2.1.5 – rasm. Yashik xajmini ólchashda kattalik modelini yaratish
Ólchash obʼekti – bu real fizik obʼekt bólib, uning xusisiyati bir yoki bir qancha ólchanadigan kattaliklarni tavsiflaydi. Bu obʼekt kóp xususiyatlari bilan boshqa obʼekt bilan kóp tomomnlama va murakkab aloqalarga ega bóladi. Inson (ólchash subʼekti) ólchash obʼektini barcha fizik xossa va aloqalari bilan his qilish va sezish imkoniyatiga ega emas. Bu insonning kórish, sezish, eshitish, taʼm bilish va boshqa psixofiziologik imkoniyatlari va intellektual imkoniyatlarini chegaralanganligi bilan izohlanadi. Buning natijasida obʼekt va subʼektni ózaro aloqasi faqatgina obʼektni matematik modellashtirish asosidagina tashkil qilish va nazorat qilish imkoniga ega bólamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |