Koordinatsiya
|
ikki tomonlama aloqa
|
Korrelatsiya
|
bir farqlanish belgisi asosida tarkib topgan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar qatori
|
Kursning maqsadi
|
talabalarni adabiy tilga oid nazariy va amaliy bilimlar bilan tanishtirish
|
Kursning obyekti
|
hozirgi o‘zbek adabiy tili
|
Kursning vazifalari
|
talabalarga hozirgi o‘zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari, adabiy til taraqqiyotini belgilovchi ichki va tashqi omillar haqida ma’lumot berish, ularda hozirgi o‘zbek adabiy tilining sistemaviy va strukturaviy xususiyatlarini mustaqil tahlil qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish
|
Ko‘p tilli lug‘atlar
|
bir necha til materiallariga asoslangan lug‘atlar
|
Lablanish va lablanmaslik oppozitsiyasi
|
unli fonemalarning lablar ishtirokiga ko‘ra zidlanishi
|
Lablar ishtiroki
|
unli tovushning hosil qilinishida lablarning faol yoki nofaol ishtiroki
|
Lahja
|
fonetik, leksik va grammatik umumiylik asosida birlashgan shevalar yig‘indisi. U dialekt nomi bilan ham ataladi
|
Leksik-frazeologik antonimlar
|
so‘z va frazema orasidagi ma’no ziddiyatiga asoslangan antonimlar
|
|