„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

Mafkuraviy immunitet 
(lot. — biror nar-sadan ozod etish) shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli 
g‗oyaviy ta‘sirlardan himoyalashga xizmat qiluvchi' tizimdir. "Immunitet" so‗zi tibbiy tushuncha 
bo‗lib, u organizm-ning doimiy ichki muayyanligini saqlashga, turli tashqi ta‘sir-lardan, 
infeksiyalardan himoya qilishga qodir bo‗lgan reaksiya-lar majmuini ifodalaydi. Soddaroq qilib 
aytganda, immunitet — organizmning o‗z-o‗zini turli kasalliklardan himoya qila olish qobiliyati. 
Mafkuraviy immunitetning o‗ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagilarni aytish mumkin. 
Birinchidan, insonning umumiy immunitet tizimi tug‗ma va biologik xususiyat bo‗lsa, 
mafkuraviy immunitet ijtimoiy jarayonlarning mahsuli bo‗lib, muayyan ma‘naviy-ma‘rifiy 
tadbirlar asosida shakllantirib boriladi. Ikkinchidan, u har bir davrning xususiyatlariga, mu-ayyan 
avlod yashayotgan zamon va jamiyatning taraqqiyot qonunlari-ga bog‗liq bo‗ladi. Uchinchidan, 
jamiyatda mustahkam g‗oyaviy immu-nitet tizimi shakllangandagina, shu jamiyatning 
mafkuraviy daxlsizligi va barqarorligi ta‘minlanadi. 
Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi ele-menti bilimdir. Ammo bilimning 
ham turlari ko‗p. Masalan, buyuk davlatchilik shovinizmi yoki agressiv millatchilik mafku-rasi 
tarafdorlari ham muayyan «bilim»larga tayanadi. Shunday ekan, mafkuraviy immunitet 
tizimidagi bilimlar obyektiv bo‗lishi, voqelikni to‗g‗ri va to‗liq aks ettirishi, inson ma‘na-
viyatining boyishi, xalq va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Ular o‗z mohiyat-
e‘tiboriga ko‗ra, Vatan va millat man-faatlari bilan uzviy bog‗liq bo‗lmog‗i kerak. 
Mafkuraviy immunitet tizimining ikkinchi asosiy elementi ana shunday ilg‗or bilimlar 
zamirida shakllanadigan baholar, qad-riyatlar tizimidir. Zero, bilimlar qanchalik obyektiv va 
chuqur bo‗lsa, uning zamirida yuzaga kelgan baholar, qadriyatlar ham shun-chalik mustahkam 
bo‗ladi. Bir so‗z bilan aytganda, qadriyatlar ti-zimi mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini 
belgilab bera-di va zararli g‗oyalar yo‗lida mustahkam qalqon bo‗lib xizmat qiladi. Ammo 
bilimlar va qadriyatlar tizimining o‗zi mafkuraviy immu-nitetning mohiyatini to‗liq ifoda eta 
olmaydi. Zero, bu ikki element mafkuraviy immunitetning uchinchi muhim elementi, ya‘ni 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma‘rifiy sohalardagi maqsadlar tizimi bilan bog‗liq 
Bunday aniq maqsadlar tizimi bo‗lmas ekan, inson, millat yoki jamiyat, goh oshkora, goh 
pinhona ko‗rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga bardosh berishi amrima-hol. Inson qalbi va ongini 
egallashga bo‗lgan harakatlar to‗xtamas ekan, jamiyat muayyan sog‗lom mafkuraga ehtiyoj sezib 
yashaydi. Jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadigan, odatda, uning tanazzuli, halokatiga 
sabab bo‗ladigan fashizm, kommunizm, di-niy-ekstremizm kabi nosog‗lom mafkura shakllaridan 
farqli o‗laroq, sog‗lom mafkura insoniyat taraqqiyotini tezlashtiradi, xalq farovonligi, Vatan 
ravnaqiga imkon yaratadi. 
48
Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e`tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. «fidokor» gazetasi muxbiri 
savollariga javoblar-T; «O`zbekiston», 2000 yil, 40 bet 


Jamiyatimiz va aholimizga xos mafkuraviy immunitetni iz-dan chiqarishga urinishlar 
asosan quyidagi ko‗rinishlarda namoyon bo‗lmoqda: 
bizga begona va yot g‗oyalarni targ‗ib qilish (kosmopolitizm, nigilizm, ekstremizm, 
terrorizm, ommaviy madaniyat va shaf-qatsiz individualizm kabi xalqimizga yot g‗oyalar turli 
vosita-lar bilan targ‗ib-tashviq qilinmoqda); 
milliy mentalitetimizga xos bo‗lmagan odatlarni targ‗ib qilish (televideniye, radio va 
Internet orqali xalqimiz turmush tarziga yot bo‗lgan turli odatlar targ‗ib-tashviq etilmoqda. Misol 
uchun, oila qurish odatini olaylik. Emishki, oila qurish-da yoshlar obdon bir-birini sinashlari, 
iloji bo‗lsa, ma‘lum muddat birga yashashlari lozim emish. Bu millatimiz mentalite-tiga xos 
bo‗lmagan holatdan boshqa narsa emas); 
yoshlar dunyoqarashini buzish, ularning tafakkur va tur-mush tarzini o‗zgartirishga intilish 
(o‗z Vatanini yomon ko‗rsa-tish, o‗tmishga nisbatan bepisandlik ruhini qaror toptirish, davlat va 
jamiyatga nisbatan ishonsizlik uyg‗otish. Buning aksi o‗laroq, o‗zga hayotni xuddi jannatdek 
ko‗klarga ko‗tarib maqtash). 
Yosh avlodda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda ular o‗zlashtirayotgan bilimlar va 
milliy mafkuramizning asosiy g‗oyalari yaxlit tizimni tashkil qiladi. Bunda nafaqat ijtimo-iy-
gumanitar fanlar, balki tabiiy-fundamental fanlarning ham o‗ziga xos uslublari ishlab 
chiqilmoqda. Zamonaviy pedagogik tex-nologiyalar vositasida mafkuraviy profilaktika 
ta‘sirchanli-gini oshirib borish mafkuraviy immunitetni shakllantirish va uni mustahkamlashning 
asosiy vazifalardan biridir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar yosh avlodni nafaqat 
zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida tarbiyalash imkonini yaratadi, shu bilan bir-ga, 
globallashuv jarayonida turli ko‗rinishdagi mafkuraviy ta-jovuzlar haqida tasavvurlarni ham 
oshirib borishga yordam be-Radi. Yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiya-lash, 
mustaqil fikrlashni shakllantirishda mafkuraviy proflaktika mohiyatida milliy qadriyatlar, 
sharqona demokratiya elementlarini uzluksiz va uzviy tarzda singdirib borish kerak. 
Ma‘lumki, tafakkur qulligi har qanday qaramlikdan ham dahshatli ekanini alohida 
ta‘kidlash lozim. Hozirgi davrda maf-kura poligonlari yadro poligonlariga nisbatan ko‗proq 
kuchga ega bo‗lib borayotgan bir paytda, insonlar, ayniqsa, yoshlar har xil yot mafkuralar 
ta‘siriga berilmaslik uchun mafkuraviy jihat-dan qurollangan bo‗lmogi zarur. Bunda g‗oyaga 
qarshi faqat g‗oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi faqat ma‘rifat bilan bahsga kirishish, 
olishish mumkinligi mafkuraviy kurashning yangicha konsepsiyasidir. 
Oila, mahalla va o‗quv muassasalarining mafkuraviy profi-laktika jarayonidagi o‗rni katta 
bo‗lib, barkamol avlod tarbiya-si, jamiyatning istiqbolini ta‘minlashda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Bunday profilaktika murakkab, doimiy, tizimli yondashuv-larni o‗z ichiga olib, unda 
jamiyatning har bir a‘zosi faol qat-nashadi, jamiyatning muhim bo‗g‗inlari hisoblangan oila, 
mahalla va o‗quv muassasalarining doimiy hamkorlikdagi, mushtarak maq-sad yo‗lidagi 
intilishlari uyg‗unlashishini talab qiladi. Bu ja-rayon umumiy manfaat va maqsadlar sari 
jamiyatda tarbiyaning vorisiyligini ta‘minlovchi makonni vujudga keltiradi. Bu makon yosh 
avlod, komil inson tarbiyasining ajralmas qismidir. 
Shuningdek, g‗oyaviy profilaktikada fan, ta‘lim, adabiyot va san‘atning roli alohida bo‗lib, 
sohada ularning imkoniyatlari-dan foydalanish asosiy vazifalaridan biridir. Yosh avlod fanni 
o‗rganish bilan tabiat va jamiyat, tafakko‗rdagi o‗zgarishlar, taraqqiyot asoslari va tamoyillarini 
o‗rganadi. Ayni paytda shu jarayonni milliy g‗oyaning mazmun-mohiyati bilan bog‗lash va uni 
har bir shaxsning o‗z hayotida aks etishi oldimizga qo‗ygan maqsad-larga erishishda muhim 
ahamiyatga ega. Mustaqillikni mustah-kamlashda va istiqlol imkoniyatlaridan samarali 
foydalanish-da, shubhasiz mafkuraviy targ‗ibot vositalaridan bo‗lgan kitob-lar, darsliklarda 
ifodalangan bilimlarning o‗rni katta. Chunki yosh avlod ongi va qalbiga milliy mafkuraning ezgu 
qadriyatlari-ni jo qilishda aynan shu targ‗ibot vositalaridan oqilona foy-dalanish eng samarali 
yo‗l hisoblanadi. 
Milliy g‗oyaning shaxs, barkamol avlod tarbiyasidagi hamda bugungi mafkuraviy tarbiyani 
takomillashtirishda o‗ziga xos turfalikni mujassam etgan san‘at asarlaridan ham o‗rinli 
foydalanish lozim. San‘atning qaysi bir turini olib ko‗rmaylik, ularda bugungi voqelik, tariximiz, 


ijtimoiy munosabatlar-ning turli ko‗rinishlari o‗z aksini topgan. Shuningdek, ushbu san‘-at 
asarlarini targ‗ib qilishning samarali usuli sifatida ham ko‗rish mumkin. Bugungi kunda yoshlar 
tarbiyasida uchrab turadigan ayrim illatlar mentalitetimizga salbiy ta‘sir ko‗rsatayotgan xorij 
madaniyatining «san‘at asarlari» orqali kirib kelmoqsa. Uning salbiy oqibatlari yoshlarimizning 
ayrim holatlarda nojo‗ya xatti-harakatlari, axloqida uchrayotgan qusurlar mafkuraviy 
profilaktikani kuchaytirish masalasiga yanada chuqurroq e‘ti-bor qaratishni taqozo qiladi. 
Mafkuraviy immunitetni shakllantirish jamiyat va mamla-katning mafkuraviy xavfsizligini 
ta‘minlash omillaridan biri hisoblanadi. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish