Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Madaniyatlar o‘zaro ta’sirining darajalari



Download 5,28 Mb.
bet4/82
Sana31.12.2021
Hajmi5,28 Mb.
#279524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
UMK Madaniyatlararo muloqot 2017

1. 3. Madaniyatlar o‘zaro ta’sirining darajalari

Madaniyatlar o‘zaro ta’sirining turli darajalari farqlanadi. O‘zaro ta’sirining etnik darajasi mahalliy xalqlar, tarixiy-etnografik, etnokonfessial va boshqa hamjamiyatlar o‘rtasidagi munosabatlarga xosdir. O‘zaro ta’sirining milliy darajasida boshqaruv vazifalari ko‘proq davlatning siyosiy strukturalari tomonidan bajariladi. O‘zaro ta’sirining sivilizatsiya darajasi o‘z-o‘zidan yuz beradigan tarixiy shakllarga ega bo‘ladi; biroq mazkur darajada ilgari bo‘lgani kabi hozirda ham ma’naviy, badiiy va ilmiy yutuqlarni almashish natijalari ko‘proq ahamiyat kasb etadi4.

Dunyo mamlakatlari va xalqlarining kundalik muloqot amaliyotida ko‘pincha har uchchala darajaga ham xos bo‘lgan jarayonlar va munosabatlarning kesishishi kuzatiladi. Madaniyatlararo aloqalarda, ayniqsa, ko‘pmillatli davlatlar ichida bir paytning o‘zida etnik tarkibni boshqaradigan ma’muriy-davlat shakllariga ega bo‘lgan va bunday shakllarga ega bo‘lmagan katta va mayda millatlar ishtirok etadi. Bunda son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etadigan va madaniy jihatdan shakllangan xalqlar mayda millatlarga nisbatan o‘zaro aloqa jarayoniga ko‘proq ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shunga ko‘ra, tadqiqotchilar donor-madaniyat (ko‘proq berib, kamroq oladigan) va retsipiyent-madaniyat (asosan qabul qiladigan madaniyat)ga ajratishadi. Tarixiy davrlarning muayyan bosqichida mazkur rollar o‘zgarishi mumkin.

Madaniyatlar o‘zaro ta’sirida uning strukturasi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zaro ta’sirning qadimiy va keng tarqalgan shakllaridan biri xo‘jalik texnologiyalari, mutaxassislar almashinuvidir; o‘zaro ta’sirning barqaror shakli davlatlararo munosabatlar, siyosiy va huquqiy aloqalar hisoblanadi. Madaniyatlarning o‘zaro ta’siri natijasida o‘zaro aloqadagi xalqlarning tilida, badiiy yoki diniy amaliyotida, shuningdek, urf-odatlarida o‘zgarishlar yuz berishi mumkin.

Madaniyatlar o‘zaro ta’sirining shakllari va tamoyillari farqlanadi. Tarixan o‘zaro ta’sirning do‘stona, ixtiyoriy (bunday holatlarda o‘zaro aloqa teng hamkorlikka asoslanadi) hamda zo‘rlash, mustamlakaga aylantirish, harbiy yo‘l bilan bosib olishga (bunday holatlarda o‘zaro aloqa bir tomonlama manfaatga asoslanadi) asoslangan shakllari ma’lum.

Xalqaro aloqalar amaliyoti alohida ahamiyat kasb etadi. Turli mamlakatlar orasidagi madaniyatlararo aloqalarni boshqaradigan siyosiy shaklning faoliyati jarayonida maxsus tashkilotlar va uyushmalar (masalan: BMT, YUNESKO) tomonidan maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro aloqalar yo‘lga qo‘yiladi.




Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish