayrim fikrlari aynan kattalarga qarata aytilganiga shubha yòq. Zotan, “ hech narsadan hayratlanmay qolgan, faqat raqamlar orqali xulosa chiqarishga odatlangan kattalar” ushbu asar mutolaasidan sòng hayotga va òziga bòlgan qarashlarini òzgartirib yuborsalar ajab emas.

Sent – Ekzyuperi òz qahramoniga 5-6 yoshdagi bola ruhiyatiga xos xususiyatlarni ato etgan. Asar davomida bolalik dunyosi kattalar dunyosiga qarama-qarshi qòyiladi. Kattalarning hayotni bezab turuvchi romantika va gòzallikni his qilish kabi tuyģulardan yiroq ekanligi bolani hayratga soladi. Shuninh uchun ham kattalar shahzoda chizgan filni tiriklay yutib yuborgan bòģma ilon rasmini “shlyapa” deb ataydilar. Bola esa òsha kattalar kòra olmaydigan quticha ichidagi qòzichoqni kòra oldi. Umuman, shahzoda hali kattalar qadami yetmagan soflik sayyorasining sohibidir. Bosh qahramonning “Kichkina shahzoda” deb atalishi ham shundan.

Shahzoda qiziquvchan va ishonuvchan bòlib, barcha jonli mavjudot uni hayratga soladi.

Antuan de Sent-Ekzyuperi hayrat hissini insonga ato etilgan ajoyib ne’matlardan biri deb biladi. Faqat qalbi pok, beģubor kishigina hayot gòzalliklaridan chinakamiga hayratga tushishi mumkin. Lekin inson ulģaygan sari hayot hodisalaridan , gòzalliklaridan hayratlanish yòqolib boradi.

Hayoti davomida vaqti vaqti bilan bolalikka qaytib yashashni tarģib qilgan Sent- Ekzyuperi “Kichkina shahzoda”ni Fransiyadagi dòsti Leon Vertning bolalik damlariga baģishlaganini,asarning bosh qahramoni qilib bolani tanlagani bejiz bòlmasa kerak.

“Kichkina shahzoda” da kattalarning hayotni bezab turuvchi romantika va gòzallikni his qilish kabi hislardan yiroq ekanligi bolani hayratga soladi. Muallif bolalarga mos kuzatuvchanlik bilan kattalarga baho beradi: “Kattalar raqamlarni juda yaxshi kòrishadi. Agar ularga yangi dòst orttirganingiz xususida aytib qolsangiz, ular hech qachon asosiy narsa haqida sòramaydilar. Ular: “Uning ovozi qanaqa?, Nechta oģa-inisi bor? Oğirligi qancha ekan? Otasi qancha moyana oladi? – deb sòray ketadilar. Sòng shu tariqa odamlarni yaxshi bilib olganlar.

“Kichkina shahzoda”ning boshqa asarlarga òxshamaydigan yana bir original jihati bor. Bu asarning muallif tomonidan ertak syujetiga chizilgan suratlar bilan bezalishidir. Bu suratlar yozuvchi hikoyasiga sharh berish vazifasidan tashqari, sòzda ifodalab bòlmaydigan noziklik, soddalikni ham kitobxonga yetkazib berganki, bu jahon adabiyotida juda kam uchraydigan uslub hisoblanadi.

Sent-Ekzyuperining soflik sayyorasining sohibi bòlgan qahramoni allaqachonlar òzbek òquvchilari qalbini ham zabt etgan. Ertak òzbek tilida dastlab 1963 yili nashr etildi. (M.Umarov tarjimasida).

2.bob.Ertakning paydo bòlishi 1927 -1929-yillarga borib taqaladi. Bu davrda Kap-Jubi (Marokash) aerodromining boshliģi bòlgan Sent – Ekzyuperi samolyoti Sahroyi Kabirda avariyaga uchraganligi va shu kuni sahroda tunashga majbur bòlgan uchuvchi tushida qandaydir mitti odam kirgani haqida ma’lumotlar bor. Muallif ancha vaqtgacha ana shu tush taassuroti bilan yurganligini uning tomonidan turli yillarda chizilgan qanotli bolakay suratlari tasdiqlaydi. Ertakning dastlabki chizgilari ana shu voqea ta’sirida paydo bòlgan bòlishi mumkin. Lekin ana shu chizgilarning mukammal bir asar tusini olishida asosiy turtki bòlgan voqea -Ikkinchi jahon urushi va uning yozuvchi ruhiy olamiga kòrsatgan ta’siri hisoblanadi. Yozuvchi 1943 -yil mart oyida fashistlarga qarshi harbiy harakatda qatnashish uchun Shimoliy Afrikaga keladi. Ertak esa aprel oyida Amerikada bosilib chiqadi.

Asardagi shahzoda ertak nihoyasida òzi òstirib parvarishlagan atirgulga mas’ul ekanligini his qiladi. Adabiyotshunoslar ana shu Atirgul obrazi ortida yozuvchiing umr yòldoshi Konsuelo timsoli nazarda tutilgan bòlsa kerak, deb taxmin qiladilar. Bu fikrni inkor etib bòlmaydi. Nozik jussali, quvnoq, abjir, yana ajoyib fantaziyachi va kezi kelganda eksentrik fe’l – atvorga ega bòlgan bu ayolning Sent -Ekzyuperi hayoti va ijodida òz òrni, ta’siri bor. Ularning hayotidagi nomutanosibliklar va tez -tez bòlib turuvchi ayriliq onlari “Kichkina shahzoda” dagi qahramonning nozik va injiq Atirgulni tashlab sayohatga ketishi , keyinchalik fikr-u zikri ana shu gulida bòlishi, boshqa hech qanday gul òzi òstirgan Atirgulga òxshamasligini his qilishi orqali ifodalangan deyish mumkin.

Kitob juda kòplab tillarga tarjima qilingan. 2005- yilda u Shimoliy Argentina hindularning toba tiliga tarjima qilindi. Bu juda ajoyib voqea edi, chunki òsha paytda toba tiliga tarjima qilingan yagona kitob Injil edi.

Asar qahramoni uchuvchi-hikoyachining rasmi kitobda yòq. Biroq 2014-yilda Nyu-Yorkdagi Morgan kutubxonasi va muzeyida Sent-Ekzyuperining ilgari nashr etilmagan kòplab rasmlari, shu jumladan, samolyoti yonida uxlab yotgan uchuvchining surati namoyish etildi.

Ikkinchi jahon urushidan oldin Antuan de Sent- Ekzyuperi Afrika va Janubiy Amerikada pochta yònalishlarida parvoz qilgan va hatto sinov uchuvchisi sifatida ham mashhur bòlgan. Parij va Saygon òrtasidagi eng tezkor parvoz rekordini buzishga urinayotganida Sent -Ekzyuperi Qohiradan 125 km naridagi chòlga qulab tushgan.

2.1 “Kichkina shahzoda” ertagi Antuan de Sent -Ekzyuperining eng qisqa asarlaridan biri bòlsa ham, undagi adibning inson hayotining ma’nosi va mazmuni haqidagi dardlari va falsafiy mushohadalari, insonlar òrtasidagi dòstlik, birodarlik, hamdardlik va òzaro hurmat munosabatlari, yovuzlik va yomonlikka qarshi kurash ģoyalari aks ettirilgandir.

Asar yosh bolalar uchun ibrat sifatida òqib berilishi mumkin. Uni òqib chiqish bolalarcha orzu qilishni tòxtatgan kattalar uchun ham zarur. Shuni yodda tutish kerakki, kitob yozilgan paytda Ikkinchi jahon urushi davom etyotgandi. Urush davrida esa asardagi har qanday umid uchquni, xayolot yoki yangi hayot orzusi òsha paytda yashaganlar uchun juda kòp narsani anglatar edi.

Ertakdagi ushbu falsafiy fikrlar insonni mulohazaga chorlaydi.

Dòstlarni unutib qòyish yaxshi emas , chunki har xil dòstlar bor.

Odamlar poyezdga tezroq, shoshilib chiqishga harakat qilishadi, ammo ular ayni damda nimani qidirayotganligini bilmaydilar. Shu sababli ularning halovati yòq. Òzlarini u yòldan bu yòlga urishadi. Lekin hammasi bekor…

Sen òz harakatlaring bilan yashayapsan, jisming bilan emas… Sen -òzingni harakatlaringdasan, sendan boshqa sen yòq. Shunday qat’iy qoida bor: ertalab uyģondingmi, yuz qòlingni yuv, òzingni va òz sayyorangni tartibga keltirib qòy.

Kattalar hech qachon hech narsani oz holicha tushunmaydilar, shu

sababli bolalar nimanidir tushuntirish va uqtirish uchun juda qiynalib ketishadi. Bu esa juda zerikarli…



  • Sening sayyorangda odamlar bir boģga mingta atirgul òstiradi. Ammo izlagan narsasiga erisha olmaydi…

  • Ha tògri- tan oldim men.

  • Zero, ular izlagan narsasini bir atirguldan ham topa olishlari mumkin. Nega shuni tushunmaydilar?

  • Odamlar qani?- xavotirda sòradi kichik shahzoda, - chòl-u biyobonda bir òzim yolģiz qoldim…

  • Odamlar orasida bòlsang barbir yolģiz bòlasan- deya javob qaytardim.

  • Odamlar nimanidir bilishi yoki òrganishi uchun vaqt ham yetarli emas. Masalan, ular dòkondan tayyor narsa xarid qilishadi. Ammo haqiqiy dòstlik dòkonlarda sotilmaydi. Balki shu sababli odamlar orasida dòstlik tuyģusi yòqolib borayotgandir.

  • Kattalarga:”Men juda chiroyli uy kòrdim, qizil ģishtli, deralari atirshoh bilan òralgan, tomlari havorang, juda ajoyib uy…”,- deb emas, “Men 100 ming franklik uy kòrdim,” deyishning òzi kifoya. Shunda ular hammasini tushunadi va “Naqadar ajoyib gòzallik, zòr uy ekan “, deyishadi.

  • Agar dòsting bòlishini istasang, mendan òrnak ol!

  • Buning uchun nima qilish kerak?-sòradi kichkina shahzoda.

  • Sabr – toqatli bòlish kerak-javob qaytardi Tulki. – Avvalo, tòģrimdagi stulga òtir va birmuncha kut. Men senga kòz qirim bilan qarayman, sen esa sukut saqla. Faqat har kuni biroz-birozdan yaqin kelaver. Òzingga òrgatgan odamlar uchun hamisha javobgarsan, buni unutma.

  • Bir kuni men quyosh botishini 43 marta tomosha qildim. Bilasanmi, agar seni qayģu bossa, quyosh botishini tomosha qilish qanchalar maroqli…

  • Demak sen quyosh botishini 43 marta kòrgan kuning , nimadandir juda ranjigan ekansan- da?

Sòzlar bir birimizni tushunishimizga xalaqit beradi.

Yulduzlar nega doim nur sochishini bilgim keladi. Bildimki, yulduzlar odamlar uchun tanlashi kerak bòlgan yòlini yoritib turadi…

Gullar ne deyishidan qat’iy nazar ularni tinglamang. Faqat gòzalligi va iforidan bahra oling… Bòldi. Mening gulim butun sayyoramni òzining xushbòy ifori bilan tòldirdi ammo men uni xursand qilolmadim.

Dòsting borligi qanday yaxshi… Joningni qurbon qilish kerak bòlsa-da, dòsting borligi barbir yaxshi…

Sevgi – bu hamma narsani, hammani unutish , hech narsadan qòrqmaslil deganidir. Tushunyapsizmi? Sevgida vafo va sadoqat, ishonch hamisha muhim òrinda turadi.

Gullar yulduzlardek kòp… Ammo sevsangiz faqat biitasiga kòngil qòying. Yulduzlar millionlab bòlsa-da, ularga faqat tikilib òzingni baxtiyor his etishing mumkin va òz – òzinga “Mening gulim qayerdadir bor… u qerdadir…” , deya ayta olasan…

Kichikina shahzoda” ertagining janrlilik xususiyatlari.

Bolalar uchun yozilgan ertak, keng ommaning mutloq shoirona muhiti, ramzlariga tòla obrazlar tarkibi bilan diqqat e’tiborini tortdi. Chunki, ushbu ertak bolalarga baģishlangani bilan kònglida bola bòlib qolgan kattalarga ham birdek qadrli bòlib qoldi. Ertak muallifining chizgan rasmlari sababli ham tez mashhur bòlib ketadi.

1943 -yili nashr etilgan bolalar kitobi – bu bolalar qalbining mardligi va donoligi, bolalarga xos bòlmagan, ya’ni hayot va òlim, muhabbat va javobgarlik, dòstlik va vafodorlik tushunchalari haqida.

“Kichkina shahzoda” Sent -Ekzyuperining eng yaxshi deyish nojoyiz bòlsa, eng taniqli asaridir. Kòpincha ushbu asar haqidagi mulohazalar va asosiy xulosalardan kelib chiqib asar muallifiga baho berishadi, ba’zi hollarda esa uni ertak bosh qahramoniga qiyoslashadi. Bularning barchasi haqiqatdan yiroq albatta.

Asar juda bosh tilda yaratilgan. Muallif kòplab ajoyib va takrorlanmas adabiy usullarni qòllagan.

Asarning soddaligi- bu bolalarga xos haqiqatgòylikva aniqlikdir. Ekzyuperi asar tili hayot, dunyo va albatta bolalik haqidagi kòplab xayollarga va òylarga boy. Sent -Ekzyuperining yozish uslubiyam òziga xos sehrli- bu uning obrazlardan umumiylikka , masaldan odob -axloqiy fikrlarga òtishida yaqqol kòzga tashlanadi. Dunyoni Ekzyuperi kabi kòrish uchun ilohiy yozuvchilik iste’dodi va mahorati zarur.

Ertak tili tabiiy va ta’sirli. Ushbu ertakda oddiy tushunchalar kutilmaganda yangicha takrorlanmas ma’no kasb etadi. Undagi metaforalar yangi hamda juda yangi bòlib, muallif ularni sòzlarning prodoksal birikmalardan foydalangan. Bu kabi iboralarni kundalik turmushimizdagi sòzlashuvda uchratishimiz qiyin. Bu asnoda fikrlarni bayon qilishning òziga xos siri bor, chunki eski qadimiy haqiqat yangicha talqin topadi va kitobxonlarni òylantiruvchi xususiyatga ega, ularning asl mohiyatini ochib beradi.

Hikoya qilish usuli qator farqlarga ega. Bu birinchidan eski qadrdonlarning òziga xos sòzlashuvi- muallif kitobxonga shunday murojaat qiladi. Shuning uchun unga bexostan ishonasiz. Yaxshilik va aql-idrokka , tez orada yer yuzida hamma narsa òzgarishiga ishonadigan muallifning ishtiroki doimo sezilib turadi. Hikoya qilish usulining òziga xos musiqaviyligiga ham e’tibor berish zarur. Tushkin va sokin, òychang hamda yengil hazilardan jiddiy òylarga òtish, muallif tomonidan xuddi akvarel bòyoqlarida chizilgandek yarim yoruģ va yengil ranglarda tasvirlash ushbu asarning ajralmas bir qismi.

Sent -Ekzyuperini òqir ekanmiz, biz òz fikrlashimiz doirasini òzgartiramiz, ya’ni yanada oddiy va soddaroq kòz tashlaymiz atrofga. U kòz òngimizdagi haqiqatlarga nazar tashlashga òrgatadi: yulduzlarni bankada yashirib bòlmaydi, ularni qayta – qayta sanashdan ma’no yòq, sen javobgar bòlganlarni asrash lozim va òz yuragingga quloq solish kerak. Bularning barchasi juda oddiy shu bilan birga juda murakkab.

“Kichkina shahzoda” obrazi avtobiografik bòlib , shu bilan bir qatorda katta yoshli muallif-uchuvchiga ham hech bir aloqasi yòqqa òxshaydi. U kambaģallashib qolgan zodagonlar uruģidan bòlmish bolakayni, u kichkinaligidan sariq sochlari uchun “ quyosh qiroli” deb, katta bòlgach kollejda esa uzoq vaqt yulduzlarga termulgani uchun “Oy inson” deya chaqirishgan òzidagi kichik Tonini soģinish hissidan yaralgan.

Bolalarning ongiga oddiy haqiqatni yetkazishda aql – nasihat qilish aksincha teskari natija berishi mumkinligini inobatga olgan muallif ertak usulida hikoya qilishni tanlaydi. Ushbu maqsadini amalga oshirishda Sent –Ekzyuperi ertakning ajoyib turi bòlmish masal -ertak turini tanlaydi. Aslini olganda ushbu ertakda oddiy sòzlashuvda va hikoyada yashiringan ma’noni har bir inson tez ilģay oladi. Ammo lekin muallif ertak janridan foydalansa, bu usul asarni soddalashtirib qòyadi degani emas. Ekzyuperi asaridagi oddiylik uning soddalashtirilgani emas, balki aksincha sodda sòzlarda murakkabliklarning tuzilishidir. Qolaversa, asar barchaga birdek tushunarli ham bòlishi kerak edi.

Agar mashhur, ya’ni “kattalar -bu ulģaygan bolalar” iborasidan kelib chiqsak, unda Ekzyuperi òz hayotidan, bolaligidan keltirilgan parchalarni asar bilan boģlar ekan, uning òzi aytganidek, u bolalar olamidan. Shunday ekan “ Kichkina shahzoda “ asaridagi butun pafosni bitta formulada, ya’ni “Òzingizdagi bolalikni saqlang” iborasida keltirish mumkin.

Asarda bosh qahramon cheksiz yolģizlikda. Bu ramziy ma’noda shuni tushunish mumkinki, insonlar bir-birini tushunmasligi, seva olmasligi va haqiqiy dòst bòla olmasligi tufayli bir umr yolģizdirlar. Ular hattoki òz yuraklarini eshitishmaydi. Ularning asosiy fojeasi shundaki, ular Shahzoda bòlishga intilishmayapti. “Jiddiy odamlar” òzlari xorlangan sun’iy dunyoda boshqalardan chegaralanib yashashadi. Ular òzlarining sayyoralarida yashab faqat uni haqiqiy deb bilishadi va hech qachon haqiqiy his- tuyģularni anglay olishmaydi.

Chuqur umumiyliklarga bòlgan ehtiyoj Sent- Ekzyuperining masal janriga murojaat etishga undaydi. Ushbu janrga aniq bir tarixiy davriy mazmun xos emasligi, uni didaktik jihatdan shartliligini muallifga òz qarashlarini va òz zamoniga oid muommolarni tasvirlash imkonini berdi. Masal janri Sent-Ekzyuperiga insoniyat borliģiga nazar tashlashga kòmaklashdi. Masal hikoyalarini tadbiq etish uchun òziga xos kompozitsiyadan foydalanilgan.

Prabola- odatiy masal janrining asosiy tarkibiy komponenti. “Kichkina shahzoda” asari ham bundan mustasno emas. Aniqroq qilib aytadigan bòlsak, voqealar aniq joyda va vaqtda yuz beradi. Syujet quyidagicha rivojlanadi: harakat egri yònalishda harakatlanishni davom ettiradi va òzining eng qizģin chòqqisiga yetganida boshlanģicha nuqtasiga qaytadi. Bu kabi syujet yaratish usuli, ya’ ni òzining boshlanģich nuqatasiga qaytish usuli yangicha falsafiy, axloqiy mazmuniga erishadi. Masalaning yechimini yangi nuqtada topish mumkin.

Sent- Ekzyuperi asaridagi “kattalar” ning asosiy fojeali muammosi moddiy boylik deb ular òzidagi bor insoniylikni yòqotishda va bir umr mazmunsiz hayot kechirishdadir.

Kichkina shahzoda “ ertagining mavzu va ģoyasi.

Antuan de Sent- Ekzyuperi kitobxonlar uchun haligacha mashhur adib bòlib qolyapti. Hamma gap shundaki, ijoddagi samimiyat, insonga mehr, nozik did hech kimni befarq qoldirmaydi. Bòlmasa urush tufayli hayotdan bevaqt koz yumgan adib va shoirlar kam deysizmi? Shunday ekan Antuan de Sent-Ekzyuperi mashhur, uning “ Kichkina shahzoda” ertak qissasi hamma yoshdagi insonlarning sevimli asari. Yaqinlashib kelayotgan halokatdan odamzodni qutqarish “Kichkina shahzoda” ertagining asosiy mavzularidan biridir. Ushbu she’riy ertak beģubor bola qalbining jasorati va donoligi, dòstlik va sadoqat kabi muhim “bolasiz” tushunchalar haqida.

Òz asarida yozuvchi kòtargan kòplab global mavzular asrlar davomida butun insoniyatni tashvishga solayotgan va hayajonlantiradigan narsa.

Avvalo, bu hayotni izlash mavzusining ma’nosi. Kichik shahzoda bir sayyoradan boshqasiga sayohat qilib, shunday qiladi.

Muallif bu sayyoralarning aholisi odatdagi dunyolardan tashqariga chiqishga harakat qilishmaydi va borliqning ma’nosi haqidagi adabiy savolga javob topishadi.

Ular odatdagi hayot tartibidan juda mamnun. Ammo bu faqat haqiqatni qidirishga tugiladi, buni bosh qahramon isbotlab, hikoya oxirida sevimli Rao ga qaytadi.

U nafaqat ushbu dolzarb mavzularni ochibgina qolmay, balki òquvchilarga sevikli inson uchun va butun dunyo uchun javobgarlikka bòlgan ehtiyojini yetkazadi. Kichkina shahzoda òzining kichkina sayyorasiga ģamxòrlik qiladi.

Butun iste’mol qilinadigan yovuzlik baobablar yordamida, agar ular doimiy ravishda yòq qilinmasa, sayyoradagi barcha hayotni tezda singdira oladigan. Bu hayot davomida tinimsiz kurashishingiz kerak bòlgan insoniy yomonliklarning barchasini òz ichiga olgan yorqin timsol.

Hikoyaning ģoyasi: “ Sevish bir -biriga qarash degani emas, bu bir tomonga qarashni anglatadi”. Bu ğoya ertakning mafkuraviy tushunchasini belgilaydi. “Kichkina shahzoda” 1943-yilda yozilgan va Ikkinchi jahon urushidagi Yevropadagi fojea, yozuvchining maģlubiyatga uchraganidan, Fransiyaning bosib olganlari haqida eslashlari asarda òz izlarini qoldiradi. Ekzyuperi òzining yorqin qayģuli va dono hikoyasi bilan cheksiz insoniyatni himoya qildi. Ma’lum bir ma’noda hikoya yozuvchining ijod yòli, uning falsafiy, badiiy idrok etishning natijasi hisoblanadi. Faqat san’atkorgina uning mohiyatini -uning atrofidagi dunyoning ichki gòzalligi va uyģunligini kòra oladi. Hatto sayyorasida ham Kichkina shahzoda shunday deydi: “ U chiroqni yoqqanda, xuddi bitta yulduz yoki gul hali tuģilayotganga òxshaydi va u chiroqni òchirganda-xuddi bitta yulduz yoki gul uxlab yotganday. Ajoyib ish. Bu foydali. Chunki tashqi qobiģiga emas, balki gòzalning tomonini gapiradi.

“Kichkina shahzoda” ertagi Antuan de Sent-Ekzyuperining eng kichik asarlaridan biri bòlsa ham, unda adibning inson hayotining ma’nosi va mazmuni haqidagi dardlari va falsafiy mushohadalari, insonlar òrtasidagi dòstlik , birodarlik, hamdardlik va òzaro hurmat munosabatlari, Yovuzlik va Yomonlikka qarshi kurash ģoyasi aks ettirilgan.

Asar tòģrisidagi mulohazalarni yozuvchining ushbu muhim gapini eslash bilan boshlasak: “ Men kitobimni shunchaki ermak uchungina òqilishini aslo istamayman.”

Demak, biz bu asarga juda jiddiy e’tibor qaratishimiz kerak.

Xòsh, yuzaki qaraganda ertaknamo tuyiladigan bu qissada bir qancha sir-u sinoat yashiringan ekan. Adibning kasbi uchuvchilik ekanini bilamiz. Asarda navbatdagi parvozlarning birida uning samolyoti buzilib, kimsasiz Sahroyi Kabirga (Afrikadagi ulkan chòlga!) qònishga majbur bòladi. Huvillab yotgan sahroda, tong saharda uning tepasida bir ģaroyib bola paydo bòladi. Keyinroq ma’lum bòlishicha, bu tillarang sochli , qònģiroq tovushli bolajon mittigina olis sayyorada bir òzi yashar, bir yil muqaddam sayyoralararo sayohatga cbiqib, nihoyat Yer sayyorasiga kelib qolgan ekan. U uchuvchi amakiga bir-biridan qiziq savollar berishdan, xuddi katta odamlardek u bilan tortishishdan charchamasdi.

Muallif “ Kichkna shahzoda “ deb nom qòygan bu bolaning aytishicha, uning sayyorasida baobab deb nomlanadigan xavfli bir daraxt uruģi nihoyatda kòp ekan. Shahzoda har tongni endigina uruģdan chiqqan baobab kòchatlarini yulib, òz sayyorasini tozalash bilan boshlarkan. U to Yerga kelgunga qadar bir necha sayyoralarni òrganibdi. Ularning birida yakka-yolğiz qirol, boshqasida shuhratparast bir kimsa, keyingi sayyoralarda esa piyonista, korchalon, xonadan chiqmay yostiqday- yostiqday kitob yozadigan chol va tinimsiz fonus chiroq yoqish bilan band chiroqbonni uchratibdi. Shuningdek, kichkina shahzoda Yerda ham talay mavjudot bilan muloqotda bòladi. Ilon, tulki, gul, bekat nazoratchisi, savdogar shular jumlasidandir.

Nihoyat, uchuvchining samolyoti tuzaladi. Kichkina shahzodaning ham òz sayyorasiga qaytish vaqti keladi. Hikoyachi òzining yosh dòstlariga asar oxirida shunday xitob qiladi: “ Agar qachonlardir Afrikaga, sahroga borib qolsangiz, bu joyni tanishingiz oson bòladi. Mabodo shu yerdan òtar bòlsangiz, òtinib sòrayman, mana shu yulduz ostida bir nafas tòxtang! Bordi-yu shu payt tillarang sochli bir bola yoningizga kelib , qònģiroqdek tovush bilan kula boshlasa, birorta savolingizga javob bermasa, òylaymanki, kimga duch kelganingizni albatta sezsangiz kerak. Òshanda sizdan òtinib sòrayman, dardli dilimga yupanch berish esingizdan chiqmasin: uning qaytib kelganini menga zudlik bilan xabar qiling.”

“Kichkina shahzoda” da yozuvchining “dardli diliga yupanch beradigan” qanday mòjiza bor ediki, u bu qadar intiq kutmoqda.

Bu asarning uchuvchidan boshqa deyarli barcha qahramonlari ( ular goh inson, goh hayvon , goh òsimlik shaklida ishtirok etadilar) ramziy xarakterga ega. Adabiy asarlarda odamlarga hayotning òzgarmas qonunlariga xos bòlgan azaliy sifatlarni òzida umumlashtiradigan ramziy obrazlar yaratish an’anasi mavjuddir. Endi ana shu nuqtayi nazardan “Kichkina shahzoda”asariga qayta nazar tashlasak, bitta sayyorada birgina kichkina shahzoda, birgina shuhratparast yoki piyonistagina yashashi mumkin emasligi , demak yozuvchi alohida nom qòymay, 325, 326, 327 va boshqa raqamlar bilan belgilangan bu asteroidlar aslida odamlarga xos bòlgan fazilat va nuqsonlar ekanligini yashirib ketgan. Piyonista yashaydigan sayyorada (demak, shu xavfli kasallikka mubtalo bòlgan insonlar qalbida!) kechgan suhbatga e’tibor qilsak:

“- Nima qilyapsan?- deb sòradi Kichkina shahzoda.



  • Ichyapman , -dedi piyonista xòmrayib.

  • Nega?

  • Unutmoqchiman.

  • Nimani?- deb sòradi Kichkina shahzoda piyonistaga rahmi kelib.

  • Shu ishimning uyatligini,- dedi piyonista tan olib va boshini quyi soldi.

  • Qaysi ishing?- deb sòradi Kichkina shahzoda boyoqishqa yordam berishni jon- u dilidan istab.

  • Ichishim uyat!- dedi piyonista va qaytib oģiz ochmadi.

Anchadan sòng Kichkina shahzoda lol- u hayron bòlib , taģin yòlga tushdi.

“Ha , shubhasiz, kattalar juda -juda ģalati xalq,” deb xayolidan kechirdi yòlida davom etarkan.

Kichkina shahzoda xuddi shu tarzda qirol, shuhratparast, korchalon (byurokrat) , hech kimga nafi tegmaydiga kitoblar yozib òzini ovutadigan chol va boshqalar bilan suhbat quradi. Bu insoniy ojizliklar uning yuragini ģash torttiradi.

Kichkina shahzoda qiyofasida asarda ezgulik kuchi namoyon bòladi. Negaki, ezgulikka yovuz baobabning ģovlab ketishiga- olamni yomonlik egallab olishiga qarshi har kuni kurashga chiqadi. Qalbida ezgulik yashaydigan insongina òzi suygan feruza guli- sevgi- muhabbatini himoya qila oladi…

Ezgulikning “kòngil kòzi ochiq” bòladi. Afsuski, shaytoniy vasvasalarga uchragan odamzod hayotida Ezgulikning yashashi oson kechmaydi. Xuddi shu tufayli ham Kichkina shahzoda yetti sayyorani ham, hatto Yer yuzini ham tezda tashlab ketadi. Bu ayriliq yozuvchi Antuan de Sent-Ekzyuperi dilini dardli, kòzini yoshli qiladi. Xuddi shu abadiy oģriq va dard kuylangani tufayli ham adib qalamidan tòkilgan “Kichkina shahzoda” asarini butun insoniyat izlab topib òqiydi, yuragining tòrida saqlaydi.

Shunday òlmas asarni yaratgani uchun ham yozuvchi vatani – Fransiyada , Antuan de Sent-Ekzyuperi tuģilgan yurt Lion shahri markazida unga ajoyib bir haykal òrnatilgan. Kòkka bòy chòzgan baland oq marmar ustun ustida adib òtiribdi, uning yelkasiga qòlini qòygancha Kichkina shahzoda turibdi. Ular bu yuksaklik uzra hamon suhbat qurayotgandek tuyiladi kishiga. Darhaqiqat, Fransiyada va undan tashqarida adib ijodiga qiziqish va hurmat katta. Haykal ham shu hurmatning ifodasidir.

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini òquv jarayonida qòllashga bòlgan qiziqish, e’tibor kundan -kunga kuchayib bormoqda. Òqituvchi bu jarayonda òquvchining shaxsiy rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yònaltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yònalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat.

Interfaol usullarni qòllash natijasida òquvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, òz fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, soģlom muloqot, munozara, bahs olib borish kònikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.




Download 41,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish