,,BOYSUN“ XALQ FOLKLOR-ETNOGRAFIK ANSAMBLI
„Boysun“ ,,Shalola“ ansambli huzurida mustaqil ravishda endigina o‘z faoliyatini boshlaganda unga omad kulib boqib, 1975- yilda Polsha Xalq Respublikasining Zakapanye shahrida bo’lib o‘tgan tog‘li o‘lkalar XIII xalqaro festivalida ishtirok etib, ikkinchi darajali „Kumush bolg‘a “ mukofotining sovrindori bo‘ldi.
1977-yil xalq ijodiyoti II Butunittifoq festivaliga qizg‘in tayyorgarlik boshlandi. Mazkur festivalning ilk bosqichida va uning yakuniy tadbirlarida ham ,,Boysun“ yaqqol ko‘zga tashlandi. Chunki festivalga tayyorlanish, uni o‘tkazish davomida bir qator folklor-etnografik va havaskorlik ansambllariga asos solindi, yuzlab talantlar aniqlandi hamda folklor amaliyotida bir qancha tajribalar to'plandi. Madaniyat muassasalari, ayniqsa, Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy islilar respublika ilmiy-metodik markazining ishi birmuncha jonlandi. Buni xalq ijodiyoti II Butunittifoq festivali doirasida o'tkazilgan folklor-etnografik ansambilari, katta ashula ijrochilari va oilaviy ansambllarning respublika ko’rik-tanlovi natijalari isbotladi. Respublikadagi 47 jamoa orasidan ,,Boysun“ faxrli birinchi o’rinni egalladi. 1987- yili ,,Boysun“ ansambli o‘zbek xalqining qadimiy milliy urf-odatlarini ashula va raqslarda ifoda etib, Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘ldilar. 1988- yil 12—16- avgust davomida Moskvada bo‘lib o‘tgan ,,0 ‘zbekiston kunlari“da o‘z ijrochilik mahoratlari bilan tomoshabinlarni xushnud etdilar.
,,Boysun“ folklor-etnografik ansambli o'zining betakror, sermazmun, serjilo, o'ynoqi repertuarlari bilan o ‘z xalqi orasida tez tanilib, shuhrat qozondi. Uning ijrosidagi xalq laparlari, mavsum-marosim qo‘shiqlari shinavandalar dilini rom etdi. Mazkur ansambl ijrosi va ijodi haqida markaziy, mahalliy hujjatli film studiyalari bir necha telefilmlar yaratdilar. 1998-yilning 25-26- sentabr kunlari Qo‘qon shahrida „Xalq ijodiyotini saqlash va rivojlantirish muammolari“ mavzusida yirik anjuman bo‘lib o‘tadi. Unda respublikadan va chet ellardan taniqli
folklorshunos olimlar, madaniyat va matbuot xodimlari ishtirok etadilar. Anjumanning hay’at a’zolari o‘rtasida ,,Boysun“ ansambli haqida, uning o‘ziga xos repertuari, ijro usuli, kiyim-kechagi-yu bezaklari xususida qizg‘in bahs-munozara bo‘lib o ‘tib, uning faoliyatiga yuksak baho berildi. 1988-yil dekabr oyida ,,Boysun“ga „Xalq folklor-etnografik ansambli“ degan faxrli unvon berildi.
Bunday yuksak unvonga qisqa vaqt ichida sazovor bo'lish oson kechmadi, albatta.
,,Boysun“ ansamblining respublikada tez shuhrat topishining boisi shunda ediki, ansambl Boysun tumanida saqlanib kelayotgan qadimiy an’analarimizni qanday bo‘lsa, shundayligicha sahnaga olib chiqib, tomoshabinlar olqishini qozondi. ,,Boysun“ ansambli dasturi boshqa ansambllar dasturiga nisbatan ancha boy, nozik
ta’b va mumtozligi bilan ajralib turardi. Ansambl a’zolarining mahorati bilan 0‘zbekistonning janubiy tumani — Boysunning qadimdan saqlanib kelayotgan bahor mavsumiga oid marosim folklori o'zining to‘liq ifodasini topa olgandi. Shu sababli mazkur ansambl mamlakatda va chet ellarda o'z tomoshabiniarining olqish va tahsinlariga sazovor bo‘la olgandi. Bugun respublikamiz folklor hayoti nihoyatda boy va rangbarang bo‘lib, ko'proq teatrlashib borayotganligi, sahnaviy talqini yildan-yilga rivoj topib, alohida ahamiyat kasb etmoqda „Gulyorl, ,,Omonyor“ , „Nozanin“ , ,,Mohisitora“ , ,,Chavqi“, ,,Doston“ , „Orazibon“ , ,,Dilkushod“ navolari, ,,Sarboz“ va boshqa ansambllarning o‘z o‘rinlari bor. Ammo „Boysun“ ular orasida eng mukammali, eng mumtozi sifatida ma’lum va
mashhurdir. 5
Do'stlaringiz bilan baham: |