‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Quyi Amudaryo rayonining ba'zi bir makroiqtisodiy ko'rsatkichlari



Download 269,41 Kb.
bet2/6
Sana11.03.2022
Hajmi269,41 Kb.
#490807
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15 Quyi Аmudаryo vа Jаnubiy mintаqаlаr (2)

Quyi Amudaryo rayonining ba'zi bir makroiqtisodiy ko'rsatkichlari
( foiz hisobida)



Ko'rsatkichlar



quyi Amudaryo rayoni

Shu jumladan:

Qoraqalpog'iston Respublikasi

Xorazm
viloyati

MAYDONI

38,4






AXOLISI


11,5






Yalpi ichki mahsulot



7,3






Sanoat mahsuloti



4,5






qishloq xo'jaligi mahsuloti

8,8






Umumiy ekin maydoni



14,8






Investitsiya hajmi



8,8






Tashqi savdo oboroti



3,3






Izoh: kasr suratida O'zbekiston Respublikasiga, maxrajida quyi Amudaryo iqtisodiy rayoniga nisbatan.


Mamlakat mehnat taqsimotida rayon paxta, sholi, jun, o'simlik yog'i, gilam kabi mahsulotlarni yetishtirishda muhim o'ringa ega. Binobarin, bu yerda ixtisoslashgan, ya'ni rayon hosil qiluvchi xo'jalik tarmog'i sifatida paxtachilik, donchilik, chorvachilik hamda oziq­ovqat, yengil sanoatning ayrim tarmoqlari xizmat qiladi. So'nggi yillarda mintaqada tog'­kon kimyosi, qurilish materiallari va to'qimachilik sanoati rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga rayonda xal¬qaro turizmni rivojlantirish imkoniyati ham mavjud.
quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni ichki jihatdan O'zbekistonning ikki, turli kattalikdagi ma'muriy hududiy birliklaridan iborat. Masalan. qoraqalpog'iston Respublikasi o'zining maydoni bo'yicha qo'shni Xorazmdan 26,2 marta katta. Ayni vaqtda ularning aholi soni miqdorida bunday tufovut yo'q.
Ushbu hududlar o'zlarining tabiiy sharoiti va qazilma boyliklari bilan ham tubdan farq qiladi. Agar Xorazm viloyatida qazilma boyliklar deyarli mavjud bo'lmasa, qo¬raqalpog'iston bu borada ancha ajralib turadi. Shunday qi¬lib, qoraqalpog'iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatining demografik, tabiiy geografik va resurs salohiyatining bir xil emasligi ularda iqtisodiyotning o'ziga xos yo'nalishlarini shakllanishiga olib keladi. Ayni chog'da xuddi shu noo'xshashlik ushbu hududning iqtisodiy integratsiyasini, o'zaro hamkorlikda, yagona iqtisodiy makonda rivojlanishini taqozo etadi.
1­jadvalda quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining ichki tuzilishi va uning mamlakat xo'jaligida tutgan o'rni to'g'¬risida ayrim ma'lumotlar keltirilgan.

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, iqtisodiy rayon O'zbekiston Respublikasi aholisining 1/10 qismidan ko'prog'ini tashkil qilgan holda uning 7,3 foiz yalpi ichki mahsuloti, 4,5 foiz sanoat hamda 8,8 foiz qishloq xo'jaligi mahsulotini beradi. Rayon tarkibida esa Xorazm viloyatining iqtisodiy ko'rsatkichlari nisbatan yuqoriroq. Chunonchi, uning hissasiga mintaqa sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish hajmining 60-70 foizi to'g'ri keladi, vaholanki viloyatning hududiy va demografik salohiyati qoraqalpog'istonga ko'ra ancha kamroq. Shu bilan birga qoraqalpog'istonda umumiy ekin maydoni, investitsiya hajmi va tashqi savdo oboroti birmuncha ko'proq. Iqtisodiy rayonning shunga o'xshash ichki xususiyatlarini uni tashkil etuvchi ma'muriy birliklarning tahlilida ko'rib chiqamiz.


Qoraqalpogiston Respublikasi
qoraqalpog'iston Respublikasi (qR) O'zbekiston Res¬publikasi tarkibida suveren davlat sifatida 9 yanvar 1992 yilda e'lon qilingan. Poytaxti-Nukus shahri.
Uning tarkibiga 15 ta qishloq tumanlari, 12 ta shahar va 16 ta shaharcha kiradi.
qoraqalpog'iston mintaqa va O'zbekiston Respublikasi ichidagi mehnat taqsimotida asosan dehqonchilik, xususan sholi yetishtirish, jun­go'sht chorvachiligi hamda qisman oziq­ ovqat va yengil sanoatning ba'zi tarmoqlari bilan ajralib turadi.
Geografik o'rni va tabiiy boyliklari. qR O'zbekistonning chekka shimoli­g'arbida, Orol dengizi bo'yida joylashgan. Uning O'zR markaziy rayonlaridan ancha olisda o'rnashganligi mintaqa iqtisodiy rivojlanish yo'nalishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Shu bilan birga qR ning geosiyosiy mavqei, ya'ni qozog'iston Respublikasi va Turkmaniston davlati bilan qo'shnichiligi, O'zbekistonning Yevropa mamlakatlariga chiqish joyida ekanligi uning rivojlanishiga qulay imkoniyatlar yaratib beradi.
qoraqalpog'iston yer usti tuzilishi murakkab emas: eng baland nuqtasi Sultonuvays tizmasi bo'lib, u dengiz sathidan 473 m. balandlikda joylashgan. Sariqamish va Assaka cho'kmalari esa ancha past–30 m. atrofida. qRning g'arbiy qismi Ustyurt platosi, qolgan hududi Turon pasttekisligi bilan band.
Mintaqa turli xil qazilma boyliklarga ega. Bu o'rinda eng avvalo Sultonuvays (Sultonuiztog') tizmasini ko'rsatish joiz. Maydoni uncha katta bo'lmagan mazkur hududda rangli va qora metallar, qurilish sanoati xom ashyosi ko'p. Ular jumlasiga marmar, ohaktosh, gips, mergel, fosforit, oltin, temir rudasi, mis, qimmatbaho toshlar, barit, talk, abraziv materiallar va boshqalar kiradi. Biroq, bu boyliklarning zahirasi va texnik iqtisodiy jihatlari sanoat ishlab chiqirishini tashkil qilish uchun hali mukammal o'rganilmagan. Ba'zilari esa, masalan, Tebinbuloq temir rudasi koni aniqlangan zahiralar kamligi va uning sifat ko'rsatkichlarining yuqori emasligi sababli (rudadagi temirning ulushi 20 foizga ham yetmaydi) hozircha sanoat ahamiyatiga ega emas.
QORAQALPOQ tog'­kon kimyosi zahiralariga ham boy; Chimboy yaqinidagi qo'shqonottov va qo'ng'irot atrofidagi Borsa­ Kelmas hamda qoraumbet kabi konlarda sulьfat­magneziy, tosh va osh tuzlarining juda katta zahiralari mavjud.
qoraqalpog'istonning Ustyurt qismini tabiiy gaz va ayniqsa neft konlariga boy ekanligi bashorat qilinmoqda. Hozirgi kunda Oqsholoq, Shohpaxti, quvonish konlaridan tabiiy gaz qazib olinadi. Kelajakda esa ushbu yoqilg'i turlarining yirik konlarini topilishi ko'zda tutilmoqda. Shu maqsadda bu hududga respublika geologik qidiruv ishlariga mo'ljallangan investitsiya hajmining asosiy qismi ajratilgan.
Iqlimi o'ta kontinental; yillik yog'in­sochin miqdori 90-200 mm atrofida. Albatta, mintaqada bu jihatdan qurg'oqchilik keskin sezilib turadi-mumkin bo'lgan parlanish amaldagisidan 9-10 marta ziyod. Binobarin, qoraqal¬pog'iston Respublikasida sug'orma dehqonchilikni rivojlantirish imkoniyatlari ancha cheklangan.
Shunday qilib, qoraqalpog'iston Respublikasining tabiiy sharoiti, mineral xom ashyo hamda agroiqlimiy resurslari asosan tog'­kon kimyosi, qurilish va yoqilg'i sanoati, chorvachilik va polizchilik uchun qulayroq. Ayni vaqtda bu yerda suv zahiralarining yetishmasligidan elektr stantsiyalarni qurish, daryo transporti, intensiv sug'orma deh¬qonchilik va baliqchilikni rivojlantirishga to'sqinlik qiladi.
Aholisi va mehnat resurslari.
qoraqalpog'iston Respublikasida aholi zichligi 1 km2 ga atigi 9 kishidan iborat. Tabiiyki, bu «o'rtacha» ko'rsatkich Nukus shahri atrofida hamda intensiv dehqonchilik rivojlangan hududlarda ancha yuqori (33­jadvalga qarang). Keyingi yillarda aholi joylashuvida janubga nisbatan «siljish» kuzatilmoqda. Bu asosan Orol bo'yi mintaqasidagi noxush ekologik vaziyat tufayli vujudga kelmoqda. .

Download 269,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish